O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 50.07 Kb.
bet1/10
Sana22.06.2023
Hajmi50.07 Kb.
#1647393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1Y


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
Vazirligi

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

"Tasdiqlayman"

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
____________ O.Duysenbayev
“___”__________2022-yil
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI”


faniDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
NUKUS-2022
Fanning ishchi o‘quv dasturi Qoraqalpoq davlat universiteti Kengashining 2022- yil 30-avgust « 1 » -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchi: Ch.Karimboyeva – O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchi-stajo‘ri



Taqrizchilar: F.Bobojonov – QQDU filologiya fanlari nomzodi,dotsent.
Yu.Ibragimov – NDPI O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori

QQDU O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani___________ M.Qurbaniyazov


28.05.2022. 10-sonli bayonnomasi

QQDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri_________H.Abdullayev


27.05. 2022 10 -sonli bayonnomasi




1-mavzu. O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanining maqsad va vazifalari. Davlat tili Qonunlari va Farmonlari


O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Reja:

  1. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining maqsad va vazifalari.

  2. Davlat tili qonunlari va farmonlari.

  3. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichi.

O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanining maqsadi talabalarning o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish, mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarni shakllantirish,talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish, sohada qo‘llanadigan terminlar,asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari,xususan,sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonlikni oshirish.


Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning quyi bosqichlarda o‘zbek tilidan egallagan nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish; ijtimoiy-madaniy, rasmiy-idoraviy sohalarda, mehnat faoliyatida o‘zbek tilining kommunikativ imkoniyatlaridan foydalanish uchun zarur nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish uchun fanni o‘qitish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:



  • kasbiy sohaga oid so‘z va atamalarni, imlo qoidalarni, uslub va me’yorlarni bilish va tushunish;

  • kasbiy sohaga oid matnlarni to‘g‘ri sharhlash;

  • kasbiy sohaga oid so‘z va atamalar asosida o‘zbek tilidagi og‘zaki va yozma savodxonligini o‘stirish;

  • kasbiy sohaga oid so‘z va atamalarni muqobil variantidan to‘g‘ri foydalanish;

  • kasbiy sohaga oid so‘z va atamalardan foydalanib lug‘at tuzishni bilish;

  • kasbiy sohaga oid matnlarni aniq, tushunarli, mantiqiy tilda ifoda etish;

  • kasbiy sohaga oid so‘z va atamalarni og‘zaki va yozma nutqda, mavjud tadqiqotlarda to‘plash.

  • oliy ta’limdagi tahsili va kasbiy faoliyatida foydalaniladigan o‘zbek tilidagi rasmiy ish hujjatlari bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

  • maqola, ilmiy tezis, referat va shu kabi ilmiy matnlarni tahlil qilish, ularga shaxsiy munosabatini bildirishga, shu asosda ilmiy matn

kompozitsiyasi, mazmuni, strukturasi haqida bilimlarga ega bo‘lishga, ilmiy ijodga yo‘naltirish;



  • talabalarning o‘zbek tilidagi manbalardan olingan axborotni ixtisosligiga mos mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar (tezis, referat, annotatsiya, rezyume) sifatida rasmiylashtirish, tanqidiy, tahliliy fikrlash va o‘zbek tilida munosabat bildirish, o‘z fikrini turli uslublar va nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda bog‘lanishli bayon eta olish, matnni ixchamlash, kengaytirish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;


Download 50.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling