Taqrizchilar:
|
|
SH.Abdualimov-
J.Xudayqulov-
|
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi, q.x.f.d. professor
Toshkent davlat agrar universiteti “O’simlikshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi, q.x.f.d. professor
|
|
|
|
|
2. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
|
Paxta yetishtirish
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Paxta yetishtirish fanining maqsadi O‘quvchiga g‘o’za o’simligi morfologiyasi va biologiyasi yetishtirish texnologiyasini tushuntirish, hamda uning o’sish va rivojlanish jaraѐnini ehtiѐjimiz asosida imkon qadar jadallashtirish va hosil sifati hamda miqdorini oshirish yo’llarini izlashga yo’llanma berishdan iboratdir.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
tuproqqa ishlov berish ;
yerni ekishga tayyorlash;
yerni meliorativ holatini yaxshilash;
g‘o’zani o’sish-rivojlanish davrida resurslarni tejovchi texnologiyalarni qo’llash;
g‘o’za qator oralariga ishlov berish;
begona o’t, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash;
mineral o’g‘itlarni to’g‘ri taqsimlash;
qishloq xo’jalik mashinalaridan, gerbitsidlardan foydalanish;
g‘o’zani oziqlantirish va sug‘orish usullari va me’yorini aniqlash;
rayonlashtirilgan g‘o’za navlarini tavsifi; hosilni aniqlash.
|
Bilim
|
g‘o’za urug‘chiligiga qo’yiladigan talablarni, g‘o’za navlarini morfologik belgilariga qarab ajratishni;
paxtachilik klasterlari va fermer xo’jaliklari urug‘chilik bilan shug‘ullanishi uchun g‘o’za urug‘chiligida tendyerga hujjat topshirish va o’tkazish qoidalarini;
paxtachilik klasterlari va ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida g‘o’zaning elita va avlodli urug‘liklarini ekish uchun dala maydonlarini tayyorlashni;
paxtachilik klasterlari va ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida g‘o’zaning elita va avlodli urug‘liklarini ekish uchun dala vedomostlarini tayyorlash, kompanovka qilish hamda elita va avlodli urug‘larni tartibli ravishda ekishni;
g‘o’za urug‘lik maydonlarining urug‘likga yaroqliligini aniqlash tartibi;
g‘o’za urug‘lik maydonlarida aprobatsiya o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va navdorlik belgilarini o‘rganish tartibi hamda aprobatsiyani belgilangan muddatlarida o’tkazish qoidalarini;
paxtachilik klasterlari va ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida g‘o’za o’simligi va oilalari hamda urug‘lik maydonlarini chiqit(brak)ga chiqarish tartibini; elita urug‘chilik maydonlaridan namunaviy, yakka tanlovlar va oilaviy terimlarni terib olishni hamda laboratoriyada urug‘likning sifatini aniqlashni bilish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |