O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 6.5 Mb.
|
Muqobil majmua 2023 yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
8-AMALIY MASHG’ULOT
SUV ENERGIYASIDAN FOYDALANISH Reja: Suv energiyasidan foydalanish. Gidravlik energiya. GES qurilishi tarixi. Gidro akkumulyastiyalovchi elektr stanstiya. Kalit so’zlar: gidravlik energiya, mexanik energiya, gidro-energetika, gidrotrubinalar, GES, turbine parrag, gidroagregat, kinetic energiya, zahira generatorlar,nasos, IES, gidroagregat. Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4512-sonli «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni 2013 yil 1 mart. 2. Lyashkov V.I., Kuzmin S.N. Netraditsionnыe i voznoblyaemыe istochniki energii. – Tambov: Izd-vo TGTU, 2003. -96 s. 3. Muxitdinov M., Ergashev S.F., Isakulov J.I. Quyosh energiyasidan foydalanish. Toshkent. DTM. 1999. -107 b. 4. Xayriddinov B., Sodiqov T., Nuriddinov B. O‘rta maktabda geliotexnika elementlari. –T.: Fan, 1995. 192 b 5. SHodimetov K. Muqobil energiya turlari-hayotga! T.: SHarq NMAK, 2011. 88 b. 6. Qahhorov C.Q., Samiev K.A., Jo‘raev H.O. Quyosh qurilmalaridagi jarayonlarni modellashtirish. T.: ITA-Press, 2014. – 208 b. 7. Qahhorov S.Q., Jo’rayev H.O. Fizika ta’limida geliotexnologiya. T.: Fan, 2009. -191 b. Gidravlik energiya – harakat qilayotgan suv massasi oqimi hosil qilgan «suv bosimi» energiyasidir. Insoniyat suv energiyasini ishlatganda, aksariyat, pastga tushayotgan suv bosimidan foydalaniladi. Buning uchun XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan o’tmishda, harakatdagi suv energiyasini, qurilma valini aylantiruvchi mexanik energiyaga o’zgartiruvchi suv g’ildigidan foydalanilgan. Keyinroq, undan tezkor va samarali bo’lgan gidro turbina paydo bo’ldi. XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrda aylanuvchi val energiyasidan masalan, faqat suv tegirmonlarida donni unga aylantirish va temirchilik bolg’asini harakatga keltirish uchun foydalanilgan. Suv bosimi energiyasini hosil qilish uchun, aksariyat daryolarning quyi oqimida, suv to’g’onlaridan foydalanadilar. 1913 yilda O’zbekiston hududida joylashgan dizel elektr stanstiyalar umumiy quvvati 3000 kWt bo’lib, o’sha davrda ishlab turgan paxtani tozalash korxonalari uchun 3 million kWt·s elektr energiya ishlab chiqarilgan. Yurtimizda birinchi gidro elektr stanstiya 1926 yil 1 may oyida quvvati 4000 kWt bo’lgan Bo’zsuv GESi qurib ishga tushirildi. 1940 yilgacha bo’lgan davrda Qodiriya (13600 kWt), Bo’rjar (6400 kWt), Tovoqsoy (birinchi navbati) GESlari ishga tushirildi. I Jahon urushi davrida dushman bosib olingan hududlardan O’zbekistonga evakuastiya qilingan korxonalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Oqtepa (1943, 15 MWt), Qibray (1943, 11, 2 MWt), Salar (1944, 11,2 MWt), 1Oqqovoq (1943, 26,1 MWt) GESlari ishga tushirildi. Farxod GESi qurila boshlandi. Urishdan keyingi davrda Namangan GES lar kaskadi (1,2+2, 1+2, 4+2,4) MWt li, Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi kabi o’sha davrning yirik gidroenergetika tizimlari bunyod etildi. Respublikamizda gaz zahiralari aniqlangandan so’nggi 1960-80 yillarda xalq xo’jaligini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Angren (600 MWt), Toshkent (1920 MWt) Navoi (830 MWt), Sirdaryo (3000 MWt), issiqlik elektr stanstiyalari va Farg’ona issiqlik elektr markazi (230 MWt) qurildi. O’zbekistonda 2017 yilga kelib amalda elektr energiya ishlab chiqaruvchi GES lar umumiy o’rnatilgan quvvati 1611 MVt ni va bir yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya miqdori 7,93 mlrd kVt·s ni tashkil etdi; bu miqdor umumiy ishlab chiqilga elektr energiyaning 13,06 % ni tashkil etadi. Chirchiq-Bo’zsuv GESlari tashkiliy tuzilmasiga ko’ra besh GES lar kaskadidan iborat: O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi (o’rnatilgan quvvati 885 MVt), Chirchiq (190,7 MVt), Qodiriya (44,6 MVt), Toshkent (29 MVt) va Quyi-Bo’zsuv GES lar kaskadi (50,9 MVt). Chirchiq-Bo’zsuv GES kaskadlarining umumiy quvvati - 1200,2 MVt, o’rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi - 4,67 mlrd.kVt·s ni tashkil etadi. O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi Chirchiq daryosida joylashgan bo’lib, qolgan GES lar Chirchiq daryosining o’zanlarida, derivastion (suvni GES turbinasiga olib keluvchi) kanalli va Bo’zsuv (Bo’zsuv GES lar kaskadining ba’zi GES lari joylashgan hudud mustaqil kanal, deb qaralishi mumkin) kanalida joylashgan. Kaskadning yuqori pog’onasi - quvvati kaskadlar quvvatining yarmini tashkil etuvchi (600 MVt) Chorbog’ GES idir. Stanstiyaning baland to’kma (beton va shag’alli) to’g’oni mavjud bщlib, daryo oqimidagi kaskadlarni rostlash va qishloq xo’jaligi sug’orish ishlarini boshqarish uchun yirik Chorbog’ suv omborini hosil qilgan. GES ning quyi oqimida to’kma to’g’on turidagi Xojikent va G’azalkent stanstiyalari joylashgan bo’lib, ular elektr energiya ishlab chiqarish bilan birga, quvvatli Chorbog’ GESi «tashlagan» suvni «tekislash» vazifasini ham bajaradilar. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling