O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

Nazorat savollari: 
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limining maqsadi nimada? 
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at vazifalarini 
sanab o’ting? 
3. Maktabdagi tasviriy san’at darslari orqali o’quvchilarning 
psixologik ruhiyatiga qanday ta’sirlarni ko’rsatadi? 
4. Boʼlajak tasviriy san’at o’qituvchisi qanday xislatlarga ega 
bo’lishi lozim? 
5. O’quvchilar tarbiyasida tasviriy san’at faning o’rni nimada? 
6. Martabda o’quvchilarni tasviriy san’at darslarida sinfdan tashqari qanday 
tadbirlar tashkil qilish mumkin? 
 
2.2. Tasviriy san’at fanida davlat ta’lim standarti
Reja: 
1. Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari. 
2. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari. 
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanida davlat ta’lim 
standartlari asosida namunaviy taqvim-reja va tavsiyalar. 
Tayanch iboralar: demokratiyalashuv, estetik, standartlar, ijtimoiylashuv, 
texnologiya, kadrlar, akkreditatsiya.  
Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatuvchi 
barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi. DTS ta‟lim mazmuni 
shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Hozirda har bir fan bo‘yicha, shu qatori badiiy-estetik turkumdagi fanlardan 
davlat ta’lim standartlarining yaratilishi, uni hukumat tomonidan tasdiqlanishi katta 


30 
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan voqeadir. Mazkur standartlar O‘zbekiston 
tarixida birinchi bor yaratilishi bo‘lib, u respublikamiz maktablarida ta’limni yuqori 
ilmiy-metodik asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib 
chiqishga sharoit yaratadi. 
Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standartlari 
joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: 
- ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga 
javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash:
- mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib 
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim 
oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni 
samaradorligini oshirish:
- sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
shaxsning, jamiyat va davlatning manfatlarini himoya qilish: 
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va 
tartibini belgilash: 
- ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini 
ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini 
maqbullashtirish;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash; 
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:
- ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari 
nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
- ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy 
malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek ta’lim 
faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni 
belgilovchi me’yyoriy bazani yaratish;


31 
- xalqning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim 
oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy 
etish; 
- ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va 
tarbiyani kelishib olish ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va 
kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;
- o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, uzluksiz ta’lim tizimining pedagogik 
texnologiyalariga va axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, 
ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan 
me’ѐrlar va talablarni belgilash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim 
muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 
- milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan 
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; 
Tasviriy san’at ta’limi davlat standarti san’atning uch turi-tasviriy, amaliy va 
me’morchilik san’atlari mazmunini aks ettirgan bo‘lib, u avvalo milliy o‘zbek 
san’atini, uning badiiy an’analarini, ayrim mashhur o‘zbek tasviriy, amaliy, 
me’morchilik san’atlari ustalarining hayoti va ijodini, O‘zbekistonda san’atning bu 
turlari rivoj topgan markazlarni, O‘zbekistondagi yirik san’at muzeylarini bilish 
tasviriy san’at o‘quv predmetini vazifalaridan biri ekanligini qayd qiladi. Bundan 
maqsad milliy san’at vositasida o‘quvchilarga badiiy ta’lim berish bilan bir qatorda 
ularda shaxsni estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. 
Milliy o‘zbek san’atini chet el va jahonning hozirgi zamon ilg‘or san’atiga qaraganda 
kengroq va chuqurroq o‘rgatishdan maqsad har bir o‘zbek o‘quvchisi o‘z halqining 
tarixini, adabiyotini bilishi shart ekanligi kabi, uning san’atini ham nisbatan kengroq 
bilishiga erishishdir. Milliy san’at ta’lim mazmunida poydevor bo‘lishi lozim. 


32 
Bugungi kunga kelib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning davlat 
ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarida belgilangan bilimlarni o‘zlashtirishga 
imkoniyat yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligning 2020 yil 25-dekabrdagi 02-
02/2-1671-son xatiga asosan joriy o‘quv yilining 3-choragidan boshlab, “Tasviriy 
san'at” fanlari an’anaviy shaklda o‘qitilishi belgilandi. Shu munosabat bilan, ushbu 
fanni tig‘izlashtirilgan holda o‘qitish bo‘yicha mazkur namunaviy taqvim-reja va 
tavsiyalar ishlab chiqildi.
DTS
Umumiy o'rta 
ta'limning boshqa 
ta'lim turlari va 
bosqichlari bilan
uzluksizligi va 
ta'lim mazmuninig 
uzviyligi 
O'quv dasturlari 
mazmuning jamiyat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyoti hamda 
fan texnika 
rivojlanishi bilan 
bog'liqligi
Ta'lim mazmunining 
respublikadagi
barcha hududlardagi
birligi va yaxlitligi 
Ilg'or demografik
xorijiy 
mamlakatlarning
ta'lim sohasida
meyyorlarni belgilash
tajribalarida milliy 
xususiyatlarni
hisobga olgan holda
foydalanish
Pedagogik tafakkurda 
qaror topgan an'anaviy 
qarashlar bilan "Ta'lim 
to'g'risidagi qonun" 
bilan va"Kadrlar 
tayyorlash milliy 
dasturi" mazmunida 
ifodalangan zamonaviy
talablar
Umumiy o'rta 
ta'limning mazmuni, 
shakli va vositalari 
Umumiy o'rta ta'lim
DTSni davlat va 
jamiyat talablari va 
shahs


33 
Boshlang‘ich va yuqori sinflarda mavzular asosan takrorlanishlar va 
mustahkamlanishlarni hisobiga jipslashtirilgan. Faoliyat turlariga ko‘ra takrorlangan 
mavzular ham bir biriga singdirilgan.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling