O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Avliyakulova Nafisa Muzafarovna


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/60
Sana04.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1748170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
12544 2 9130A4A4CB13ED9DF858CD650BE5E86FFC00DAC0

Nazorat savollari: 
1. Sharq miniatyura maktablarining rivojlanish tarixi nechanchi asrga 
borib taqaladi? 
2. O’rta Osiyo miniatyura maktablarining namoyondalari yaratgan 
maktablar qanday metodika asosida ish olib borgan? 
3. Eron miniatyura maktablarida qanday tasvirlar aks etgan? 
4. Sharq miniatyurasi san’ati tarixida qator maktablarni birlashtiruvchi 
davrlarni sanab o’ting? 
5. Islom dini kirib kelgunga qadar tasviriy san’atni o’qitilishiga doir qanday 
metodlardan foydalanilgan? 
6. O’zbekistonda dastlabki tasviriy san’atni o’qitilishida qanday ta’lim
shakllaridan foydalanilgan? 


24 
2 MODUL.TASVIRIY SAN’ATNI UMUMIY O‘RTA TA’LIM 
MAKTABLARIDAGI BOSHQA O‘QUV FANLARI SAMARADORLIGINI 
OSHIRISHDAGI AHAMIYATI 
2.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limining maqsad 
va vazifalari, mashg‘ulotlarning mazmuni 
Reja: 
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limining maqsad va 
vazifalari. 
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at mashg’ulotlarining 
mazmuni 
3. Bolajak talabalarni tasviriy san’at mashg’ulotlari bo’yicha ijodkorlikka 
yetaklash 
Tayanch iboralar: Estetik, ideologiyasi, proporsiyasi, tafovut, aktiv, 
chanqoqlik. 
Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti 
natijasida paydo bo`ldi, mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik hissi 
ortdi, voqelikdagi go`zallik qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy 
jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. 
Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi, bu esa fan va san'at rivojida 
muhim ahamiyat kasb etdi. Mashhur san'at ustalari va san'atkorlar shu davrda paydo 
bo`ldi. 
Tasviriy san'at o`zining o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, 
hukmron sinfning ideologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. 
Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar 
mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va oliyjanoblik va 
insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar.
Xalqning turmushi, hulq va odatlari, yutuq va mag`lubiyatlari ularning 
asarlarida o`z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo`lgan ana shunday san'at hayot 
go`zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak hislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni 
kelajakka intilishga da'vat etdi.


25 
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy 
boyliklar bo`lib qolmay, balki o`zida inson aql-zakovati, hayot to`g`risidagi fikr-
uylarini aks ettiruvchi ko`zgu ham hisoblanadi. Jahon san'ati tarixini o’rgatish, uning 
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o`tmish 
odamlarning his-tuyg`u, hayotiy tajribalarini o`rganish, g`oyaviy-estetik qarashlarning
shakllanishini bilishdan iborat. Bu so`zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, 
hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. 
Respublikamizda roʼy berayotgan oʼzgarishlar barcha sohalardagi kabi boʼlajak 
tasviriy sanʼat pedagoglarining zimmasiga ham oʼta maʼsuliyatli vazifalarni yuklaydi. 
Darhaqiqat xalqimiz oʼz mustaqilligini qoʼlga kiritib xalqaro miqyosida toʼla oʼzligini 
namoyish qildi. 
Tasviriy sanʼat oʼqituvchisi boshqa fanlar oʼqituvchilari kabi birinchi galda eng 
yuksak fazilatli, axloqiy pok, iymon va eʼtiqodli, halol va sofdil, talabalarga, oʼsmir va 
yoshlarga nisbatan oʼta mehribon, oʼta talabchan va oʼzbek xalqining urf-odatlarini
anʼanalarini mukammal biladigan va hurmatini joyiga qoʼyadigan boʼlishi kerak. 
Oʼqituvchining kasbiy xususiyatlari borasida toʼxtalganda shuni taʼkidlash 
lozimki, u eng avvalo oʼz kasbining jonkuyari, uni dildan sevadigan, oʼz ishiga ijodiy 
va ilmiy yondoshadigan shaxs boʼlmogʼi taʼlab etiladi. Bu shaxsda yangi bilimlar va 
ilgʼor tajribalariga chanqoqlik, muhimi unda tashkilotchilik, kuzatuvchanlik, qatʼiylik 
va insoniylik xususiyatlari yaqqol sezilib tursin. Oʼqituvchi tasviriy sanʼatdan maxsus 
bilim va malakalar bilan qurollanmasdan turib muallimlikni bajara olmaydi yoki 
oʼquvchi yoshlarga tabiat goʼzalligini, ona Vatanimizning tarixini, milliy 
merosimizning tarixini taʼriflab bera olmaydi, hamda oʼz kasbiga qiziqtira olmaydi.
Bugungi talaba, boʼlajak tasviriy san’at o’qituvchisi, oʼzbek xalqining hamda 
oʼtmishi bor boʼlgan Markaziy Osiyo xalqlarning tasviriy sanʼat borasidagi noyob 
namunalarini oʼzlashtirgan boʼlishi va toʼlaligicha oʼquvchi yoshlarga ulashmogʼi ayni 
davr talabidir. Shu sababli boʼlajak rassom-pedagoglarga quyidagi talablar yuklanadi : 
-O‘zlari ta’lim berishi lozim bo‘lgan o‘smir va yoshlarga san’at sirlarini, 
madaniy meros namunalarini har tomonlama o‘rgatish;
-Ayni yangilanish, rivojlanish davrida yosh avlodni bilimdon, yaratuvchan, 


26 
yuksak madaniyatli va mustaqil mamlakat taqdiri uchun ma’sul shaxslar qilib 
tarbiyalash;
-Ulug‘vor bunyodkorlik ishida malakali, g‘ayratli o‘qituvchilar yoshlar 
peshqadamlik qilmoqlari uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, 
ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash ; 
-Talabalarni tasviriy san’at yo‘nalishi buyicha ijodkorlikka yetaklash, layoqat
sezilganda esa astoydil o‘rgatish uchun maxsus maktab yoki to‘garaklarga jalb etish; 
-O‘quvchi va yoshlarga nafis san’at sirlarini o‘rgatish borasida o‘z ustida 
doimo izlanish, talabalar faoliyatini rivojlantirib, to‘g‘ri va asosli shakllantirish uchun 
pedagogik qoidalar asosida tajribalar olib borish;
- Turli davr, turli xalqlarga mansub tasviriy san’at asarlarini mushohada qila 
olmog‘i va uni tushunish sirlarini yoshlarga ulashish uslublariga ega bo‘lish;
Yuqorida zikr etilgan talablarni o‘zida mujassam etgan har qanday talabaga 
kelajak avlodimizni ishonib topshirsak bo‘ladi. 
Tasviriy san’at muallimi – ilmiy izlanuvchan ijodkor. Rassom o‘qituvchilar
qayerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim jarayonini olib borishidan qat’iy nazar 
pedagogik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa, shundagina yaxshi 
shogirdlar, haqiqiy rassomlarni shakllanitirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘z sohasidagi savodxonligi yetarli darajada 
bo‘lsagina o‘quvchilar bilan yonma-yon o‘tirib o‘zlari amaliy namuna ko‘rsata 
oladilar. O‘shandagina o‘quvchilar o‘z ko‘zlari bilan murabbiy rassomning egallagan 
mahorat sirlarini amaliy ishlarida ko‘rib ruhan his qiladi hamda san’atning nozik 
sirlarini tushunib etishishiga imkoniyatlari kengayadi. 
Tasviriy san’at mashg‘ulotlari har tomonlama rivojlangan insonning 
tarbiyalashi uchun boy imkoniyatlar ochib beradi. Tasviriy san’at bilan shug‘ullanish 
bolalarning aqliy va estetik jihatdan rivojlantiradi, atrof dunyoni tushunishiga 
ko‘maklashadi, buyumlarni e’tibor bilan kuzatishga, ularning shaklini tahlil qilishga 
o‘rgatadi. Tasviriy san’atdan savodni chiqarmasdan turib, kishi san’atni tushunishi 
ham, qadrlashi ham, undan huzur qilishni ham bila olmaydi. Bolalar tarbiyasida 
zamondoshlarimiz mehnatini go‘zalligini ko‘rsatishga, mustaqil davlat taraqqiyoti 


27 
yutuqlarini o‘rganish alohida o‘rin egallaydi. Bu o‘quvchilarning ijodiy aktivligini 
oshirishga ularning kuchini, ma’naviy quvvatini yangi hayot qurish uchun kurashga 
safarbar etishga ko‘maklashadi. 
Bugungi kunda madaniy va ma’naviy tarbiya o‘z oldiga insonda mavjud 
voqelikni ijodiy o‘zlashtirish qobiliyatiga ehtiyojini yaratishdan tashqari, balki unda 
go‘zallik qonuniga asosan qayta qurish ehtiyojini ham tarbiyalashga qaratilgan.O’rta 
umumta’lim maktablarning vazifasi estetik tarbiyaning turli metodlari yordamida 
bolaning aql va vujudiga ta’sir o‘tkazib, unda estetik hissiyotlarini paydo qilish orkali 
uni go‘zallikka, tabiat ko‘rinishlariga yaqinlashtirish, shuningdek bolaning ijodiy 
imkoniyatlarini, fikriy faoliyatini rivojlantirib, inson faoliyatining turli sohalarida 
namoyon bo‘lishiga ko‘maklashishdan iboratdir.
Har bir o‘quvchini hayotda, davlatimizning moddiy va ma’naviy rivojlanishida
faol ishtirok etadigan qilib tayyorlash uchun unga faqat bilim berib tarbiyalashgina 
kamlik qiladi, uning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish, yangilik yaratishni o‘rgatish, 
go‘zallik qonuni bo‘yicha yashash va ijod qilishni shakllantirish lozim. Hayot 
go‘zalligini ko‘rishga intilish insonni olijanob qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini 
estetik rohat-farog‘at manb’aiga aylantiradi.
Bolalar ko‘nglida go‘zallik va yuksak g‘oyalar hissini uyg‘otishga da’vat 
etishda tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘rni g‘oyat kattadir. Bolalar ma’naviy didini 
rivojlantirish uchun o‘qituvchi, avvalo, ularning e’tiborini hayotdagi go‘zallikka 
qaratishga, go‘zallikni payqash, his etish, qabul etish, huzurlanish, quvonishga 
o‘rgatish kerak. Did insonning tug‘ma xususiyati emas. U rivojlantiriladi, maktabda 
uni takomillashuviga yordam beruvchi birinchi inson tasviriy san’at o‘qituvchisidir. 
O‘qituvchi bolalarga tabiatning rang-barang olamini, rang-birang shakllarini 
ko‘rsatadi. Tabiat go‘zalligi, ochiq havoda o‘tkazilgan kunlar haqida xotiralar, ular 
hayotda ko‘rib baxri-dillarini ochilgan, tasvirlash qiyin bo‘lgan gulzorlarning ranglari 
- ularning ko‘nglini shodixondon etgan, hayajonlantirgan narsalarning xotirasi uzoq 
vaqtgacha o‘quvchi qalbida saqlanib qoladi. O‘quvchilar naturadan manzara, daraxt 
shoxlari, yaproqlar, gullargning rasmini chizar ekanlar, ularning shakllarini o‘rganar 
ekanlar, tabiatga, uning shakl va ranglari naqadar boy va turfaligiga amin bo‘ladilar. 


28 
Tabiatdagi go‘zallikka,voqea-hodisalarga mehr-muhabbatlari osha boradi. Maktabdagi 
tasviriy san’at darslari tufayli kishi dunyonini haryoqlama ko‘radigan bo‘ladi,ularning 
kuzatuvchanligi rivojlantiriladi, mantqiy fikrlashga o‘rgatadi, ko‘rgan narsani anglab 
etishga o‘rgatadi. 
Bolalar tasviriy san’at darslarida atroflaridagi yaqin turgan predmetlar ularning 
shakli, rangi, hajmi va boshqa o‘ziga xos jihatlardagi xilma-xillik bilan tanishadilar. 
Bu tanishuv ulardagi ko‘z xotirasini kuchaytiradi, buyumlar haqidagi aniq va to‘la 
tasavvurlari paydo bo‘lishiga yordamlashadi. Tasvir jarayoni o‘quvchiga ilgari 
qisqagina nazar solib o‘tgan buyumlarni endi chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
O‘quvchi rasm chizayotgan vaqtida buyumning formasi, ularning shakliy
qurilishi, proporsiyasi, bo‘shliqdagi holati, rangi, uning och-to‘qligi, materialining 
qandayligi e’tibor bilan o‘rganiladi, shu bilan ularni yanada samaraliroq, ko‘p 
tomonlama, teran va aniq xis etishga ko‘nikib boradi. 
Tasvir chizishga o‘rganish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki masalani hal qiladi: 
o‘quvchining ko‘rish qobiliyatini o‘stiradi, hamda tasvirlayotgan, ko‘rayotgan narsa 
haqidagi tasavvurini oshirib uni chuqurroq anglab etishga o‘rgatadi.
O‘quvchilarning ko‘rish qobiliyatini o‘stirish deganda biz ulardagi bir 
maqsadga qaratib yo‘naltirilgan kuzatishni tarbiyalashni: buyum va hodisalarini o‘zaro 
taqqoslash, o‘xshashlik va tafovutni aniqlash, ularning shakl va uslubiga qarab
turkumlashtirishga o‘rgatishni tushunamiz. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarining vazifasi 
jiddiy e’tibor bilan qarashga, fikrlashga, buyumlar shaklini aniq tahlil qilishga 
o‘rgatishdan iboratdir. Rang-barang tassurotlarini mulohaza qilish, kuzatishlardan 
umumlashmalar chiqarish va to‘g‘ri xulosalarga kelish natijasida o‘quvchilarning 
malaka va ko‘nikmalari rivojlanadi, ularda yangi bilimlar egallashga intilish 
uyg‘onadi. 
O‘quvchilarning ongli ko‘rish, e’tiborini takomillashtirib borish natijasida 
diqqat –e’tiborning boshqa shakllarini, ya’ni maktab yoshdagi bolalar uchun zarur 
bo‘lgan turlarni rivojlantirishga yordamlashadi. Chunki bu yoshdagi bolalarda odatda 
uyushmagan, beqaror e’tibor mavjud buladi. 
O‘quvchilar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda bajarayotgan 


29 
ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko‘nikmaga ega bo‘ldilar, o‘qituvchining 
vazifasi o‘quvchilarning mustaqil ishlariga yordam berishi, rag‘barlantirish metodi 
asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, ularni o‘z 
kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling