O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

Nazorat savollari: 
1. Tasviriy sanʼatni oʼqitishga doir dastlabki maʼlumotlarni izohlab 
bering? 
2. Yevropada Uygʼonish davri rassomlarining qarashlari haqida 
nimalarni bilasiz? 
3. Neolit davrida insonning tasviriy san'atga bo'lgan munosabatlari 
qanday? 
4. Qadimda Yevropa mamlakatlarida tasviriy sanʼatni oʼqitishga doir turli 
qarashlarni sanab o’ting? 
5. Mutaxassislar orasida tasviriy san’tni o’qitish metodlariga tegishli qanday
qarashlar mavjud? 
6. Qadimgi Rimning buyuk musavvirlarini sanab o’ting? 
1.2. Rossiyada Tasviriy san’atni o‘qitish metodlari 
Reja: 
1. XVIII-XIX asrlarda Rossiyaning pedagogika o’quv yurtlarida tasviriy san’at
fanining o’rni. 
2. Rossiyada tasviriy san’atni umumiy ta’lim maktablarida o’qitilishi. 
3. Rus pedagoglarining qarashlari va tasviriy san’atni o’qitish uslublari.
Tayanch iboralar: akademiya, xirurgiya, bosmaxona, muhandislik, natura, 
perspektiva, gips, metodik. 
Rossiya tasviriy san’atni o’qitish umumiy ta’lim maktablarida oʼquv fan 
sifatida XVIII asrning boshlarida paydo boʼldi. Bu davrda rasm chizish maktabi,
dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, 
qizlar tarbiya bilim yurtida oʼqitilgan. 


15 
Bu oʼquv yurtlarida rasm chizishga oʼrgatish rassomlar tayyorlash uchun emas, 
balki yoshlarni kasbiy faoliyati va kelajak hayotlarida foydalanishlari uchun kerak 
boʼladigan soha deb qaralar edi. 
XVIII asrga qadar Rossiyada san’at asarlaridan nusxa olish usuli boshlandi. 
Shunga qaramay, o'qitishning turli xil usullari o'z-o'zidan rivoj topa boshlandi. 
Keyinchalik vaqt o'tishi bilan nusxa ko'chirish 
usulidan tashqari tabiatdan chizish huquqi tan 
olindi.
1711 
yilda 
Sankt-Peterburg 
bosmaxonasi asosida chizmalar chizishga va 
muhandislikka ixtisoslashgan maktab 
ochiladi. Ushbu maktabga yosh rassomlar
tasviriy san’atni chuqur o’zlashtirishi uchun 
Yevropadan o’qituvchilar taklif etiladi. 
A. Sapojnikov birinchi bor 1734 yilda 
tasviriy 
sanat 
maktablari 
uchun 
o'quv 
qo'llanma chop etdi. Rossiyada va uning 
zamondoshlari 
tomonidan 
qo’llanma 
qadrlanadi. Mazkur darslik naturaga qarab 
rasm chizishga asoslangan edi. Darslik 
realistik rasm ishlash asosida qurilgan boʼlib, 
unda perspektiva, yorugʼlik, soya qonunlari 
ham oʼz aksini topgan edi. 
Shu bilan bir qatorda Sapojnikov karton, gips va sim kabi materiallardan 
narsalar tuzilishi, perspektiv qisqarishi, xajmiga doir metodik koʼrgazmali qurollar 
majmuasini ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga koʼra har qanday natura asosiga 
turli hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun ham rasm chizishda 
geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan. 
1735-yilda I. D. Preisler nemis va rus tilida “Rasm chizish san'ati bo'yicha 
asosiy qoidalar” nomli qo'llanma chop etdi. Preisler tizimi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri va 


16 
egri chiziqlar, geometrik shakllar va volumetrik jismlarni chizish bilan boshlanadi, 
undan keyin talaba inson tanasining qismlarini, so'ngra boshni va nihoyat butun 
qomatni chizishga o'tadi. (6-rasm). Ko'pgina rassom-o'qituvchilar singari, 
Preisler ham chizilgan rasmni o'rganish uchun geometriyani asos qilib oladi. 
Rossiya maktablarida rasm chizish ommaviy tarzda oʼqitila boshlangach,
rassom-oʼqituvchilarning yetishmasligi muammosi paydo boʼladi.
Maxsus 
oʼqituvchilar 
tayyorlash maqsadida 1825 yilda 
Moskvada Strogonov nomidagi 
texnikaviy rasm bilim yurtida 
yangi boʼlim ochilib, unda rasm 
oʼqituvchilari 
tayyorlana 
boshladi. 1879 yildan esa Sankt-
Peterburg 
badiiy 
akademiyasi 
qoshida 
rasm 
oʼqituvchilari 
tayyorlovchi kurs ochildi. Bu kurslar uchun dastur, metodik materiallar tayyorlashda 
badiiy akademiya professori P. Chistyakov faoliyat koʼrsatdi. Bu davrda tuzilgan 
dastur va qoʼllanmalarda A.Sapojnikovning geometrik koʼchirish metodlari 
amaliyotdan chiqarilib, maktabda rasm darsi faqat natural metod asosida rasm 
ishlashdan iborat ekanligi qayd qilindi. Mazkur dastur va qoʼllanmalarda bolalar 
tasviriy faoliyatlariga erkinlik berish lozimligi ham belgilab qoʼyildi. Rasm chizish 
muammolarini hal qilishda XIX asr boshlarida Moskva va Peterburg shaharlarida 
tashkil etilgan “Rasm oʼqituvchilari jamiyati” eʼtiborga loyiq ishlarni amalga oshirdi.
Rossiyada rasm chizish metodikasini takomillashtirishda 1933 yilda tashkil 
topgan “Bolalar badiiy tarbiyasi markaziy uylari” muhim ahamiyat kasb etdi. Bu 
markaz faoliyati bilan bogʼliq holda P.Ya.Pavlinovning “Graficheskaya gramota”, 
N.Radlovning “Risovanie s naturi”, “Sbornik zadaniy po risovaniyu”, Ya.Bashilov va 
Ye.Kondaxchanlarning “Detskiy risunok” va boshqa qoʼllanmalari chop etildi.
Rossiyada tasviriy san’atni o’qitish metodikasini takomillashtirishda pedagog 
olim A.G.Sapojnikovning o’rni katta ahamiyatga ega. U o’zining pedagogik 


17 
mahoratida eng oddiy geometrik shakllardan silindr, prizma,kub kabi oddiy shakllarni 
chizish metodlarini o’rgatadi. (7-rasm). 
Rossiyada 1970-2000 yillar davomida olib borilgan ishlar mazmuni turli-tuman 
boʼldi. U estetik va badiiy tarbiyaga doir xalqaro, federatsiya miqyosida ilmiy-amaliy 
anjumanlar oʼtkazish, ilmiy-metodik toʼplamlar nashr etish, oʼquvchilarning ijodiy 
koʼrgazmalarini tashkil etish yoʼnalishlarida amalga oshirildi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling