IP tarmoqlari bo‘ylab foydalanuvchilar o‘rtasida seansni o‘rnatish,
o‘zgartirish va seansni tugatish uchun ilova pog‘onasi boshqaruv protokollaridan foydalaniladi masalan SIP (session initiation protocol) protokolidan. SIP protokoli RFC 3261 qoidalari to‘plamiga asosan yaratilgan ilova pog‘onasi boshqaruv protokoli hisoblanadi. SIP protokoli asosida internet telefoniya jarayonlari amalga oshiriladi, shuningdek u IP tarmoqlari bo‘ylab ovozli (voice over IP, VoIP) ma’lumotlarni uzatish uchun eng asosiy protokollardan biri sanaladi. SIP protokoli istalgan turdagi bitta media yoki multimedia seansini qo‘llab quvvatlaydi, shulardan telekonferensiyani ham.
SIP besh turli multimedia aloqalarni o‘rnatish hamda tugatish jarayonini qo‘llab quvvatlaydi:
Foydalanuvchi manzili: Foydalanuvchi bir muhitdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi va uzoqlashtirilgan muhitdan turib qo‘shimcha ilovalarni yoki telefon xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega.
Foydalanuvchi imkoniyatlari: Tayyorlik holatini aniqlash.
Foydalanuvchi qobiliyati: Media va media parametrlardan foydalanish holatini aniqlash.
Seansni o‘rnatish: Seans parametrlarining imkoniyatidan kelib chiqib nuqta-nuqta hamda ko‘p nuqtali qo‘ng‘iroqlarni o‘rnatishni amalga oshirish.
Seansni boshqarish: boshqaruv holati uzatish va seanslarni tugatish, seans parametrlarini o‘zgartirish hamda chaqiruv xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
SIP dastlabgi protokollar uchun ishlab chiqilgan elementlardan foydalanadi. Shuningdek SIP, HTTP kabi so‘rov/javob transaksiya modeliga asoslangan. Har bir transaksiya klient so‘rovidan tashkil topadi. SIP sarlovha, kodlash qoidalari hamda HTTP status kodlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham ma’lumotlar ekranda tasvirlanganida tekst asosidagi ma’lumot formatini o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi. SIPda shu bilan birga DNS (domain name system)ning rekursiv va iterativ qidiruviga o‘xshash konsepsiyadan foydalaniladi. SIPning tarkibiga SDP (Session Description Protocol) protokoli ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |