Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet37/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Fizik uzatish muhiti elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir.

Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari oʻrtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmogʻini abonent tizimlari va kommunikasion tarmoq yigʻindisi sifatida koʻrish imkonini beradi.
Kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlashda ikki xil usuldan foydalaniladi:

  • kabel yordamida bogʻlash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, juftli oʻramli va shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq platasi yordamida bogʻlanadi.

  • simsiz bogʻlanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, yaʻni radio toʻlqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bogʻlanadi.
      1. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi (tasniflanishi)


Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari boʻyicha tasniflanadi:

        1. Geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha;

        2. Ishlab chiqarish boʻlimlarining miqyosi boʻyicha;

        3. Boshqarish usuli boʻyicha;

        4. Axborotni uzatish tezligi boʻyicha;

        5. Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi boʻyicha.

Kompyuter tarmoqlari geografik (hududiy) joylashuvi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:


  • PAN – (PERSONAL- AREA NETWORK) – shaxsiy tarmoq bo’lib, bu kompyuter qurilmalarining simsiz tarmog`i.

  • LAN (LOCAL-AREA NETWORK) - Lokal tarmoq chegaralangan sohadagi kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.

  • CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, oʻzaro yaqin binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun moʻljallangan.

  • MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK) – shahar kabi kattalikdagi geografik mintaqani qamrab olgan aloqa tarmogʻi. MANlardan foydalanishdan maqsad uzoq masofalada telefon simlarini tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali telefon tizimlari asosan MANlardan iborat.

  • WAN (WIDE AREA NETWORK) – davlat kabi yirik geografik hududni oʻz ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, AccuNetlarni misol keltirish mumkin. Internet tarmogʻi minglab WANlarni birlashtiradi. Albatta, koʻpgina telefon tizimlari ham WANlardan iborat.

  • GAN (Global-Area Network) - barcha davlatlar va kontinentlarni birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot resurslariga murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar tarmoq.

Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling