O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI


Download 456.18 Kb.
bet40/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

3.2. ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI
Tayanch tushunchalar: madaniyat, metodologik madaniyat, daraja, nolevoy daraja, beqaror-empirik daraja, tadqiqotchilik, evristik.
Metodologik madaniyat – bu metodologik bilimlarga asoslangan ilmiy fikrlash madaniyatidir, uning o‘zagi esa metodologik refleksiyani tashkil etadi (V.V. Kraevskiy). Pedagog-tadqiqotchining metodologik madaniyati – tadqiqotchining qadriyatlarni anglash, tizimli metodologik bilimlar, ilmiy izlanishning jarayoni va natijalarini loyihalashtirish, amalga oshirish va baholashning metodologik ko‘nikmalari, ilmiy muammoning adekvat echimini taqozo etadigan shaxsiy intellektual uslubni integratsiyalashni talab etuvchi kasbiy madaniyat komponentidir. Pedagog-tadqiqotchi metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) bo‘lishi juda muhim.

Metodologik madaniyatning shakllanganlik darajalari:

Nolevoy daraja – metodologik madaniyat elementlari shakllanmagan.

Beqaror-empirik daraja – tasavvur etish darajasida noto‘liq metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vosita-texnologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas, muammo aniq qo‘yilmagan va shakllantirilmagan; tadqiqot metodologik nuqtai nazardan asoslanmagan, eklektik tusga ega; kategorial apparati mazmuni va tarkibiy tuzilmasi aniq ishlab chiqilmagann, mantiqan noto‘g‘ri; faraz yangi emas; tadqiqot mantiqi metodologik nuqtai nazardan noto‘g‘ri va asoslanmagan; tajribaviy ish dasturi nazariy nuqtai nazardan asoslanmagan, texnologik jihatdan ziddiyatga ega; tadqiqot natijalari va xulosalari originallik, yangilik, nazariy mohiyat yo‘qligi bilan tavsiflanadi; tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi; intellektual-uslubiy doirasi tor; intellektual faoliyatning algoritmik usullari ustuvorligi; “sinash va xato usuli”ning ustuvorligi; avval ishlab chiqilgan tadqiqot vositalarining majmui asosida ilgari surilgan ilmiy muammo echimini aks ettiradi; tadqiqotning evristik potensiali past – tadqiqot fanda mavjud bo‘lgan pedagogik obyektlarni o‘rganishga qaratilgan, an’anaviy konsepsiya doirasida amalga oshirilgan; yangi natijalarga erishilganlik ehtimoli juda past (tadqiqotchi fanga ma’lum bo‘lgan dalillar, qoidalarni deyarli takrorlayapti).


Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling