O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 6.5 Mb.
|
Muqobil majmua 2023 yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari
- Tabiiy gaz.
1.1-chizma:Tabiatdagi energiya turlari
O’zbekistonda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga oshiriladigan hamda ilmiy tajribalar to’plangan. Ayniqsa quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh energiyasining yillik salohiyati neft’ ekvivalentida51 milliard tonnadan oshadi. Bu quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish, issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva-poliz mahsulotlarni quritish va saqlash, sho’r va minerallashgan suvlarni chuchitish, yer ostidan suv chiqarish va boshqa ko’plab maqsadlarda keng foydalanish imkonini beradi. 1.1. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari O’zbekistonda 225 ta neft’ va gaz konlari ma’lum. Ulardan: neft’ - 51 takondan qazib olinadi, gaz- 27 tasidan, 17 ta kondan esa kondensat qazib olinadi. O’zbekiston mutaxassislarining bahosiga ko’ra, ko’mir resurslarining tahliliy ko’rsatkichi 3 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil qiladi. Ko’mirning sanoat zahirasi 1,9 mlrd. t.ni tashkil etadi, shu jumladan: qo’ng’ir ko’mir- 1853 mln. t, toshko’mir- 47 mln.t. Ko’mirning bashorat resurslari 5,76 mlrd. tonnani, shundan, 70 foizini qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi.Ko’p miqdordagi toshko’mir zahirasi respublikaning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. O’zbekiston uran zahirasi bo’yicha dunyoning 10 ta mamlakatlari orasida birinchilaridan hisoblanadi zarur ishlab chiqarish texnologiyalari va quvvatlariga ega. Uran ishlab chiqarish O’zbekistonda bugun dunyo ishlab chiqarish hajmining 7 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakatdagi ma’lum qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalari: gidroenergiyani qo’shganda, quyosh energiyasi, geotermal, shamol va biomassaga ega bo’lsa ham qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan hozircha etarlicha foydalanilmayapti. Hozirgi madaniy rivojlanish davrida, istalgan mamlakatda iqtisodiy o’sish yoqilg’i-energetika komleksining faoliyati mustahkam bog’langan. Bunda energiya resurslarini maksimal hajmda va yuqori darajada samaradorlik bilan foydalanayotgan mamlakatlar ko’proq raqobatbardosh bo’ladilar. Jumladan, Rossiya, shunga o’xshash yana ko’p darajadagi sanoati rivojlangan jahon mamlakatlarining ham iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan uglevodorod yoqilg’i energetika resurslariga tayanadi. Tabiiy gaz. Barcha ishlab chiqarishshakllaridagi boshlang’ich energiyaning 85 foizi–tabiiy gazga to’g’ri keladi. Uni ishlab chiqarish 1990 yildan 2004 yilgacha 1,45 marta ko’paygan, yiliga 38,1 dan 55,8 mlrd. m3. 2005 yil yakuniga ko’ra, u 60 mlrd. m3tashkil etgan. Uncha ko’p bo’lmagan, chiqarib olinadigan siqilgan tabiiy gaz (siqilgan gaz, propan-butan) va propilen ishlab chiqarishda foydalaniladi. Rasmiy stastika ma’lumotlariga ko’ra, 2005 yilda uglerodli siqilgan gaz ishlab chiqarish 8 foizga ko’paygan va 200 ming tonnage yaqinni tashkil etgan. Tabiiy gaz Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga eksport qilinadi. O’zbekistonda yillik tabiiy gaz iste’moli ko’zda tutilgan2020 yilga qadar 32 mlrd. m3 gachaenergiya tejamkorligiga erishish dasturi ishlab chiqilgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling