O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Lug„at ishining metod va usullari


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

Lug„at ishining metod va usullari. Lug‗atni boyitish metodlari: atrof-olamni 
bevosita kuzatish; mazmuni bolalarga notanish bo‗lgan yoki juda kam tanish 
bo‗lgan suratlarni ko‗rsatish; badiiy asarlarni o‗qish, diafilmlar va kinofilmlar 
(ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar) ko‗rsatish. Lug‗atni mustahkamlash va 
faollashtirish: bolalarga tanish mazmundagi o‗yinchoqlarni, suratlarni ko‗rib 
chiqish, didaktik o‗yinlar.Har bir bolaning leksik zahirasini to‗ldirish uni atrof-
olam bilan tanishtirish jarayonida ro‗y beradi: so‗z bolaning o‗zi belgilagan (nusxa 
ko‗chirgan) narsa yoki harakatni tasavvur qilishi bilan bir vaqtga xotiraga kiradi. 
Rolli o‗yinda bola o‗zi kuzatgan yoki hikoyalar orqali bilgan va esda saqlab qolgan 
kattalarning turli vaziyatlarini takrorlaydi. Bola kattalarning ana shunday 
vaziyatlardagi harakatidan va shu bilan birga ularning nutqidan ko‗chirma oladi. 
«Rejissyorlik» o‗yinida bola o‗ziga rol olmaydi, aksincha u ushbu syujetda rollarni 
o‗yinchoqlar o‗rtasida taqsimlaydi; syujetlar – bolalar bog‗chasi, hayvonot bog‗i 


38 
va boshq. Tarbiyachi bolaning mavjud hayotiy tajribasini hisobga olgan holda 
aytib, yordamlashib turadi. Sahnalashtirish o‗yinida bola o‗ziga tanish ertak 
qahramonlaridan biri rolini o‗ynaydi, o‗yin jarayonida u qahramon so‗zlarini 
takrorlaydi va shu tariqa o‗z nutqini boyitadi. 
Bolalarda lug„atni shakllantirishga doir mashg„ulotlar turlari 
Lug‗at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg‗ulotlar tizimi orqali 
amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‗rinishdagi mashg‗ulotlardan tashkil topadi: 
Lug‗at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar 
doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg‗ulotlar 
(ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.); Lug‗at ishlari bolalarning 
atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan 
mashg‗ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‗ziga xos jihatlari bilan tanishtirish); 
Umumlashtirishlar jarayonida lug‗at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni 
shakllantirishdan 
iborat 
bo‗lgan 
mashg‗ulotlar. 
Nutqiy 
va 
Lug‗atni 
rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, 
tasavvur qilish, fikrlash). Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‗zlagan 
holda tashkil etilishi, bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida 
ko‗rgazmaviylikning mavjudligidir. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling