5.2.5-rasm. Xizmat tipining maydoni
Ushbu maydonning birinchi uchta biti paketning ustuvorligining kichik maydonini (precedence) hosil qiladi. Ustuvorlik eng quyi 0 dan eng yuqori 7 gacha bo‘lishi mumkin. Xizmat tipining maydoni marshrutni tanlash mezonlarini aniqlaydigan uchta bitni o‘z ichiga oladi. Tanlash uchta muqobil – kichik kechikish, yuqori ishonchlilik va yuqori o‘tkazish qobiliyati o‘rtasida amalga oshiriladi. O‘rnatilgan D bit (delay) marshrut berilgan paket kechikishini kamaytirish uchun, T bit – o‘tkazish qobiliyatini, R bit yetkazish ishonchlilikni ko‘paytirish uchun tanlanishi kerakligini bildiradi. Ko‘pgina tarmoqlarda ushbu parametrlardan birining yaxshilanishi boshqasining yomonlashuvi bilan bog‘liqdir. Amaliyotda kichik kechikishlar, yuqori o‘tkazish qobiliyati va yuqori ishonchlilik o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi kerak. Marshrutni tanlash uchta mezoninidan ikkitasi o‘rnatilishiga ega. Rezervlangan bitlar nolinchi qiymatga ega.
Xizmat tipining maydonida razryadlarni taqsimlash 5.2.2-jadvalda keltirilgan.
5.2.2-jadval. IP-paket xizmati tipining maydonida razryadlarni
taqsimlash
Razryadlar
|
Vazifasi
|
0-2
|
Mavqe (prioritet)
|
3
|
Kutish davomiyligi
|
4
|
O‘tkazish qobiliyati (Thoughput)
|
5
|
Ishonchlilik (Reliability)
|
6-7
|
Rezervlashtirilgan
|
Do'stlaringiz bilan baham: |