Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova Amaliy satx protokoli Transport satxi protokoli
5.2.1-jadval. Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari
UDP va TCP protokollarida yig‘indi nazoratni hisoblash bir algoritmda bajariladi (RFC-1071), lekin UDP-paket uchun uni hisoblash mexanizmi ayrim o‘ziga xos xususiyatga ega. Xususan, UDP- deytagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, bu xolda unga, algoritmni unifikatsiyalash uchun, xech qaerga uzatilmaydigan nolli bayt qo‘shiladi. UDP protokoli haqida batafsilroq axborotni RFC-768 topish mumkin. UDP segmentning yig‘indi nazoratiUDP yig‘indi nazorati UDP sarlavha va UDP ma’lumotlarni o‘zida qamraydi. IP sarlavhadagi yig‘indi nazorati faqat IP sarlavhani qamraydi u IP-paketda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qamramaydi. Ham UDP, ham TCP o‘z sarlavhalarida ham sarlavhani, shuningdek ma’lumotlarni qamraydigan yig‘indi nazoratiga ega. UDP uchun yig‘indi nazorati majburiy emas, lekin TCP uchun yig‘indi nazorati majburiydir. UDP yig‘indi nazorati IP sarlavha (ortiqcha to‘ldirilgan 16-bitli so‘z), yig‘indi nazoratiga o‘xshash xolda hisoblanadi, lekin faraqlanishi mavjud. UDP datagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, yig‘indi nazoratini hisoblashda esa 16-bitli so‘zlar qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu xolda, datagramma oxiriga, agar yig‘indi nazoratini hisoblashga kerak bo‘lsa, to‘ldiruvchi nolli baytlar qo‘shiladi (to‘ldiruvchi baytlar uzatilmaydi). Faqat yig‘indi nazoratini hisoblash uchun UDP va TCP da 12- baytli psevdosarlavhalar mavjuddir (UDP datagrammalarda va TCP segmentlarida). Psevdosarlavhalarda IP sarlavhalarning ayrim maydonlari bor. Bularning barchasi ma’lumotlar mo‘ljallangan punktga yetib borishini (IP mazkur qurilmaga mo‘ljallanmagan datagrammalarni qabul qilmaydi, va boshqa yuqori satxga mo‘ljallangan UDP datagrammalarni uzata olmaydi) ikki marta tekshirish uchun qilingan. Agar UDP datagrammaning uzunligi toq bo‘lsa, yig‘indi nazoratini hisoblash uchun qo‘shimcha bayt talab qilinadi. Agar hisoblangan yig‘indi nazorati 0 teng bo‘lsa, u birlik bitlar (65535) sifatida saqlanadi, bu qiymatlar arifmetikadagi razryadlar bo‘yicha qo‘shishga (birni qo‘shish - ones-complement) ekvivalentdir. Agar uzatilgan yig‘indi nazorati 0 teng bo‘lsa, bu jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini hisoblamaganligini bildiradi. Agar jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini hisoblagan bo‘lsa ham, lekin qabul qiluvchi xatolik mavjudligini aniqlasa, UDP datagramma yo‘q qilinadi, xatolik xaqidagi xabar generatsiyalanmaydi (agar IP satx IP sarlavha yig‘indi nazoratida xatolikni aniqlasa, xuddi shunda narsa bo‘ladi). UDP ning yig‘indi nazorati jo‘natuvchi tomonidan hisoblanadi va qabul qiluvchi tomonidan tekshiriladi. Bu jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi yo‘lda UDP sarlavhasi yoki ma’lumotlarda bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. UDP uchun yig‘indi nazorati – majburiy parametr emasligiga qaramasdan, u hamma vaqt hisoblanishi kerak. 1980-nchi yillar oxirlarida kompyuter ishlab chiqaruvchilarining ayrimlari, UDP foydalanadigan, tarmoq faylli tizimi (NFS - Network File System) ishlash tezligini oshirish uchun, sukunat bo‘yicha UDP yig‘indi nazorati hisoblanishini uzib qo‘yishdi. Bu bitta lokal tarmoqda bo‘lishi mumkin, unda kanal satxida freymlar uchun ortiqchali siklik kod hisoblanadi, datagramma marshrutizatorlar orqali o‘tayotganda, uning yordamida freymning buzilishini angiqlash mumkin. Dasturiy yoki apparatli ta’minotda xatoliklari bo‘lgan marshrutizator mavjuddir va ular o‘zlari marshrutlaydigan datagrammalardagi bitlarni o‘zgartiradi. Bu xatoliklar, agar yig‘indi nazorati o‘chirilgan bo‘lsa, UDP datagrammalarda aniqlanishi mumkin emas. Shuningdek quyidagini belgilash mumkin, kanal satxining ayrim protokollari (masalan, SLIP) kanaldagi ma’lumotlar uchun yig‘indi nazoratini hisoblash biron bir shakliga ega emas. Host Requirements RFC qurilmalariga talablar, UDP yig‘indi nazoratini hisoblash sukunat bo‘yicha hisoblanishiga kiritilish talab qilingadi. Shuningdek ular, agar yig‘indi nazorati jo‘natuvchi tomonidan hisoblansa (qabul qilingan yig‘indi nazorati nol bo‘lmagan xolda), qabul qilingan yig‘indi nazorati albatta tekshirishini talab qilishadi. Ayrim realizatsiyalar buni inkor etishadi va qabul qilingan yig‘indi nazoratini faqat chiqish yig‘indi nazorati hisoblanishiga opsiya kiritilgan taqdirdagina tekshirishadi. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling