O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Qayta tiklanadigan energiyalarni tadqiq etishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va dasturi quyidagilardan iborat


Download 6.5 Mb.
bet4/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

Qayta tiklanadigan energiyalarni tadqiq etishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va dasturi quyidagilardan iborat.
a) bug’ trubinali quyosh elektrostansiyalarini ishlab chiqarish va ishga tushurish;
b) avtonom (iste’molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqarish;
d) quyosh nuridan foydalanib ishlovchi issiq suv ta’minoti, isitish va havoni kondensatsiyalash sistemalarini loyihalash va qurish;
e) geo IES qurish va ishga tushirish;
f) geotermal issiqlik ta’minotini loyihalash va qurish.
g) shamol energiyasi agregatlari va shamol elektr stansiyalari (ShES) ni loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish (bu borada< ijobiy natijalarga erishilgani diqqatga sazovordir).
Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv olish uchun quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanilmoqda.Hozirgi kunda mamlakatimizda bir kunda o’n ikki kub metr suvni quyosh nuri bilan isitadigan qurilmalar ishlab turubdi. Quyosh energiyasidan qishloq xo’jaligida parnik va issiqxonalarni isitish, mevalarni quritish, ilmoq yetishtirish, uylarni va pillaxonalarni isitishda, beton va temir beton buyumlarni quritishda va bug’lantirib ishlov berishda, kombinatsiyalashtirilgan barabanli quritkichda paxta va donador (bug’doy, no’xat, mosh, va h.k.) qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritishda foydalanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib qishda uylarni isitish va yoz oylari sovutish bo’yicha Respublikamiz olimlari professor R.R.Avezov rahbarligida yangi loyihalarni ishlab chiqdilar. Bunday geliouylarning xarakterli tomonlari shundan iboratki, uylar qish oylarida, havo bir necha sutka davomida bulutli bo’lib turganida ham, quyoshli kunlarda maxsus issiqlik akkumulyatorlarida topilgan energiya hisobida isitiladi, ayrim hollardagina isitish manbalaridan foydalaniladi.
Keyingi paytda tibbiyotda quyosh energiyasidan quyosh vannalari yordamida biologik to’qimalarni davolashga alohida e’tibor berilmoqda.Dozalangan quyosh radiastansiyasidan davolashda (gelioterapiyada), shuningdek, organizimni chiniqtirish vositasi sifatida foydalanadilar.
Biologik sistemadan amaliy foydalanish uchun quyosh energiyasini qayta tiklash usullarini loyihalash va uskunalar ishlab chiqarish zarur.
QT va NEM ning asosiy yo’nalishlari quyidagilar.
1. Issiqlik energiyasi. Bu energiyaning asosiy manbalaridan biri quyoshning issiqlik nurlanishi, ikkinchisi esa yer osti issiqligi.
2. Kimiyoviy energiya fotosintez mahsulotlari.
3. Mexanik energiya. Shamol, dengiz to’qinlari, dengiz ko’tarilib – tushishi, dengiz oqimi va h.k.
4. Yorug’lik energiyasi. Quyoshning yorug’lik nuri.
Hozircha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rstadiki, barcha texnik jihatdan amalga oshirish bo’lgan QT va NEM texnologiyasini quyidagi alomatlariga qarab bo’laklash mumkin.

  1. iqtisodiy jihatdan hozirdan amalga oshirish mumkin;

  2. iqtisodiy jihatdan yaqin (15 – 20) yillarda amalga oshirish imkoniyati bor;

  3. iqtisodiy jihatdan 30 – 40 yillarda amalga oshirish mumkin;

  4. iqtisodiy jihatdan foydalana olish muammo yoki uzoq ( 40 – 50) yillardan so’ng mumkin.

Keyingi yuz yil ichida insoniyat energetika boyliklari ehtiyojini misli ko’rilmagan darajada darajada ko’paytirdi, bu esa unga tabiatga jiddiy va oqibatlari uzoqqa jo’ziladigan ta’sir o’tkazish imkonini berdi. Fan-texnika taraqqiyoti davrida bu ko’rsatkichlar yana o’sib boradi. Rivojlanga mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda ikki barobarga oshmoqda. Shunga muvofiq ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni ekologiyasini buzuvchi xo’jalik faoliyati chiqindilari miqdori ham ikki barobar ko’paymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jonboshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shunday ayrim hollarda 1-1,5 foizgayetar-yetmasi iste’mol qilinadigan mhsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun juda xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi.
Energetika muammosi jahonda global muammo sifatida energiya manbalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish hamda energetika tizimida muqobil, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish, energiya ta’minoti uzluksizligi va sifatini yuqori pog’onaga ko’tarishga xizmat qilishi lozim. Yer yuzida energiya tanqisligini oldini olish maqsadida hamda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida energiyaning boshqa manbalari: yer osti issiqlik energiyasi, shamol va quyosh energiasidan foydalanilmoqda. Ayni paytda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar va amaliy ishlar olib borilmoqda. Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, oziq-ovqat, atrof-muhit muhofazasi va energetic muammolar uyg’unlashib borayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitni asrab-avaylash, energiya manbalaridan oqilona foydalanishni talab qiladi.
Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg’ilar organic yoqilg’ilar asosan organik yoqil’gilar hisoblangan–ko’mir, neft, tabiiy gaz va uran zahirasi dunyo energetikasi balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarning hozirgi darajada iste’mol qilishda dunyodagi neft’ zahirasi - 45–50 yilga, tabiiy gaz - 70–75 yilga, toshko’mir - 165–170 yilga etishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholi sonining o’sishi va mavjud an’anaviy energiya ta’minoti hisobga olinsa, energiya ta’minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg’ilarning ishlatilishi atrof-mihitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli moddalard miqdori 80 foizdan ko’proqqa to’g’ri keladi.
Bu tur energiya manbalaridan foydalanishning o’ziga xos qulay va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan -bu turdagi energiya manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo’lib, u vaqt o’tishi bilan kamayib boradi. Ikkinchidan –bu turdagi energiya manbalaridan foydalanish natijasida atrof-mihitga turli chiqindilar chiqarib tashlanadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg’I ishlatish miqdori dunyo bo’yicha 12 milliard tonna neft’ ekvivalentiga teng. Demak, dunyo miqyosida har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg’i to’g’ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda, so’ngi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqil’gidan ham ko’p yoqilg’i iste’mol uchun o’zlashtirilgan. Bu esa ularning zahirasini juda tez kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 2050 yilga borib aholi soning 9-10 mlrd kishiga etishi energiyaga bo’lgan ehtiyojini 3 barobarga ortishiga olib keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, har yili tabiiy yoqilg’ilarning ishlatilishi natijasida atmosferaga 200 mln. tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, 200 mln. tonna oltingugurt gazi, 700 mln. tonna uglerod oksidlari, 150 mln. tonna azot oksidlari chiqarib tashlanmoqda. Buning natijasida tabiatda turli xildagi iqlim o’zgarishlari sodir bo’lishiga olib kelmoqda.
Yer yuzida hozirgi vaqtda aholi foydalanib turilgan energetic manbalarni tahlili ko’rsatishicha, toshko’mir, 51,1 foizni, gaz 13,5 foizni, neft mahsulotlari 12,5 foizni, atom elektrostansiyalarda foydalaniladigan uran energiyasi 10,7 foizni, muqobil energiya manbalari (MEM) 13,2 foizni tashkil qilar ekan.
Umuman tabiatda foydalaniladigan energiya manbalarini ikki gurujga ajratish mumkin. Muqobil energiya manbalari qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalariga ajratiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga quyosh, shamol, oqar suv manbalaridan foydalanish, okean va dengiz suvlarining ko’tarilish va pasayish energiyasi, geotermal energiya, biogaz va maishiy chiqindilardan gaz olish kabilar kiritiladi (1.1-chizma).
Mamlakatimizda bugungi kunda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish birmuncha tajribalar o’tkazilib, amaliy natijalarga erishilgan. Energiya manbalrining muqobili bo’lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar –fotoeletr qurilmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan sohani rivojlantirish uchun asos bo’ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqishlishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz hududidagi qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ulushi 50984,6 mln.t. n.e. deb olinadigan bo’lsa, suv energiyasi 9,2, quyosh energiyasi 50973, shamol energiyasi 2,2 mln.t. n.e.ga teng.


Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling