O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 6.5 Mb.
|
Muqobil majmua 2023 yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
2-MAVZU: MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING TURLARI.
Reja: Muqobil energiya manbalari. Energiya manbalari turlari. Qayta tiklanadigan energiyalarni tadqiq etishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va dasturi. Tabiatdagi energiya turlari. Kalit so’zlar:geotermal energiya,potensial imkoniyat, ekologiya, QT va NEM,fotoelektr,avtonom qurilma, ko’mir, neft, tabiiy gaz, organic yoqilg’i, propilen, uglerodli siqilgan gaz. Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4512-sonli «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni 2013 yil 1 mart. 2. Lyashkov V.I., Kuzmin S.N. Netraditsionnыe i voznoblyaemыe istochniki energii. – Tambov: Izd-vo TGTU, 2003. -96 s. 3. Muxitdinov M., Ergashev S.F., Isakulov J.I. Quyosh energiyasidan foydalanish. Toshkent. DTM. 1999. -107 b. 4. Xayriddinov B., Sodiqov T., Nuriddinov B. O‘rta maktabda geliotexnika elementlari. –T.: Fan, 1995. 192 b. 5. SHodimetov K. Muqobil energiya turlari-hayotga! T.: SHarq NMAK, 2011. 88 b. 6. Qahhorov C.Q., Samiev K.A., Jo‘raev H.O. Quyosh qurilmalaridagi jarayonlarni modellashtirish. T.: ITA-Press, 2014. – 208 b. 7. Qahhorov S.Q., Jo’rayev H.O. Fizika ta’limida geliotexnologiya. T.: Fan, 2009. -191 b. Hozirgi kunda iste’mol qilinayotgan energiyaning 80 foizi tabiiy yoqilg’ilar deb ataluvchi ko’mir, neft, gazlarni yoqish natijasida olinmoqda. Tabiiy yoqilg’ilar yana bir necha o’n yil asosiy energiya manbai bo’lib qoladi. Keyin esa energiya olishning boshqa yo’llarini topishga to’g’ri keladi. Tabiiy yoqilg’ilardan tashqari energiya olishning yana bir manba – bu gidroelektrostansiyalardir. Ammo bunday gidrostansiyalar qurish uchun ko’plab gektar o’rmonlardan, yaylov va hosildor erlardan voz kechishga to’g’ri keladi. Gidrostansiyalarning sun’iy dengizlari bu yerlarni o’z suvi bilan bosib ketadi.Bu sun’iy dengizlar atrofidagi yerlar yer ostining sho’r suvlari ko’tarilishi natijasida yaroqsiz holga keladi. Uchunchi energiya manbai, atom elektr stansiyalaridir.Ammo bu stansiyalarning naqadar xavfli ekanligini Chernobil Atom elektrostansiyalarida bo’lgan falokat yaqqol ko’rsatdi. Ammo hayot doim o’sishda. Xalq xo’jaligining energiyaga bo’lgan ehtiyoi tobora o’sib boraveradi va isoniyat energiya hosil qilishning yangi – yangi yo’nalishlarini qidirib topishga majbur. Birinchidan, ko’plab tadqiqotchi olimlarning diqqat e’tibori hozir noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari deb ataluvchi – quyosh, shamol, geothermal, dengiz suvining ko’tarilishi kabi energiyalardan foydalanish muammolariga qaratilgan. Ma’lumki, issiqlik ajratish xususiyati 2,93. 104 kj/kg yoki 3 107 j/kg bo’lgan yoqilg’i shartli yoqilg’i deyiladi. Berilgan yoqilg’ini shartli yoqilg’iga aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg’ini berilgan yoqilg’iga aylantirib hisoblashda kaloriya ekvivalenti deyiladigan kattalikdan foydalaniladi. E = Qiq / 29300 Bu yerda Qiq - yoqilgining quyi issiqlik ajratish xususiyati. Bu turdagi energiyalarning xalq xo’jaligiga qo’shayotgan hissasi kam bo’lsa –da, ammo hozirgi paytda shunday qiziqarli loyihalash ishlari bajarildiki, bu loyihalar amalda qo’llanilsa, energiya olish va foydalanishni tubdan o’zgartirib yuborilishiga imkoniyat yaratiladi. Ikkinchidan, yangi yoqilg’i bazalarining shimoliy – sharq tomonga siljishi, geologik tadqiqot ishlarining murakkablashgani, iqlim sharoyiti og’irligi, yoqilg’i qazib chaqarilayotgan manbalardagi sharoyitning qiyinligi, moddiy texnika ta’minotining yetarli emasligi energetika yoqilg’i xomashyalarini qazib olishni noqulaylashtiradi. Natijada, yoqilg’i energetika xomashyasining tannarxi oshmoqda. Uchunchi muammo: xalq xo’jaligida yoqilg’i miqdorining kam bo’lgan turi – neft va gazning kop miqdorda ishlatilayotganidir. Ularning yoqilg’i – energetika balansidagi miqdori 70 foizga yetdi. To’rtinchi muammo: ko’mirning energetik ahamiyati va sifatining yomonlashuvi. Bu muammo kelajakda past navli yoqilg’i ko’proq ishlatilgani sari murakkablashib boraveradi. Beshinchi muammo energiya iste’moli oshishi natijasida atrof – muhitning ifloslanish darajasining oshishi. Mana shu kabi muammolarni an’anaviy energiya manbalarini keng rivojlantirishga undaydi.Potensial imkoniyatning yuqoriligi, manba bitmas – tuganmas ekanligi, ekologik sofligi, foydalanish masshtabi qanchalik keng bo’lmasin, sayyoraning yog’ilgi balansiga salbiy ta’sir etmasligi uni o’zlashtirishga qiziqishni oshirmoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ko’plab texnologiyalar taklif etilganki, ularni bemalol amalga oshirish mumkin. Ammo, qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalari (QT va NEM) ning rad qilib bo’lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida tarqoq ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf – xarajat ham ortib tushadi. Shu sababli, hozircha QT va NEM an’anaviy energiya manbalaridan foydalanish odatdagi energiya manbalaridan foydalanish bilan raqobatlasha olmaydi. Shunga qaramay, ba’zi ilmiy texnikaviy yechimlarni hozirdanoq amalda qo’llash orqali erishilgan yutuqlar ko’rsatadiki, ular yaqin yillardayoq iqtisodiy o’z – o’zini oqlaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalari (QT va NEM) dan foydalanish natijasida 2020 – yilga kelib 2,6 mlrd, tonna shartli yoqilg’ini tejash mumkin. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling