Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Ovozni paketli uzatish tamoyillari. RTP, RTCP protokollari
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
Ovozni paketli uzatish tamoyillari. RTP, RTCP protokollari.Ushbu mavzuda dunyoda ommaviy bo‘lgan yangi texnologiya – Voice over IP (VoIP) yoki IP-telefoniya paketlarini marshrutlash tarmoqlari bo‘ylab nutqli axborotni uzatish texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu texnologiya IP protokoldan foydalanib ma’lumotlarni uzatishning raqamli kanallari bo‘yicha keyinchalik uzatish bilan ovoz signalining kompressiyasini o‘z ichiga oladi. Odatda IP-telefoniya Internet-telefoniya bo‘lib hisoblanadi, bunda uzatuvchi tarmoq sifatida Internet tarmog‘idan foydalaniladi. Nutqni paketli uzatish xizmatlari bozorining hajmi bugungi kunda milliard dollarni tashkil etadi, turli prognozlar bo‘yicha yaqin yillar davomida 8,5-24 mlrd. dollargacha oshadi. Ko‘pgina analitiklar bozor kattaligini baholash nutqni paketli uzatish bo‘lib telekommunikatsion industriyasi rivojlantirishning magistral yo‘li hisoblanishi bilan o‘xshashdir. IP-telefoniya qo‘shimcha tarzda telekommunikatsiya sohasida yangi xizmatlarni: nutq va videokonferensiya, ilovalarga bir vaqtda kira olish, abonentni tez topish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. IP – elektron axborotning aniq hajmidagi «paketlar»da raqamlangan va qisilgan Internet tarmog‘i bo‘ylab uzatish uchun foydalaniladigan protokoldir. Internet to‘ri uchun istalgan yetishadigan masofada bunday usul bilan tegishlicha qayta ishlangandan keyin, telefoniya umumiy jarayonni tashkil etuvchisidan biri hisoblanganligi uchun axborotning istalgan tipi (ovoz, video, kompyuter ma’lumotlari) uzatiladi, ushbu malaka ishi materiali u bilan cheklanadi. IP-telefoniyaning afzalligini e’tiroz etib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda bu axborot uzatishning past qiymatidir. Axborotni qayta ishlash universalligi uning dastlabki turidan qat’i nazar, turli tipdagi axborotni uzatish uchun bir xil kanallardan foydalanishdir. Bunda nutqni paketli uzatish texnologiyasining ommaviyligi operatorlar ichida bo‘lgani kabi, korporativ foydalanuvchilar ichida ham o‘sdi. Telekommunikatsiya tarmoqlarining konvergensiyasi. An’anaviy telefon tarmog‘i shunday yaratilganki, unda katta yuklamalarda ham xizmatning yuqori sifatini kafolatlayli. IP-telefoniya, aksincha, sifatni kafolatlamaydi, bunda katta yuklamalarda u sezilarli darajada pasayadi. Paketlarni marshrutlash tarmoqlari bo‘ylab nutqni uzatishda xizmat ko‘rsatishning kafolatlangan sifati mavjud bo‘lmaganligi - belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli kommutatsiya – Multiprotocol Label Switching (MPLS), resurslarni rezervlash protokoli Reservation Protocol (RSVP), turli tipdagi trafikka differensial xizmat ko‘rsatish – Differentiated Serveces (DiffServ) kabi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan kompensatsiyalanadi. Xizmat ko‘rsatish sifatining mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash – Q (QoS) eng katta darajada kerak bo‘lgan ilovalar bilan tarmoq resurslarini taqdim etish imkonini beradi. Masalan, aniq o‘tkazish polosani ovoz paketlari kabi rezervlash mumkin, kechikishga kritik jihatdan kichik bo‘lgan ma’lumotlar (tarmoq bo‘ylab fayllarni uzatish) eng kichik ustuvorlikni belgilaydi. Turli jinsli trafik tomonidan hosil bo‘lgan IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini differensiatsiyasi hisobiga tiqilib qolishlarning oldini olish mumkin. IP-paketning sarlavhasida QoS mexanizmlarini amalga oshirish uchun tashish jarayonida paketni qayta ishlash xususiyatini beradigan 8 bit (Ture ofService, ToS) o‘lchami bilan xizmat tipining maydoni ko‘zda tutilgan.
Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling