O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 6.5 Mb.
bet55/83
Sana06.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1752035
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
Muqobil majmua 2023 yil

Energiya tejamkor lampalar. Energiya iste’molining o‘sishi va uning oxirgi o‘n yilda jiddiy ravishda qimmatlashishi, issiqxona gazlari, shu jumladan, elektr stansiyalar ishlab chiqarayotgan chiqindisini kamaytirish, mamlakatlar hukumatlarni energiya samaradorligini oshirishni o‘ylashga majbur etmoqda. Bunday echimlardan biri ommaviy ravishda cho‘g‘lanadigan lampalardan voz kechish bo‘ldi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida 2012 yilga qadar, Rossiyada 2014 yilgacha cho‘g‘lanadigan lampalar aylanmasi ta’qiqlanmoqda. Lekin o‘rniga kelgan lyuminessent lampalar, «Ilich lampochkalari» o‘rniga muqobil bo‘lishdan ancha uzoq bo‘ldi. Dunyoda hali ancha qimmat bo‘lsa ham, lekin samaraliroq va xavfsiz yoritish manbasi bo‘lgan svetodiodli yoritgichga ko‘proq e’tibor qaratmoqdalar.
CHo‘g‘lanadigan lampalarning yutug‘i uncha katta emas, cho‘g‘lanishiga kam vaqt ketadi, zaharli komponentlar mavjud emas, uni to‘plash va qayta ishlash (utilizatsiya) uchun maxsus infrastruktura kerak emas. Faqat shisha buyumlar bilan birga qo‘shib qayta ishlash cheklanganligidir. Lekin bu lampaning kamchiliklari juda ko‘p. Birinchidan, yorug‘lik berishi darajasi past, kunning yorug‘ligicha yoritolmaydi, sariq rangga xos yorug‘lik beradi. Buning foydali koeffitsenti 5 foiz ortmaydi, ko‘z bilan barcha yorug‘ligini ilg‘ab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, u uzoq vaqt xizmat qilmaydi, ertami yoki kechmi volfram ipi kuyadi. Ko‘pi bilan 3–4 oy foydalanish mumkin. Uzoq vaqt yaroqlik bo‘lmasligiga qayta-qayta o‘chirib-yoqish, tarmoq kuchlanishdagi tez-tez o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. SHisha kolbasining arzimas shikastlanishi uni foydalanishga yaroqsiz qiladi. Uchinchidan yong‘inga xavfli. YOqilganidan 30 minutdan so‘ng, tashqi yuzasida quvvatiga qarab, 1450 S gradusdan 3300 S gradusgacha issiqlik hosil qiladi. Agar 60 Vt. quvvatli lampaning yuzasiga somon tegib qolsa, taxminan bir soat atrofida alanga oladi.
SHunga qaramay, ko‘p mamlakatlarda cho‘g‘lanadigan lampalarga muqobili bo‘lmaganligi sababli energiya iste’moli yuqori bo‘lsada, almashtirishning iloji bo‘lmagach foydalanib kelinmoqda. Ayrim mukammallashtirilgan varianti galogen lampalar, deyarli oddiy lampadan farq qilmaydi. Faqat kolbasiga galogen yoki bug‘langan yod va brom imkoniyatlari to‘ldirilgan. U volfram iplarini tez buzilib ketmasligi uchun yordam berib, uning ishlash muddatini ikki-to‘rt barobar uzaytiradi.
Zamonaviy lyuminessent lampalar xalqimizga ko‘proq energiyani tejovchi sifatida tanish. Bu cho‘g‘lanadigan lampalardan farqli, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulab bo‘lmaydi. Uning yonish yoki oldindan elektrod yordamida qizitib olishni va yuqori kuchlanishli impulsni talab etadi. YOnganidan so‘ng, tokning darajasi ko‘p qirrada ko‘tariladi. SHuning uchun lyuminessent lampalar maxsus qurilma – ballast (kondensator) bilan ta’minlandi.
Lyuminessent lampalarning eng muhim yutug‘i — ma’lum darajada ko‘proq yorug‘lik sochishi, ishlash muddati ancha uzoq va energiya iste’moli kamroq. Masalan, 23 Vtli lyuminessent lampa, 100 VTli cho‘g‘lanadigan lampadek xonani yorita oladi. Xizmat ko‘rsatish muddati 20 ming soatgacha bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga uning narxi, 2–4 marotaba qimmat. Lekin yarim yil ichida o‘zini oqlaydi. Uch xonali kvartiradagi yorug‘lik manbalari energiya tejamkor ushbu lampalar bilan almashtirilsa, 100 kVt soat oyiga yoki bugungi tarif bo‘yicha 7680 so‘m (yiliga 92160 so‘m) iqtisod qilinadi.
Lekin iqtisod qilishi va uzoq ishlashidan tashqari, qator kamchiligi mavjud. Birinchi va asosiysi – ekologik xavfliligi. Har bir lampaning tarkibida 3–5 mg konsentratsiyali yoki aralashma holdagi simob mavjud (shuni eslatish lozim, aholi yashaydigan punktda havoda 0,0003 mg/kv.m dan oshmasligi kerak). Bu lampaning utilizatsiyasi alohida e’tiborni talab qiladi, hozircha MDHda sanoqli ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi kompaniyalargina bu borada ish olib bormoqda.
Ikkinchi kamchiligi — kichik chastotali shovqinli, shuningdek, uzoq ishga tushishi (1 sekundan 3 sekundgacha).
Lyuminessent lampalar katta darajada bo‘lmasa ham cho‘g‘lanadigan lampaga nisbatan taqqoslanganda iqtisod qilgan holda, qator kamchiliklarga ega, ya’ni, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatib, cho‘g‘lanadigan lampalarni eng yaxshi almashtiruvchisi emas.
Ko‘p mamlakatlar ommaviy tarzda svetodiod (liht emissioh diode. LED-texnologiya) yordamida yoritgichlarga o‘tish haqida o‘ylashmoqda. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, yorug‘lik ipda yoki gazlar bilan emas, aksincha tok o‘tayotgan kristallarda nurlanadi.
Uning ijobiy tomoni — svetodiodlarning ixchamligi (tarmoqqa ulash uchun qo‘shimcha uskuna kerak emas, eng murakkab joylarga ham joylashtirish mumkin), ekologik xavfsiz (utilizatsiya qilish uchun infrastruktura talab etmaydi). Undan tashqari, yuqori foydali koeffitsentga ega, mexanik mustahkam, spirali bo‘lmagani uchun tebranishga va boshqa sezilarli ta’sirlarga ham chidamli, deyarli qizimaydi, shuning uchun yong‘inga minimal xavfli.
Svetodiodlarning ijobiy tavsifi uning xizmat qilish muddati (yuqori bo‘lmagan kuchlanish holatida 100 ming soat, ya’ni avariya holatidagi yoritishdan tashqari) hisoblanadi. Lekin uzoq foydalanilishi tufayli yoki yarim o‘tkazgich vazifasini bajaruvchi kristallarning etarli sovutilmasligidan yoritishi sifati susayib boradi. Svetodiod yuqori kuchlanish talab qilmaydi, shuningdek, ancha kam elektr energiya (cho‘g‘lanadigan lampalarning yorug‘lik effektini hosil qiladigan 10 foiz miqdorini) iste’mol qilishini hisobga olib, uni aniq cho‘g‘lanadigan lampaning noan’anaviy(muqobili) shakli deb atash mumkin.
Undan turmushda keng foydalanishga to‘siq bo‘lishning jiddiy sababi, narxining qimmatligidir. Olimlarning fikricha, boshqa yorug‘lik manbalari amalda o‘zining maksimal imkoniyatlarini ko‘rsatib bo‘lgan bo‘lsa-da, svetodoid o‘zining 10 foiz imkoniyatida namoyon qilgan.
SHunday qilib, energiyaga tejamkor yoritgichlar yaqin vaqtda yangi sifatga o‘zgarishi mumkin.
13-MAVZU: MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Reja:

  1. Qayta tiklanadigan energiya manbasi.

  2. Ekologik foyda.

  3. Biomassa va biogazning ekologik foydali tomoni.

Kalit so’zlar: neft, tabiiy gaz, ko’mir, atrof-muhit, anaerob fermentlanish, samaradorlik, uglerod-azot,issiqxona gazi, ekologiya.



Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling