O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Download 456.18 Kb.
bet39/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Kompetensiyaviy yondashuv uch jihatni o‘zida aks ettiradi: faoliyatga yo‘naltirilgan, kommunikativ va shaxsiy. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv bilim, ijodiy faoliyat usullari va vositalarini o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Kommunikativ jihat muloqotni amalga oshirishga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. SHaxsiy jihat tafakkur yuritish, refleksiya, yo‘nalganlikni o‘zida aks ettiradi.
Akmeologik yondashuv shaxsning yuqori darajada o‘z-o‘zini anglay olish, o‘z-o‘zini namoyon eta olishi hamda o‘z-o‘zini shakllantirishiga imkon berishi bilan alohida ajralib turadi.
Ma’lumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya – ulg‘aygan shaxsning rivojlanishi va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi. Akmeologiya (grekcha “akme – cho‘qqi, yuqori pog‘ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini bildiradi) – ilmu-fanning shunday yangi tarmog‘iki, u insonni o‘z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayot-faoliyatining turli bosqichlarida o‘zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishining kompleks masalalarini o‘rganadi. Ya’ni, u shaxsni o‘z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot va yuksalishning obyektiv hamda subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy tamoyillariga nimalar kiradi?


  2. Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillariga izoh bering.


  3. Shaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan yondashuvning mohiyatini yoritib bering.


  4. Refleksiv yondashuv pedagogic tadqiqotlarda qanday o’rin tutadi?


  5. Aksiologik yondashuv pedagogik tadqiqotlar uchun qanday metodologik imkoniyatga ega?


  6. Kompetensiyaviy yondashuvning mohiyatini izohlang.


  7. Akmeologik yondashuvning pedagogik tadqiqotlar uchun ahamiyatini asoslang.






Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling