O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Download 456.18 Kb.
bet35/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Tadqiqot gipotezasi ilmiy tadqiqot uchun qanday ahamiyat kasb etadi?


  2. Tadqiqot farazining qanday turlari mavjud?


  3. Tadqiqot farazini aniqlashga qo‘yiladigan asosiy talablarga nimalar kiradi?


  4. Tadqiqot farazini belgilashda produktiv yondashuvning o‘rnini qanday baholaysiz?




III BOB. PEDAGOGIK TADQIQOTNING METODOLOGIK TAMOYILLARI
3.1. PEDAGOGIK TADQIQOTNING UMUMIY TAMOYILLARI

Tayanch tushunchalar: tamoyil, umumilmiy tamoyillar, konkret-metodologik tamoyillar, yondashuv, shaxsiy-faoliyatga yo’naltirilga yondashuv, refleksiv yondashuv, aksiologik yondashuv, kompetent yondashuv, akmeologik yondashuv.
Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy tamoyillari. Ilmiy bilishda umumiy metodologiya va xususiy metodologik asos mavjud. Umumiy metodologiya falsafaning dialektik qonunlari, ilmiy bilish haqidagi ta’limotlar, jamiyat taraqqiyotning hozirgi davridagi konsepsiyalar, milly g‘oya, mafkura. Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy metodologik tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Muvofiqlik tamoyili – ilmiy bilishning mazkur sohasida bilimlarning yangi tamoyillar, g‘oyalar konsepsiyalar asosida tizimga solish.
To‘ldiruvchanlik tamoyili – tadqiqotning ko‘pgina obyektlari mikrodunyoning zarraga o‘xshash eng oddiy obyektlaridan tortib inson va jamiyat singari murakkab obyektlarigacha. Qarama-qarshi nazariyalarni birlashtirish asosida to‘la tavsiflanishi.
Verifikatsiya tamoyili – mohiyat e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash.
Falsafikatsiya tamoyili – mazkur tamoyilga binoan faqat inkor etish orqali tekshirib ko‘rish imkoniyati bo‘lgan bilim ilmiy bilim bo‘lishi mumkin.
Reduksiya tamoyili – ma’lum yaxlitlik tizim murakkabligini uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari unsurlari orqali bilishdir.
Yaxlitlik tamoyili – tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa ob’ekitlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish.
Kontirreduksiya tamoyili – elementar zarralardan tortib to ijtimoiy tabiiy tizimlargacha barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan tabiiy tilga amal qilish.



Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling