O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/13
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

 
O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA MAXSUS TALİM 
VAZİRLİGİ 
 
BERDAQ
 
NOMİDAGİ 
QORAQALPOQ
 
DAVLAT
 
UNİVERSİTETİ  
 
TABIATSHUNOSLIK  VA GEOGRAFIYA
 
FAKULTETI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
JAHON İQTİSODİY VA İJTİMOİY GEOGRAFİYASİ  
Fanidan lektsiya tekstleri 
Tuzuvchi: N.J.Embergenov 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus 2011 
 
 
 
 
 

 
 
Mavzu: Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining 
predmeti va uslubiy asoslari. 
 
Reja: 
1.
 
Jahon mamlakatlari iqtisodiy, ijtimoiy geografiyasi fanining predmeti, 
maqsadi va vazifasi. 
2.
 
Jahon mamlakatlari iqtisodiy, ijtimoiy geografiyasining nazariy 
asoslari ilmiy yo’nalishlari ilmiy maktablarini mazmun -  mohiyati. 
3.
 
Jahon iqtisodiy, ijtimoiy geografiyaning mustaqil fan sifatida 
shaklanishi va o’rganish usublari. 
4.
 
Boshqa fanlar bilan aloqasi o’rganish obektlari. 
5.
 
Fanning istiqbol  yo’nalishlari va muammolari. 
6.
 
Jahon mamlakatlari iqtisodiy, ijtimoiy geografiyasi Oliy va o’rta  
maxsus talim tizimlarida  o’qitilishi. 
Jaxon geografiya”si tushunchasi M.V.Lomonosov 
tomonidan 1760 yildan ishlatila boshlangan bo’lsada, jahon 
geografik tasavvurlar insoniyatning er sharini o’zashtirishi jahon  
bosqichidan  boshlangan.  Birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti 
dexqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi hamda uning 
ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotga o’tishi, sug’orma 
dexqonchilikning “Buyuk” tarixiy daryolar va O’rta Dengiz sohili  
bo’ylarida yuzaga kelishi bilan ikkinchi yirik ijtimoiy mehnat 
taqsimoti esa hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlar va 
savdo – sotiqning taraqqiyoti jahon geografik biimlarga bo’lgan 
extiyojlarni yuzaga keltiradi va jahon geografik tasavvurlar 
doirasini kengaytiradi.  Mulkchilik munosabatlarining yuzaga 
kelishi, qo’shimcha mahsulot  ishlab chiqarish imkoniyatlari, fan, 
madaniyat, arxitekturanining rivojlanishi, qadimgi davlatlarning 
shakllanishi va rivolanishi, boshqaruv shaklarining (monarxiya va 
demokratiya) yuzaga kelishi jahon geografiyasi  fanini fan sifatida 
shakllanishi uchun shart – sharoitlarni hozirladi.  
XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida texnika 
taraqqiyoti (Evropa) sanoatining rivolanishiga, transport va 
savdoga kuchli tasir qildi.  
Kapitalning dastlabki jamg’arilishi jarayoni, tabiiy fanlar 
ravnaqi, xaqlarning millat bo’lib shakllanishi, buyuk geografik 
kashfiyotlar, aholining migratsion harakatlarining  boshlanishi, 
halqaro savdoning kuchayishi – halqaro bozorning yuzaga 
keishiga, mustamlakachilikning boshlanishiga va dastlabki 
iqtisodiy va geografik iqtisodiy geografik qarashlarining talimot 
sifatida mujassamlashuviga olib keladi.  
XX asrning 20-yillaridan boshlab jahon geografiyasi sobiq 
SSSR Oliy o’quv yurtlarida (iqtisodiyot va geografiya 
 

fakultetlarida) asosiy predmet sifatida o’qitila boshlandi. Ayni 
paytda jahon geografiyasi dunyo siyosiy kartasi, jahon ho’jaligi, 
mintaqalar va mamlakatlar ho’jalik tizimidagi muhim miqdor va 
sifat o’zgarishlarini tadqiq qildi. 1976 yildan boshlab jahon 
geografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritila 
boshlandi.  
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining vazifasi 
tabiat rivojlanishining va jamiyat rivojlanishining obektiv 
qonuniyatlarini bir – biri bilan bog’liq holda, yani tabiat – aholi – 
ijtimoiy – iqtisodiy tizimlar o’rtasida barqaror doimiy (qayta) 
aloqalarning shakllanishi, bu aloqalar rivojlanish bosqichlarining 
amal qilishi, davom etishi va boshqarilish jarayonlarni tadqiq 
qilishdan iborat. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining 
predmetining asosini ishlab chiqarish kuchlarining turli darajadagi 
tarmoq, tarmoqlararo va hududiy shakllanishi, rivojlanishi, 
yuritilishi va boshqarilishi takomillashtirishdan iborat. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining maqsadi – 
geogrif talabalarni bugungi jahon hamjamiyatidagi yuz berayotgan 
siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy, tabiiy jarayonlar hamda jahon 
mamlakatlarining tutgan o’rni iqtisodiy – ijtimoy rivojlanishi 
to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirishdir. 
“Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiya fanining vazifasi 
mamlakatimizda amalga oshirilayogan siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy 
islohotlardan kelib chiqqan holda talabalarga quydagi 
yo’nalishlarda puxta bilimlar berishdir. 
Oliy talim tizimida ushbu fan XIX asr ohiri va XX asr 
boshlaridan boshlab o’qitiladi, hamda o’zining ananalariga egadir. 
Mazkur fan, ayniqsa, halqaro munosabatlar, halqaro iqtisodiy 
aloqalar, diplomatiya akademiyalari iqtisodiyot va geografiya 
kulliyotlari, harbiy akademiya va harbiy bilim yurtlari o’quv 
rejalarida asosiy fan sifatida o’rin olgan. 
Kursning o’quv predmeti sifatida o’qitilishda 
N.N.Baranskiy,  İ.A.Vitver,  İ.M.Maergayz, B.N.Samovskiy kabi 
olimlarning xizmati katta. XX asr davomida kursning mazmuni, 
tarkibi va moxiyati doimiy takomilashib borishi jahon siyosiy 
kartasidagi siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy kuchlar nisbatining 
o’zgarishi bilan chambarchas bog’liqdir. 
MDH davlatlarida mazkur kurs yuzasida bir qator o’quv 
darsliklari va o’quv qo’llanmalari yaratildi. Jumladan, 
dorilfununlar uchun 1966 yil İ.M.Maergayz muharrirligida 
“Evropadagi kapitalistik mamlakatlar”, “Jaxon geografiyasi”. 
1969 yil Andreev B.İ., Ledovskiy S.İ., Patik B.M. va Rabinovich 
“Xorijiy Evropa mamlakatlari jaxon geografiyasi”, 1971 yil 
“Kapitalistik va rivojlanayotgan mamlakatlar jahon geografiyasi”, 

Oliygoxlar uchun 1960 yil keyinroq ikki qismdan iborat 1968 va 
1972 yillarda hamda bir muncha takomillashgan o’quv 
qo’lanmalar 1980 va 1981 yillarda yaratildi.  
Shuningdek, jahon mamlakatlari jahon geografiyasidan 
o’quv qo’llanmalari Moskva, Leningrad, Belorus, Lvov 
dorilfununlari hamda Kiev xalq xo’jaligi oliygolari tomonidan 
ham chop etilgan. Uni alohida takidlash lozimki, yuqoridagi 
darslik va o’quv qo’lanmalari marksizm – leninizm “g’oya”lari 
bilan sug’orilgan bo’lib, birinchidan rivojlangan mamlakatlar 
umumiy tanazzulining chuqurlashuvi, uning taraqqiyotidagi 
notekislikni asoslash, kapitalistik mehnat taqsimoti, iqtisodiy 
integratsiyani ekspluatatorlik xarakterini, jahon imperialistik 
tuzimini chuqur va keskin ziddiyatlar emirilib borayotganligini: 
ikkinchidan sobiq sotsialistik tizimi shakllanishi va rivojlanish-
qonuniy jarayon ekanligi, sotsialistik mehnat taqsimoti va 
sotsialistik iqtisodiy integratsiya eng adolatli, barcha 
mamlakatlardagi xalqlarni manfaatlarini hisobga olgan holda 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqaror rivojlanishini taminlash, 
dunyo xalqlariga eng to’g’ri, adolatli, mo’l-ko’lchilikni yuzaga 
keltiruvchi jamiyat ekanligini ilmiy asoslashdan iborat. G’oyalarni 
o’quvchilarga etkazishdan iborat. Vazifaga majburan 
bo’ysundirilgan edi. Jaxon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini umumiy qonuniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini 
“Oddiy ko’zgu”  bilan emas, aksincha ilmiy jihatdan xolisoni 
o’rganish bugungi kundagi eng dolzarb jarayonlardan biri bo’lib 
qolmoqda. 
Bunonova, Rozel, Xorxelar ham jaxon mamlakatlari 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyani nazariy asoslari  va uning mazmun 
– moxiyati xaqida ko’pab xissalarini qo’shishgan. Bu olimlar 
jaxon ijtimoiy – iqtisodiy geografiya fanining mazmun – moxiyati 
haqida juda ko’plab malumotlarni aytib o’tishgan.  
O’zbekiston xududida dastlabki iqtisodiy va iqtisodiy 
geografik bilimlar uzoq tarixga egaligini bilan ajralib turadi. 
Sug’orma dexqonchilik, irrigatsiya inshooatari, shaxarlar va 
mamlakatlar, axolishunoslik va xunarmandchilik, arxeologiyaga 
doir malumotlar yirik mutaffakirlar M.Qoshg’ariy, Muxammad 
Xorazmiy, Abu Abdulla Muxammad İbn At Termiziy, Axmad 
Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, İbn Sino, 
Ulug’bek, Ali Qushchi, Zaxiriddin Muxammad  Bobur 
kabilarning asarlarida ifodasini togpgan. 
Maxmud Qoshg’ariyning “Devonu Lug’atit turk” nomli 
asarlarida tabiat tasvirlari, ershunoslik, geografik malumotlar 
berilgan. Muxammad İbn Muso Xorazmiyning (780-847) “Erning 
tasviri”, “Xorazm geografiyasi” nomli asarlari er bilimi 

kartografiya, geodeziya va mamlakatshunoslikka oid g’oya 
qimmatli malumotlarga boy.  
Al Beruniy va İbn Sino asarlari XVIII asrga qadar evropa 
oliy   o’quv yurtlarida darslik sifatida  qo’lanib kelingan bo’lsa 
Xorazmda “Mamun akademiyasi”ga Ulug’bek ilmiy maktabi 
Markaziy Osiyo xududidagina emas, balki butun jaxonda ilm-
fanning rivojanishiga beqiyos xissa qo’shdi. 
Markaziy Osiy xududlarini ilmiy jixatidan o’rganish XVIII  
asr oxiri XX asr boshlariga qadar Rossiya imperiyasining o’lka 
boyliklarini o’z manfaatlari uchun  foydalanishga mo’ljallangan 
qator ilmiy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bog’liqdir.  
1920 yildan boshlab Toshkentda Turkiston davlat 
universitetining tashkil topishi (ToshDU va xozirgi O’zbekiston 
milliy universiteti) o’lkada keng miqiyosda iqtisodiy va iqtisodiy 
geografik tadqiqotlar  yo’lga qo’yilishiga zamin yaratdi. Dastlab, 
rus olimlari G.N.Cherdantsev, N.N.Kojanov, N.K.Yarashevich, 
Yu.İ.Poslavskiy, A.İ.Golovin va boshqalar Turkiston xududini 
iqtisodiy rayonlashtirish, markaziy Osiyo xududida ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish, tabiiy 
resurslarni iqtisodiy baholash, axolishunoslikning nazariy va 
amaliy muammolari bilan shug’ullanadi. 
70 yillardan boshlab mamlakatimizdagi taniqli iqtisodiy 
geogra fiklar Z.M.Akramov, A.Soliev, O.Otamirzaev, 
iqtisodchilar – S.Ziyodullaev, K.İ.Lavkin, 
İ.İskandarovlar 
rahbarligida ishlab chiqarish kuchlarini samarali xududiy tashkil 
qilish, rivojlantirish va istiqbollarini majmuali o’rganuvchi 
yo’nalishlar va ilmiy maktablar shakllandi.  
Bu yo’nalishlar: tabiiy sharoit va tabiiy resurslarni iqtisodiy 
baholash va mintaqaviy ekologik muammolar tadqiqoti;  
Axolishunoslik va axoli geografiyasi, shaxarshunoslik; 
sanoat tarmoqlari geografiyasi, agrosanoat majmuasi, ijtimoiy – 
iqtisodiy (meditsina, xizmat ko’rsatish kabi) sohalar va 
mintaqalarning ijitmoiy – iqtisodiy ri vojlanishi va istiqbollarining 
tadqiq qilishdan iboratdir. 
 Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda jaxon iqtisodiy – ijtimoiy 
geografiyaning milli yo’nalish  va maktablar shakllanmoqda.  
Bunday markaz va yo’nalishlar katta ilmiy salohiyatiga ega 
bo’lgan Toshkentdan tashqari Namangan, Termiz, Samarqand, 
Farg’ona va Qarshi shaxarlarida ham vujudga kelmoqda.  
 Jahon xo’jaligi juda murakkab siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy 
kategoriyadir. Jaxon xo’jaligini asosini ishlab chiqarish kuchlari 
va ishlab chiqarish munosabatlarini o’zaro tarixiy dialektik 
taraqqiyoti tashkil etadi. Bugungi jahon xo’jaligining shakllanishi 
jarayoni ishlab chiqarish kuchlarini uzoq vaqt davom etgan 

iqtisodiy – ijtimoiy tarixini yangi jaxon miqiyosida iqtisodiy – 
ijtimoiy xayotni umumlashuv jarayonini ifodalaydi. 
Jahon xo’jaligini shakllanishi tarixiy kategoriya  sifatida 
jahon mamlakatlari milliy xo’jaligini xalqaro  mehnat taqsimoti 
asosida bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ifodalaydi. 
Jahon ho’jaligini shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini 
o’rganishda R.Byol “jaxon xo’jaligi geografiyasi” E. Kmerni 
“jaxon xo’jaligi”, M.S.Rozinning “jaxon xo’jaligining xozirgi 
geografiyasi” asarlari muhim o’rin tutadi. 
XX asr 80 yillarida ikkinchi yarmidagi Sharqiy Evropa  va 
sobiq SSSR dagi muhim siyosiy va iqtisodiy – ijtimoiy 
 
o’zgarishlar jahon xo’jaligini barqaror rivojlanishi uchun muayan 
sharoit xozirladi. Turli iqtisodiy – ijtimoiy  tip mamlakatlarining 
jahon xo’jaligi va xalqaro munosabatlar tizimidagi o’rnini alohida 
baholanadi. 
Tadqqot uslublari. jahon mamlakatlari iqtisodiy – ijtimoiy  
geografiyasi o’zining bir qator tadqiq uslublariga ega. Bu uslublar 
iqtisodiy – ijtimoiy  malumotlarni yig’ish, taxlil qilish asosida 
mamlakatlar axolisi, xo’jaligi to’g’risida to’la va aniq xulosalar 
chiqarish imkonini beradi. Chunki tarixiy  uslub iqtisodiy – 
ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar tizimida keng qo’llanib turli 
tarixiy bosqichlarda xududning o’zlashtirish, axolisi va xo’jalik 
taraqqiyoti hamda ishlab chiqarish kuchlarini isti qbolda 
rivolantirish yo’nalishlarini belgilash  imkonini beradi.  
Statistik uslub xududiy iqtisodiy tizim, yani axoli uning 
mehnat faoliyati xo’jalik tarmoqlarining holati, sanoat, qishloq 
xo’jaligi, transport va xo’jaligining bosh sohalariga doir fakt va 
raqamlarni tahlil qilish orqali butun mamlakat iqtisodiy – ijtimoiy  
xayotga doir malumotlar umumlashtiradi. 
İqtisodiy rayonlashtirish uslubi mamlakatning malum 
xududini mamlakat miqiyosida iqtisodiy – ijtimoiy  jixatidan 
tutgan o’rni xo’jalikni ixtisoslashuvi regional siyosatni amalga 
oshirish imkonini aniqlash uchun xizmat    qiladi. 
Taqqoslash uslubi mamlakatlarni shaxar va sanoat 
tugunlarini, yirik  axoli punktlarini xo’jalikni taqqoslash orqali 
turli iqtisodiy – ijtimoiy  tip mamlakatlarni bir – biridan farq 
qiluvchi bosh xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
Taqqoslash uslubi ayniqsa o’quv jarayonida o’quvchilarni 
jahon xo’jaligi, turli mamlakatlar, ijtimoiy taraqqiyoti va ularning 
bir-biridan farq to’g’risida malumotlar berishda katta o’rin tutadi. 
Shuningdek, jahon mamlakatlarini iqtisodiy – ijtimoiy 
 
geografiyasida  kartografik iqtisodiy matematik, dala sharoitida 
tekshirish va kuzatish uslublaridan ham keng foydalaniladi.  
Jahon geografiya fani bir qator fanlar bilan o’zaro aloqada 
bo’lib, uning tadqiqotlari va xulosalaridan keng foydalanadi. 

Jahon geografiya fani bir qator fanlar tizimini ikkiga bo’lish 
maqsadga muvofiq. 
1) Tabiiy fanlar – yani tabiiy geografik fanlar tizimi, 
geologiya, biologiya va boshqa tarmoqlar. 
2) iqtisodiy – ijtimoiy  gumanitar fanlar yani jaxon 
iqtisodiyoti, mikro va makroiqtisodiyot, sanoat iqtisodiyoti, 
agrosanoat iqtisodiyoti, transport iqtisodiyoti, menejment va 
marketing, tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro munosabatlar, 
statistika, axborotlar texnologiyasi va informatika, falsafa, tarix, 
mamlakat milliy iqtisodiyoti, iqtisodiy geografik fanlar tizimi 
tabiatdan foydalanish iqtisodi, xalqaro xuquq. 
Ko’rinib turibdiki, jaxon geografiyasi fani ko’plab fanlar 
bilan uzviy aloqada bo’lsada, bu fanlar bilan qo’shilib ketmaydi 
va mustaqil fan bo’lib, jamiyatni xududiy tashkil etish va 
boshqarishni majmuali o’rganish bilan ajralib turadi. 
Jahon mamlakatlar iqtisodiy – ijtimoiy  geografiyasi 
mamlakatlar xo’jaligi va uning tarkibi xududiy joylanishi va 
axolisi jaxon siyosiy kartasida hamda millatlarning o’ziga xos 
iqtisodiy – ijtimoiy  taraqqiyoti to’g’risida to’plangan 
malumotlarni berish bilan dunyoqarashini shakllantiruvchi fan 
sifatida ko’zga tashlanadi.  
Jahon mamlakatlar iqtisodiy – ijtimoiy  geografiyasi 
mohiyatiga xamda o’rganish obektiga ko’ra itimoiy fanlar 
tizimiga mansub bo’lib, bir qator boshqa fanlar bilan o’zaro 
aloqada rivojlanadi. 
Ko’rinib turibdiki, jahon geografiya fani faqat ishlab 
 
chiqarish  kuchlarining tarmoq va xududiy joylashtirish jarayonini 
o’rganibgina  qolmay baki jamiyatni xududiy tashkil etishni 
takomillashtirish va boshqarish to’g’risidagi fan sifatida ham 
muxim o’rin tutmoqda. 
 
Jaxon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyaning istiqboldagi 
rivojlanishi va vazifalari eng avvalo O’zbekiston Respublikasining 
siyosiy mustaqilligi va uning bozor munosabatlariga o’tish 
davridagi dolzarb muammolaridan kelib chiqadi. 
Masalan, jaxon sohasida: bozor munosabatlariga o’tish 
sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, mamlakatni 
iqtisodiy rayonlashtirish va uning mintaqaviy siyosatini ilmiy 
jixatidan yaratish, sanoat va qishloq xo’jalik geografisini 
mulkchilikning turli shakllarini xisobga olgan holda tadqiq etish 
qo’shma va  kichik korxonalar, erkin iqtisodiy mintaqa,  qurilish, 
transport va tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasini o’rganish, 
Respublika er – suv  mineral xom ashyo va boshqa tabiiy 
resurslarga iqtisodiy jixatidan bao’o berish, tabiiy ofalar 
geografiyasi muxim mavzular hisoblanadi. Shuningdek geograflar 
mamlakatimizning g’alla (don), neft va yo’l mustaqilligiga 

erishuvidagi muammolarning echimiga ham o’zlarining munosib 
xissalarini qo’shishlari lozim. 
Jahon iqtisodiy muammolar doirasida axoli va mehnat 
resurslarining xududiy tarkibi, turli yiriklikdagi shaxar va shaxar 
aglomeratsiyalari, urbanizatsiya jarayonini o’rganish, savdo, 
marketing, axoliga xizmat ko’rsatish soxalari geografiyasi 
bo’yicha tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish, tabiatdan foydalanish 
va ishlab chiqarishni xududiy tashkil etish kerak. Ayni paytda 
qishloq joylarining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish bu joylarda jaxon 
infrastruktura tizimini shakllantirishga oid tadqiqotlarining 
axamiyati ham katta. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, uning 
jahon hamjamiyatida suveren davlat sifatida o’ziga munosib o’rin 
olishi siyosiy geografiyaga oid mavzularni ham kun tartibiga 
qo’ydi. Hususan mamlakatimizning jaxon davlatlar bilan 
munosabati (geosiyosati), uning ichki mamuriy – xududiy 
tuzilmasi, milliy poytaxti – Toshkentning siyosiy funktsiyalari va 
diplomatik aloqalari, xalqaro turizm, elektoral (saylovlar) 
geografiya kabi muammolarning o’rganilmog’i zarur. Shu bilan 
birgafan tarixi va tarixiy geografiyaga doir tadqiqotlarni ham olib 
borish, jaxon geografiya fanining nazariy – uslubiy masalalari 
hamda ijtimoiy ekologiya bo’yicha izlanishlar olib borish 
maqsadga mofiqdir. 
Jahon iqtisodiy – ijtimoiy mamlakatlar fanining o’qitilishi 
avvalombor o’quv dasturlari maruzalar matni va qo’llanmalarisiz 
bo’lmaydi. 
Aytish lozimki jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyadan 
darslik yozish o’ta masuliyati mushkul ish. Ushbu fanning o’ziga 
xos xususiyatlari – xarakatchanligi (dinamikligi), siyosat va 
statistika, ekologiya bilan aloqadorligi  har qanday darslik 
oldidagi qiyinchiliklarga sababchi bo’ladi. Uning ustiga o’tish 
davrida iqtisodiy rivojanishining unga barqaror emasligi, pulning 
biroz qadrsizlanishi oqibatida mahsulot qiymatining turli 
yillardagi real holatini o’zgaruvchanligi, gorizontal aloqalar 
(ishlab chiqarish kooperatsiyasi)ning vaqtincha  buzilganligi 
oqibatida bazi sohalarda o’sishning deyarli to’xtab qolganligi kabi 
masalalar darslik mualliflarini nixoyatda qiyin vaziyatga 
tushuradi.   Qolaversa avvalgi banklarda ta kidlaganimizdek ishlab  
chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy va xududiy shakllari: 
mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya (hamkorlik), 
kombinatlashtirish, xududiy ishlab  chiqarish majmualari, sanoat 
narxi va tugunlari, o’sish qutb va markazlari, texnopolis, yagona 
iqtisodiy makon, agrosanoat majmualari, infrastruktura 
tuzulmasiga o’xshash  ananaviy va zamonaviy tushunchalar 
yangicha talqin qilinishni talab qiladi. 

Shu bilan birga turli xo’jalik tarmoqlari va xududlariga 
bag’ishlangan o’quv qo’llanmalar va metodik ko’rsatmalarni 
tayyorlash ham katta amaliy axamiyatga  ega. Chunonchi,  sanoat, 
qishloq xo’jaligi, shaharlar va axoliga xizmat ko’rsatish sohalari 
geografiyasiga oid hamda aloxida vloyat va iqtisodi rayonar 
tarifiga doir o’quv qo’llanmalarning yaratilishi o’quvchilar – 
talabalar bilimlarini kengayishi va mustahkamlashiga yordam 
beradi. 
Sobiq ittifoq davridagi Oliy  o’quv yurtlari dasturlarida “O’z  
o’lkasini o’rganish”ga ham soat ajratiladi  va o’lka sifatida 
O’zbekiston tushuniladi. Endi esa geosiyosiy vaziyat tamomila 
o’zgaradi:  vatanimiz esa tom manoda O’zbekiston, o’lkamiz esa 
yashab turgan joyimiz -  viloyat va rayonlar bo’ldi. Demak, ularni 
ham atroflicha o’rganish vaqti etdi. Zero, “Vatan ostonadan 
boshlanadi” deyiladi.  
Ammo, talaba va o’qituvchilarimizga bu xususida hamma  
vaqt nimadir etishmay kelgan: avvallari soat etishmagan bo’lsa 
endi esa o’quv materiallari kam. Qolaversa, jaxon mamlakatlari 
geografiyasini o’qitish uchun xozirgi o’quv xarita va atlaslar ham 
oz. Shuning uchun umumiy o’rta maxsus va Oliy maktablar oldida 
turgan  dolzarb muammolar ham o’z echimini topmog’i lozim. 
Darsliklar mazmunida va o’qitish jarayonida geografiya, shu 
jumladan jahon geografiyaning o’quv predmeti va uning ayni 
paytda alohida fan kanligi talim tarbiya bilan birgalikda ilmu fan 
elementlari ham yuqoriga borgan sari ko’payib va chuqurlashib 
borishi kerak. 
Takrorlash uchun savollar 
1.
 
Jahon mamlakatlari iqtisodiy – ijtimoiy  geografiyasi fanining o’qtilish 
tarixi? 
2.
 
Fanning nazariy asoslari? 
3.
 
Oliy maktablar tizimida Jahon mamlakatlari iqtisodiy – ijtimoiy 
 
geografiyasi fanining o’qtilishi? 
4.
 
Boshqa fanlar bilan aloqasi? 
5.
 
Tadqiqot uslublarini izoxlang. 
6.
 
Rivojlangan mamlakatlar sanoat strukturasidagi o’zgarishlar. 
7.
 
Jahon xo’jaligi siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy tarixiy kategoriya? 
8.
 
Tadqiqot uslublari? 
9.
 
O’rganish obektlari? 
10.
 
Jahon mamlakatlari iqtisodiy – ijtimoiy  geografiyasi fanining  mazmun 
mohiyati? 
Tayanch so’z va iboralar 
Jahon xo’jaligi, ishlab chiqaruvchi kuchlar, milliy xo’jalik, yalpi milliy daromad, 
o’quv predmeti, qo’llanmalar, tadqiqot uslublari, statistik uslub, hududiy 
rivojlanish, iqtisodiy integratsiya, kurs mazmuni, o’rganish obekti, xudud, 
taqqoslash, o’quv darsliklari, iqtisodiy rayonlar, kichik ajdaxo mamlakatlari

iqtisodiy xamkorlik, davlat manopolizmi, davlat iqtisodiyoti, kartografik usul, 
yalpiindustrial mamlakatlar, tinalogiya, siyosiy geografik tahlil, fanning o’rganish 
ahamiyati, ilm talab, JMİİG fan sifatida, jahon mamlakatlar muammolari, kuzatish, 
fan, yondashish, xamdo’stlik, geografik, obekt, buyuk kashfiyotlar, mamlakat. 
Foydalanilgan adabiyotlar   ro’yxati. 
1.
 
M. Maxmudova Sh. Jumahonov jahon ho’jaligi maruza. Namangan Davlat Universiteti. 
2001 yil. 
2.
 
O. Abdullev iqtisodiy geografiya asoslari. Namangan 2002 yil. 
3.
 
Chet mamlakatlar “iqtisodiy – ijtimoiy geografiya” Toshkent 1985 – yil. 
4.
 
“jahon mamlakatlari” spravochnik Toshkent 1989 yil. 
5.
 
Bunanova T.M. Rahmonova İ.A. ekonomicheskaya geografiya SNG İstran Balltitsi M. 
1994 yil. 
6.
 
Soliev  A. iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari.    Toshkent 1995 – 
yil. 
7.
 
Soliev  A. Muhammadaliev R.Y iqtisodiy geografiya asoslari .    Toshkent 1996 – yil. 
8.
 
İ. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari”.  
9.
 
Alisov K., Xorev S. Ekonomicheskaya i sotsialnoya «Geografiya mira» Moskva. Mo’sl 
2000  g. 
10.
 
Strano’ mira. Ektsiklopedicheskiy sprovochnik. Smolensk. 2002 g. 
11.
 
Ekonomicheskaya i sotsialnoya geografiya zarubejnix stran. V 2 t pod.red. V.P. 
Maksakovskogo. M.1981 g. 
12.
 
Xasbulatov R.İ. «Mirovaya ekonomika». Moskva. 1984 g. 
13.
 
Sotsialno–ekonomicheskaya gegrafiya zarubejnogo mira. M.1998 g. 
14.
 
Maksakovskiy V.P. İstoricheskaya geografiya mira. M.1999 g. 
15.
 
Soliev A., Qarshiboeva L. İqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari. T.1999 
y. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling