O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va xalqaro iqtisodiy birlashmalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumbashariy muammolarning xususiyatlari.
- TAYaNCh SO’Z VA İBORALAR
- TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR
- FOYDALANİLGAN ADABİЁTLAR
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va xalqaro iqtisodiy birlashmalar. Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu – turli shakl va turli darajadagi o’zaro muvofiqlashgan ishlab chiqarish tarkibining milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti asosidagi chuqur va barqaror aloqalardan iborat mamlakatlarning xo’jalik-siyosiy birlashuv (qo’shiluv) jarayonidir. Mikrodarajada bu jarayon kapitalning faoliyati orqali alohida xo’jalik subektlarining (korxonalar va firmalar) qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy kelishuvlar tizimini shakllantirish orqali xorijda filiallarni tashkillashdir. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlararo iqtisodiy birlashmalarning shakllanishi asosida muvofiqlashgan siyosatni amalga oshirishdir. İqtisodiy integratsiyaning ikkinchi, birmuncha yuqoriroq shakli – bojxona ittifoqi bo’lib, erkin savdo mintaqasi bilan yagona tashqi savdo tarifi va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati amalga oshiriladi. Har ikki holatda ham davlatlararo munosabatlar qatnashuvchi mamlakatlar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadi. O’zaro foydali savdo va moliyaviy aloqalarni taminlaydi. İqtisodiy integratsiyaning murakkab shakli umumiy bozor bo’lib, uning qatnashchilari uchun yagona erkin bozor o’zaro foydali savdo, yagona tashqi tarif, kapitalning va ishchi kuchining erkin harakati hamda kelishilgan tashqi siyosat xos. Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning yanada murakkabroq shakli iqtisodiy (valyuta) ittifoqidir. Bu ittifoq yuqoridagi holatlar bilan umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosatni o’z ichiga oladi. İqtisodiy integratsiya jarayonining rivojlanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi: – xo’jalik (iqtisodiy-ijtimoiy) hayotining integratsiya-lashuvining o’sishi; – xalqaro mehnat taqsimotining yanada chuqurlashuvi; – ilmiy-texnika inqilobi o’zining xarakteri va yo’nalishlari jihatidan xalqaro ahamiyat kasb etishi; – ilmiy iqtisodiyotlarning ochiqlik darajasining ortishi. İqtisodiyotlar integratsiyalashuvi mamlakatlar o’rtasidagi barqaror iqtisodiy munosabatlar jarayonini ifodalaydi va ishlab chiqarish milliy xo’jalik doirasidan chiqib ketadi. İntegratsiyalashuv jarayonini rivojlanishiga transmilliy korporatsiyalar faoliyati kuchli tasir etmoqda. YuNKTAD (xalqaro savdo markazi) malumotlariga ko’ra, dunyoda 39 ming transmilliy korporatsiyalar va ularning 270 ming filiallari 3,0 trln. A+Sh dollariga yaqin aktivlarga egadir. Transmilliy korporatsiyalarning filiallari tomonidan 6 trln. dollar sotuv hajmi amalga oshiriladi. Dunyodagi eng yirik 100 ta TMK (transmillik kompaniya)ning uchdan bir qismi A+Sh hissasiga to’g’ri keladi. Ko’p sohali integratsion guruhlar o’rtasida /arbiy Evropada – EH (Evropa Hamjamiyati) va ESEA (Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi), Shimoliy Amerikada NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligini (OTOİH) alohida ajratish mumkin. İntegratsiya jarayonlarining yorqin ko’rinishi /arbiy Evropada yuzaga keldi va XX asrning 50-yillaridan boshlab butun mintaqada umumiy ishlab chiqarish shart-sharoitlari asosida yagona xo’jalik maydoni va uni tartiblash mexanizmini yaratish yo’lidan borildi. Natijada, XXI asr boshlarida /arbiy Evropada boshqa mintaqaviy integratsiya jarayonlariga nisbatan mustahkamroq huhuqiy-iqtisodiy asoslarga ega bo’lgan, etuk xalqaro integratsiya shakli – Evropa Hamjamiyati (EH) yuzaga keldi. 1993 yilning 1 noyabriga qadar /arbiy Evropadagi bu integratsion gruppirovka Evropa Hamjamiyati deb yuritildi. EH 1967 yil uchta mustaqil mintaqaviy tashkilotdan iborat edi: 1) Evropa ko’mir va po’lat birlashmasi (EKPB-ECSC). Bu birlashma 1952 yili shartnoma asosida kuchga kirgan. 2) Evropa iqtisodiy hamjamiyati (EİH-EES). EİH tuzish to’g’risida Rim shartnomasi asosida 1957 yil kuchga kirgan. 3) Atom energiyasi bo’yicha Evropa Hamjamiyati (Evroatom- EVPATOM) 1952 yili shartnoma asosida kuchga kirgan. MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi) 1991 yil Minsk shahrida SSSR ning barham topishi bilan shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi xujjat – bitimga dastlab uch mustaqil davlat – Rossiya, Belarus va Ukraina rahbarlari imzo chekdilar. Bitimni imzolagan davlatlarning hududiy butunligini tan olish, hurmat qilish hamda amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi va fuqarolarning erkinligini etirof etildi. MDH azolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taminlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. MDH azolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tartiblar kiritiladi: - tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish; - umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, umumevropa va Evrosiyo bozorini shakllantirish; - iqtisodiy islohotlar o’tkazish; - bojxona siyosatini birga olib borish; - transport va aloqa, shuningdek, energetika tizimlarini rivojlantirish; - salomatlik, atrof-muhit va ekologik xavfsizlikni saqlash; - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash. MDH tarafdorlarining soni asta-sekin ortib bordi. 1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSR ning uch slyavan va Markaziy Osiyodagi besh respublikasi rahbarlari Olma-Otada uchrashib, hamdo’stlik xujjatlariga jami 11 respublika imzo chekdi. MDH ning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo’stlik mamlakatlari o’zaro munosabatlarida quyidagi qoidalarga rioya qiladilar: – davlat suverenitetini o’zaro tan olish va hurmat qilish; – teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik; – iqtisodiy kuch yoki boshqa tazyiq uslublarini qo’llashdan voz kechish; – bahsli muammolarni keltiruvchi vositalar va xalqaro huquqning boshqa hamma etirof qilgan tamoyil va normalari asosida hal qilish. Savdo sohasidagi xalqaro tashkilotlar – savdo va tariflar bo’yicha Bosh bitim (GATT) – 1995 yildan umumjahon savdo tashkiloti (UST) 1948 yilda tuzilgan bo’lib, unga 100 dan ortiq mamlakatlar azo. Xalqaro savdoning 90 foizga yaqini UST qoidalari asosida amalga oshirildi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) – 1960 yilda tuzilgan bo’lib, qatnashuvchi mamlakatlarning neft sotish siyosatini koordinatsiya qiladi. Xalqaro valyuta moliya tizimida Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) Umumjahon Banki (XB), Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Xalqaro hisob-kitoblar banki (XHB) va boshqa xalqaro markazlar mavjud. Umumbashariy muammolarning xususiyatlari. Umumbashariy ilmiy bashoratlar: ikki xil yondashuv. Olimlar insoniyat rivojlanishini yaqin muddatda uzoq istiqbolga mo’ljallangan ko’plab global ilmiy bashoratlarni, gipotezalarni ishlab chiqqanlar. Unda printsip jihatidan bir-biriga zid ikki xil yondashuv ko’zga tashlandi, bu yondashuvlarni pessimistik, yani tushkunlik ruhidagi hamda optimistik kelajakka ishonch ruhidagi yondashuv deb atash mumkin. Pessimistik yondashuv 70-yillar Rim klubi ishtirokchilari ishlab chiqqan global loyihalarda o’zining, ayniqsa yorqin ifodasini topganligini aytish zarurdir. Bu loyiha «stsenariy»ga ko’ra, XXI asr o’rtalariga keliboq Er yuzining ko’plab tabiiy resurslari deyarli to’la tugab ketadi, atrof-muhitning ifloslanishi esa fojiali darajaga etadi. Natijada global miqyosda resurslar, ekologik oziq-ovqat tanazzuli ro’y beradi, boshqacha qilib aytganda «dunyo oxirlaydi» va sayyoramiz aholisi qirila boshlaydi. Bunday fikrdagi olimlar alarmistlar (frantsuzcha «qo’rquv», «tashvish», «bong») deyiladi. Shu jihatdan olib qaraganda, burjua futurolog olimlari kitoblarining quyidagi nomi xarakterlidir. «O’sish chegaralari» «O’lmay qolish strategiyasi», «İnsoniyat burilish nuqtasida», «Oxirlayotgan doira», «Oldinda tubsizlik», «Kelajak bilan uchrashuvdagi ko’ngilsizlik», «Odamlar ko’payib ketishidan portlovchi bomba» va boshqalardir. Bu asarning umumiy kayfiyati g’arbiy nashrlarning birida bosilib chiqqan quyidagi parodiyada o’z aksini topgan: «Yaqinda so’nggi odam so’nggi tomchi neftni, so’nggi bir tutam o’tni qaynatib, so’nggi kalamushni qovurishga sarflaydi». Bu olimlarning tavsiyalari aholi va ishlab chiqarishning o’sishini cheklash ham yaxshisi – to’xtashga borib taqalar edi. Ananaviy resurslar turlari yangi xil resurslar bilan almashinadi, fan-texnika taraqqiyoti jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi ekologik muvozanatni yaxshilaydi. Hozirgi vaqtdagi demografik portlash esa, abadiy, yani tuganmas hodisa emas. Global gipotezalar: olimlar nimalar haqida bahslashadilar. İnsoniyatning kelgusidagi rivojlanishidagi ayrim xususiyatlari global ilmiy gipotezalarda ham o’z aksini topgan. İqlimshunos olim İ. İ. Budiko va jahondagi boshqa olimlar olg’a surgan parnik «samara»si to’g’risidagi ilmiy gipoteza to’g’risida bilib olganmiz, albatta. Parnik yoki issiqxona «samara»si deb shunday hodisaga aytiladiki, buning natijasida sayyoramizning o’rtacha harorati tobora ko’tariladi, tungi va kunduzgi harorat o’rtasidagi tafovut kamayadi. Parnik samarasiga asosan er yuzasida qazilma yoqilg’i turlarining ko’p ishlatilishidir. Bu yoqilg’ilardan o’tib, er yuzasidan ajralib chiqqan karbonat angidrid, metan va azot chala oksidi atmosferaga o’tib, er yuzasidan ajralib chiqayotgan issiqlikning issiqxonadagi oyna kabi qaytaradi. Er sharining tobora isib borishi natijasida qanday global o’zgarishlar sodir bo’lishini ilmiy bashorat qiladilar. Haqiqatan ham, so’nggi asr mobaynida Erning o’rtacha harorati 0,6 0 S ga ko’tarildi. Hisoblar shuni ko’rsatadiki, parnik samarasi o’sa borsa, Er shari harorati har uch yilda 0,5 0 S ga ko’tarilib, ko’plab salbiy oqibatlarga olib keladi. Mabodo Er yuzida o’rtacha harorat 3-4 0 S ga ko’tarilsa, iqlim zonalari yuzlab kilometrga surilishi, dehqonchilik chegarasi ancha shimolga kirib borishi va juda katta maydondagi doimiy muzliklar tugab ketishi mumkin edi. Shimoliy Muz okeanini qoplagan muzlar yozda erib ketib, kemalar bemalol suzib yurgan bo’lardi, ikkinchi tomondan esa, Moskva iqlimi Kavkazortining hozirgi iqlimiga o’xshab qolardi. Afrikadagi ekvatorial zona shimolga surilib, Sahroi Kabirni egallardi. Umumbashariy muammolarning turlari va ularning echimlari. Global muammolar aholi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar, birinchidan – jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga tasir ko’rsatuvchi; ikkinchidan – iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon tsivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan - echimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etuvchi muammolardir. Global muammolarning soni taxminan 10 tadan 40-50 tagacha boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim integral muammolarning soni 10 tadan oshmaydi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi; 2. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushini oldini olish muammosi; 3. Ekologik muammo; 4. Energetik muammo; 5. Xom-ashyo muammosi; 6. Oziq-ovqat muammosi; 7. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi; 8. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni global muammolarning eng muhimidir. BMT ekspertlarining ilmiy bashoratlariga ko’ra, Er yuzasi aholisi 2010 yilga borib 7 mlrd., 2025 yilda 8,5 mlrd. kishiga, shu jumladan, Xitoy aholisi 1,5 mlrd., Hindiston aholisi deyarli 1,5 mlrd., 2040 yilga borib jahon aholisi 10 mlrd. kishini tashkil etadi. Ular umumbashariy muammolarni echishning bosh yo’li aholi va ishlab chiqarishni qisqartirishda emas, balki insoniyatning fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq ijtimoiy taraqqiyotida, jahon siyosiy iqlimining ilishi va qurolsizlanish siyosatida deb biladilar. TAYaNCh SO’Z VA İBORALAR: Xalqaro aloqa, aloqa turlari, aloqa formalari, jahon savdosi, xalqaro integratsiya, iqtisodiyoti ochiq mamlakatlar, iqtisodiy yaqinlashuv, pessimistik yondashuv, OPEK, eksport, import, xalqaro tovar aylanmasi, ilmiy bashoratlar, globalizatsiyalashuv, umumbashariy muammolar turlari, demografik muammolar, Dunyo okeani muammosi, texnikaviy muammolar, yoqilg’i-energetika muammosi, umumbashariy muammolar echimi, ekologik muammolar, umumbashariy muammolar mohiyati, iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy savdo, dunyo xo’jaligi, xalqaro kredit. TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR: 1. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning qanday turlarini bilasiz? 2. İqtisodiy integratsiya tovar yo’nalishi jarayoniga qanday tasir ko’rsatmoqda? 3. İqtisodiy yaqinlashuv va umumlashuv jarayoni? 4. Umumbashariy ilmiy bashoratlar turlari? 5. Umumbashariy muammolarni echimini tahlil qiling. 6. Demografik muammo deganda nimani tushunasiz? 7. Ekologik muammolar haqida tushuncha. 8. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tarkibi qanday? 9. İqtisodiy integratsiya jarayonining rivojlanishi nimalarni o’z ichiga oladi? 10. Hozirgi xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuv va xalqaro kooperatsiya sabablarini tushuntirib bering. 11. FOYDALANİLGAN ADABİЁTLAR: M. Maxmudova, Sh. Jumaxanov. Jahon xo’jaligi. (maruzalar matni). Namangan Davlat universiteti, 2001 yil. 1. O. Abdullaev. İqtisodiy geografiya va ekologiya. Namangan, 2002 yil. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling