Dastur nomi
|
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
20
|
Dasturning maqsadi
|
Mehnat xavfsizlik standartlari tizimini, inson mehnati xavfsizligini ta’minlash yo‘lida ijtimoiy-iqtisodiy asoslarni, tashkiliy ishlarni, MMQ ishlarini tashkil etish, avtomobil transporti korxonalari va tashkilotlarida mehnat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya talablarini o‘rganish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
mehnatni boshqarish qonunlari, rioya qilish tartiblari;
mehnat intizomini himoya qiluvchi davlat nazorat tashkilotlari.
muxandis va texnik xodimlarni mehnat muhofazasi uchun javobgarligi;
mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat sharoitini ko‘rib chiqish tartibi;
ishlab chiqarishdagi jarohatlarni taxlil qilish uslublari;
shifokordan oldin yordam ko‘rsatish uslublari;
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
ishlab chiqarishda metereologik shart-sharoitlar;
|
Bilimlar
|
mehnat muhofazasi sohasidagi asosiy qoidalar;
texnikani ishlab chiqarishdagi mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma lavozim yo‘riqnomasi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi;
ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiharish omillari ta’sirining oldini olish qoidalari;
zararli moddalar bilan ishlashda ko‘riladigan xavfsizlik chora tadbirlari;
ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi qoidalari;
yong‘in xavfsizligi qoidalari;
atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va tadbirlar.
|
Ko‘nikmalar
|
alohida kasblar hamda ish turlariga mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar tuzish;
ish bajaruvchilar bilan mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq o‘tkazish va o‘tkazilgan yo‘l-yo‘riqlarni rasmiylashtirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish;
mehnat muhofazasining holatini, ma’muriy-jamoat nazoratining taalluqli pog‘onasini tashkil etish va o‘tkazish;
xona harorati, shovqin, titrash, yoritilganlik, gazlanganlik va changlanganlik ko‘rsatkichlarini o‘lchash;
mashinalar, mexanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarning xavfsizlik holatini tekshirish.
-yong‘in xavfsizlgi bo‘yicha umumiy talablar;
- birlamchi yong‘in o‘chirish vositalardan foydalanish;
|
|