O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Download 456.18 Kb.
bet34/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Tadqiqot maqsadining aniq belgilanishining ahamiyati nimada?


  2. Tadqiqot maqsadini aniqlashga qo‘yiladigan metodologik talablarni bayon eting.


  3. Tadqiqotning ilmiy-nazariy funktsiyalariga nimalar kiradi?


  4. Tadqiqotning konstruktiv-normativ funktsiyalarini izohlang.





2.4. ILMIY TADQIQOTNING FARAZI
Tayanch tushunchalar: faraz, tadqiqot farazi, dalil, faraz turlari, reproduktivlik.

Ilmiy faraz fan taraqqiyotining, yangi ixtirolarning muhim tarkibiy qismidir. Biror ilmiy ixtiro induksiya, oldindan bashoratsiz, tajribasiz amalga oshmaydi. Ayniqsa pedagogik tadqiqotda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, natijani har tomonlama asosli bo’lishida ilmiy faraz alohida ahamiyatga ega. Oldindan aniq ko‘ra olish ilmiy faraz (fanda qabul qilingan faraz)dir. Ilmiy tadqiqot maqsadi, vazifasini aniqlangandan keyin eksperemintal (tajribalar) o‘tkazish uchun muayyan ilmiy faraz bo‘lishi, farazga har safar tayanish tadqiqot faoliyatining me’zonidir. Ilmiy faraz oldindan tasavvur qilish, fikriy tajriba, tadqiqotning ichki tizimi, tadqiqotnig harakat kuchidir.
Ilmiy faraz tajribaga, tipik hayotiy misollarga, mantiqiy analogiya, ilmiy voqelik modeliga, kelgusida tajribada tekshiriladigan mavhum nazariyaga asoslanadi. Aniq ilmiy faraz tadqiqot samaradorligini oshiradi, tadqiqot bo‘yicha aniq natijaga erishishga yordam beradi.
Tadqiqot avvalidagi ilmiy faraz ishchi faraz hisoblanadi. Yaxshi shakllantirilgan ilmiy faraz muammoni hal etish asosida erishilgan natijalarga ko‘ra istiqbolli aniq faraz yaratish imkoniyatini beradi. Muayyan ilmiy faraz chuqur nazariyaga asosan ifodalanadi, unda mavjud voqelik, natijalarining pedagogik qonuniyatlar bilan uyg‘unligi, mosligi isbotlanadi.
Tadqiqotda ilmiy faraz isbotlanish shart, dastlabgi ilmiy faraz va eksprimentlar natijasi asosidagi muayyan ilmiy faraz taqqoslanadi.
Pedagogik tadqiqot ilmiy farazi aniq natijaviy dalillar, misollar bilan bog‘liq. Har tomonlama tekshirilgan natijaviy misollar, yaratilgan yangilik, bashorat qilish ilmiy farazning asoslangani tadqiqotning mezonidir. Demak, ilmiy farazlar avvalo dialektik qonuniyatlar kelib chiqsa, mukammal tajribalarda va eksprimentlarda asoslansa uning mukammalligi ta’minlanadi.
Ilmiy farazlar tadqiqot mavzusiga, qo‘yilgan maqsadga, vazifalarga mos bo‘lishi izlanish samaradorligini oshiradi, izchilligiga erishiladi. Dastlab farazni fanga ma’lum bo‘lgan qonun va nazariyalar yordamida izohlashga harakat qilinadi. Faraz emperik tasdig‘ini topadi yoki eksperimental tekshirish natijasida rad etiladi. Farazning muhim sharti eksperimentlar va amaliyotda isbotlanishidir.
Ilmiy tadqiqotchi o‘zining umumiy g‘oyasini bir yoki bir nechta farazda ifodalaydi. Faraz tizimi tadqiqot jarayonining mexanizimidir. Ilmiy farazga qo‘yiladigan asosiy talablar:
  1. Pedagogik tadqiqotda eng muhimi nima?


  2. Tadqiqot obyektining tarkibiy qismi, xususiyati, pedagogik voqelik nimada aks etadi?


  3. O‘rganilgan jarayon modelining xususiyati qanday?


  4. O‘rganilayotgan voqelikni mohiyati nimada?


  5. Muayyan voqelik qanday hosil bo‘ladi?


  6. Tadqiqot vaqti, muddati, qanday?


  7. Ilmiy farazning tajribada aniqlash uchun qaysi metod va vositalardan foydalaniladi?


Demak, tadqiqot jarayonining hal qiluvchi tarkibiy qismi muayyan ilmiy faraz, uni tajribada, amaliyotda isbotlanishidir.


Faraz –ilmiy asoslangan, lekin aniq isbotlanmgan tahmindir, u nazariy holat yoki uning inkor qilinishi sifatida o‘zining xulosaviy tasdig‘ini topishi uchun maxsus isbotni talab etadi. Faraz tadqiqotning metodologik tavsifi, nazariyaning elementi sifatida ilmiy bilimni rivojlantirissh metodini o’zida aks ettiradi. Maxsus metodologik adabiyotlarda faraz “ehtimoliy bilim” sifatida ta’riflangan. Faraz – bu isbotni talab qiladigan ilmiy tahminlar tizimi. Tadqiqot farazsi fan uchun bahsli, noaniq bo‘lgan, isbotlar va tajribaviy-tadqiqiy tekshirishni talab etuvchi, tahminlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchi quyidagi savolga javob berishi lozim: “Tadqiqot obyektida nima noaniq, unda men boshqalar sezmagan nimani ko‘rayapman?” (V.V.Krayevskiy). Tadqiqot farazsini aniqlashning asosiy talablariga quyidagilar kiradi:

  • faraz tadqiqot obyektiga tegishli bo‘lishi kerak (farazning metodologik aniq qo‘yilishi faqat tadqiqot obyektini ko‘p jihatdan o‘rganish bilan bog’liq bo’lishi lozim);


  • faraz fanda o‘rnatilgan nazariyalar, yondashuvlarga mos kelishi zarur (bir-biriga qarama-qarshi bo’lmagan talablar); lekin salmoqli evristik potentsialga ega farazlar mavjud nazariy tasavvurlarga qarama-qarshi qo’yiladi: ana shu sababli ilmiy farazning yaqqol belgisi uning nostandartliligi, noaniqligi hisoblanadi. Tadqiqotning metodologik kamchiligi farazning o‘z-o‘zidan aniqligi, noo’rin belgilanishi sanaladi (masalan, quyidagi gipotetikni holat metodologik noto’g’ri deb hisoblash mumkin: “o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning ekologik faoliyati samarasi ekologik bilimlar va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq”). Shu narsa aniqki, har qanday faoliyatning samarasi subyektda maxsus bilim va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq;


  • faraz maxsus tekshiriladigan bo‘lmog‘i zarur – inkor yoki tasdiq imkonini berishi lozim (masalan, eksperimental tekshiruv vaqtida);


  • farazda qonunchilik tabiatiga ega bo‘luvchi, o‘rganilayotgan pedagogik voqelikka xos zarur invariant aloqalar aks etishi lozim. V.V.Krayevskiyning fikricha, metodologik aniq farazlar quyidagi tasdiqlarni o‘z ichiga oladi: pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar, pedagogik faoliyat turining komponentlari, mezonlar, parametlar, funksiyalar va h.k.


Bizning nuqtai nazarimizcha, faraz quyidagi sxema bo‘yicha shakllanganda samarali yondashuv bo‘ladi: “Agar...(g‘oya va fikr faraz yadrosi sifatida), u holda...(kutilayotgan natija), chunki...(tushuntirish)”, u farazning tavsiflovchi, tushuntiruvchi va bashoratlovchi vazifasini amalga oshirishga imkon beradi. Faraz ikki variantda shakllanadi: “agar..., u holda...”; “agar..., u holda..., chunki...”.



E.V.Berejnovaning “Amaliy pedagogik tadqiqot tuzilishida fandan amaliyotga o‘tishning metodologik shart-sharoitlari” nomli dissertatsiyasida belgilangan gipotetik holatlardan biri: “Amaliy pedagogik tadqiqot tuzilishida fandan amaliyotga o‘tish uchun quyidagi metodologik shartlarni inobatga olish zarur: a) o‘rganilayotgan obyekt haqidagi hissiy-aniq bilimlardan fikriy-aniq bilimlarga o’tish jarayonida harakatlar ketma-ketligiga erishish: o‘rganilayotgan obyekt modelining tavsifiy tuzilishi; o‘rganilayotgan obyektning nazariy modelini tuzish; mos keluvchi dalillar yordamida nazariy modellarni asoslash; tadqiqot ishining aksiologik jihatini aniqlash; aksiologik jihat bilan bog’liqlikda nazariy modelni baholash; nazariy model, uning asoslanishi va bahosini hisobga olib me’yoriy modelni tuzish; mos keluvchi dalillarni inobatga olib me’yoriy modelni asoslash; b) kamida uch marta amaliyotga murojaat qilish: tadqiqot obyektini tavsiflash, amaliy modelni baholash va me’yoriy modelni asoslash...». Yana bir misol. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tabiatga qadriyatli munosabatni shakllantirishda zaruriy pedagogik shart-sharoit sifatida quyidagilar inobatga olinadi: bilishga oid (sodda tadqiqiy, bilish-irratsional), qadriyatga yo’naltirilgan, qayta tashkillashtiriladigan (loyihali, biotexnik), refleksiv ekologik faoliyat; kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ekologik faoliyatida psixologik mexanizmlarning subyektivlashtirilishi, identifikatsiyasi, hissiyotlar, empatiyalar, refleksiyalarning pedagogik dolzarblik kasb etishi.
Tadqiqot farazi shakllanishi jarayoni spiralsimon tabiatga ega: tadqiqotchi ko‘p bora ortga qaytib, goh konseptual holatlarni aniqlashtiradi, goh tahlil qiladi va faktik materialni yangi nazariy jihatdan tushuntirib beradi, ba’zida g‘oyani aniqlashtiradi.
Pedagogik tadqiqotda ishchi faraz (mavjud ma’lumotli materialni tizimlashtirish maqsadida taxmin) va ilmiy farazni ajratishadi, u salmoqli ma’lumotli material umumlashtirib yig‘ilgandan keyin yaratiladi va ilmiy muammoni yechish “loyihasi”ni ishlab chiqish, ba’zi noaniqlik va xatoliklari bilan ilmiy nazariya elementiga aylanishi mumkin bo‘lgan gipotetik holatni shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling