O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv


Download 456.18 Kb.
bet37/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv yo‘nalishida izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvida shaxsning va faoliyatning komponentlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi, chunki bu yondashuv jarayonida shaxs subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
O‘z navbatida, turli xil omillar ta’sirida hamda shaxsning o‘z faoliyati natijalari ta’sirida uning subyekt sifatida rivojlanishi amalga oshadi.
Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvda ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud omillarni aniqlash asosida mazkur jarayonda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni vaziyatlarga ko‘ra tahlil qilish zarur bo‘lib, bunda ularning mustaqil va erkin fikr bildirishlari, hech qanday hadiksirashlarsiz o‘z tushunchalarini ifodalashlari, erkin muloqotga kirishishlari, ya’ni o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun zaruriy va etarli shart-sharoitlar yaratiladi.
Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda quyidagi shart-sharoitlar hisobga olinadi: muayyan faoliyatga kirishishining ixtiyoriy ekanligi; qo‘yilgan maqsadga erishish vositasini tanlashda ishonch, har bir bolaning imkoniyatlariga ishonish va ularning qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqqiyatli bajarishiga xayrixohlik bildirish; ta’lim vazifalarini belgilashda samarali va oqilona strategiya tanlash; pedagogik ta’sir etish jarayonida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish; qiziqish, individual ishtiyoq, xohish-istaklarini hisobga olish va yangi qiziqishlarni paydo qilish.
Shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv pedagogik tadqiqotlarda quyidagi qoidalarga asoslanib joriy etilishi lozim: faol nuqtai nazar, mustaqillik va tashabbuskorlikka tayanish; ta’lim oluvchi bilan muloqotda unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; pedagog ta’lim oluvchilarning muvafaqqiyatlaridan quvona bilishi lozim; pedagog muhim muammolarni hal etishda ta’lim oluvchiga yordam berishi kerak; tarbiyaviy vazifalarni bosqichma-bosqich hal etishda pedagog ularni amalga oshirishning har bir ta’lim oluvchiga yuqori darajada foyda keltiradigan variantlarini izlab topishi kerak; guruhda, ta’lim oluvchilarning boshqa jamoalarida ham pedagog insonparvarlik munosabatini shakllantirishi kerak, u ta’lim oluvchilarning kamsitilishiga, ruhi tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
Pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishga doir aksiologik yondashuv pedagogik qadriyatlar negizida amalga oshirildi. Natijada quyidagi individual-shaxsiy qadriyatlar tizimi aniqlashtirildi:
shaxsning ham jamiyatda, ham kasbiy muhitdagi o‘zini namoyon etishi bilan bog‘liq qadriyatlar (pedagog mehnatining ijtimoiy ahamiyatliligi, pedagog faoliyatining nufuzi, kasbning yaqin shaxsiy doiradagilar tomonidan tan olinishi va h.k.);
muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondiruvchi va uning doirasini kengaytiruvchi qadriyatlar (bolalar, hamkasblar, mansabdor shaxslar bilan muloqot, bolalarga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rlik, ma’naviy qadriyatlar almashinuvi va h.k.);
shaxsning ijodiy individualligini rivojlantirishga qaratilgan qadriyatlar (kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlari, jahon madaniyatiga qo‘shilish, sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, doimiy kamolotga intilib borish va h.k.);
o‘zini ishga safarbar etishga imkon beruvchi qadriyatlar (pedagog mehnatining ijodiy xarakteri, defektologlik kasbining hissiyotga boyligi va maroqliligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga yordam bera olish imkoniyati va h.k.);
pragmatik (amaliy) ehtiyojlarni qondirishga imkoniyat beruvchi qadriyatlar (davlat tomonidan kafolatlangan ish, ish haqi, ta’til, xizmat pog‘onasining oshib borishi va boshqalarga erishish).
Aksiologik yondashuvda quyidagi mezonlarga tayaniladi: ta’lim oluvchining o‘z-o‘zini rivojlantirishga, o‘zini kasbga safarbar etishga, o‘z ishini tashkil etishga shayligi; uning o‘z-o‘zini axloqiy jihatdan tartibga solish layoqati; shaxsning qadriyatli-mazmunli rivojlanish darajasi va o‘z ishini tashkil etishi; ta’lim oluvchining yuqori darajadagi mustaqilligi; uning maqsadli faoliyatga kirishishga shayligi; o‘zini, o‘z shaxsini takomillashtirib borishga qaratilgan ongli xulq-atvori; undagi komillikka intilib borishdagi maqsad va vazifalarning barqarorligi, ularni hayotining mazmuniga aylantirishi; shaxs faoliyatining ijodiy tavsifi; o‘zini mutaxassis sifatida shakllantirib borish jarayonining samaradorligi.



Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling