O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

Alisher Navoiy 
Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida 
qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo‘ladi. Insoniyatning qadri 
ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish 
esa bir san’atdir. 
Davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida, aholi bilan muloqotida yoshlar 
masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Ularni mamlakatimiz buguni va kelajagida tutgan 
muhim o‘rniga urg‘u beradi. Binobarin, yurtimizda navqiron avlod vakillarining 
zamonaviy bilimlarni egallashlari, “nou-xau”lar bilan hamnafas qadam tashlashlari 
uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
O‘ziga ishongan, intiluvchan, ilmga tashna o‘g‘il-qizlar uchun “sotsial lift”, 
meritokratiya tamoyillari hayotga samarali tatbiq etilyapti. Chunki taraqqiy etgan 
mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortig‘i “bilimlar iqtisodiyoti” 
hisobidan, ya’ni, innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan 
yaratilayotganidan ko‘pchilikning xabari bor.
Keyingi qisqa muddat davomida, mamlakatimizda Prezidentimiz va 
hukumatimiz tomonidan ilm-fan va texnika taraqqiyotiga alohida eʼtibor berilib, 
pedagoglar, olimlar va professor-oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼli mavqeini 
tiklash, ularning turmush darajasini yanada oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
isloh qilish borasida koʼplab Farmonlar, Qarorlar qabul qilindiki, ularning bajarilishi 
bugunning oʼzidayoq samara bera boshladi.
Hozirgi kunda shiddat bilan yuz berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar 
ta’lim sohasida ham tub islohotlar o‘tkazishni, ta’lim-tarbiyaviy ishlarni davr talablari 
darajasiga olib chiqishni taqozo etmoqda. Shu boisdan ham «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»ning «Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida 
ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, 
ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish alohida qayd 



qilinadi. Milliy dasturda ko‘zda tutilganidek, o‘quvchilarning estetik ongini 
shakllantirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, ayniqsa, tasviriy 
san’atdan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Inson 
qadim-qadimdan san’at vositalari yordamida o‘z hayotini go‘zal qilishga intilgan. Buni 
anglash uchun avlodlarimizdan meros qolgan me’moriy-madaniy yodgorliklar va 
tasvirlarga diqqat bilan nazar tashlash kifoya qiladi. Ularning barcha-barchasini 
rassom, me’mor mehnati mahsuli deyishimiz mumkin. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy 
san’atni o‘qitishni takomillashtirish borasida bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilib, 
yaxshi natijalarga erishildi. Bu tadqiqotlarning natijalari dissertatsiya shaklida himoya 
qilindi. Ular R.Hasanovning 1994 yilda “O‘zbeksiton umumta’lim maktablarida badiiy 
ta’lim va tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari” mavzusida doktorlik, 
A.Turdaliyevning 1996 yilda “Tasviriy san’at darslari va darsdan tashqari 
mashg‘ulotlar 
jarayonida 
o‘quvchilarni 
badiiy 
kasb-hunarlarga 
yo‘llash”, 
O.Xudoyorovaning 1997 yilda “O‘zbekiston umumta’lim maktablarida tasviriy san’at 
o‘qitilishining 
shakllanishi 
va 
taraqqiyoti” 
mavzularidagi 
nomzodlik 
dissertatsiyalaridir. 
Mustaqillik yillarida tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashga alohida 
e’tibor berila boshlandi. Xususan, 2002 yilga kelib Toshkent, Buxoro, Namangan, 
Guliston, Andijon davlat universitetlarida, Nukus, Angren, Jizzax davlat pedagogika 
institutlarida maxsus fakultet va bo‘limlar faoliyat ko‘rsata boshladi. Tasviriy san’at 
o‘qituvchilari Xiva, Denov, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, 
Andijon pedagogika bilim yurtlari qoshida ham tayyorlandi. 
Dunyo tan olgan, o‘lmas asarlar qoldirib ketgan buyuk olim, musavvir 
Leonardo da Vinchi «Amaliyotga ilmsiz mehr qo‘yadigan kishilar rulsiz yoki 
kompassiz suzishga kirishayotgan daholarga o‘xshaydilar, chunki ular qayerga 
ketayotganlarini hech mahal bilmaydilar, shu sababli oldin ilmni o‘rgan, so‘ngra esa 
shu ilm orqasidan tug‘ilgan amaliyotga murojaat qil» deya bejiz ta’kidlamagan edi. 
Biz ushbu qo’llanma orqali tasvirlash san’atiga havas qo‘ygan, rasm chizish san’atini 
o‘rganib kelayotgan yosh rassomlar, bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilari uchun 



boshlang‘ich nazariy va amaliy ma’lumotlarni berish, ularni ijodiy faoliyatga 
yo‘naltirishga harakat qildik. O‘ylaymizki, yosh rassomlar undan o‘ziga kerakli va 
foydali ma’lumotlarni topadi. 
Qo’llanmada internet materiallari hamda mashhur rassom, rassom-
pedagoglarning nazaridan o‘tqazilgan mavzularga daxldor nazariy ma’lumotlaridan 
hamda ilovalaridan foydalanildi. Bular tavsiya qilingan o‘quv materialining talabalar 
tomonidan tez egallab olinishi uchun xizmat qiladi degan umiddamiz. 
 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling