O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. O‗yin faoliyatiga ta‘rif bering. 
2. O‗yin turlari va ularning o‗ziga xos xususiyatlarini yoritib bering. 
3. Bolalar o‗yinchoqlariga qo‗yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat? 
4. Maktabgacha ta‘lim tizimida o‗yin texnologiyasining maqsad va vazifalari 
nimalardan iborat? 
5. Interfaol o‗yinlarning o‗ziga xos tomonlarini ayting? 
6. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘limiy o‗yinlar va 


43 
ularning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? 
7. Lug‗atni boyitish uchun yordam beradigan ta‘limiy o‗yinlarning turlarini 
bilasizmi? 
8. Ko‗rgazmali materiallar bilan o‗ynaladigan ta‘limiy o‗yinlarni aytib bering. 
9. Qoidali-harakatli o‗yinlar asosini qanday harakatlar tizimi egallaydi? 
7-mavzu: Tovushlarning to„g„ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar 
mazmuni. 
Reja: 
1. Maktabgacha 
ta`lim 
tashkilotlarida 
nutqning 
tovush 
madaniyatini 
tarbiyalash. 
2.MTTda talaffuzga o‗rgatishning asosiy bosqichlari 
3.Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli organlarning ahamiyati. 
4.Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish 
Tayanch tushncha va iboralar: grammatik ko‗nikmalar, nutq shakllari, 
tarbiyachi, maktabgacha ta‘lim tashkiloti va oila, nutq ko‗nikmalari, tarbiyachi 
vazifasi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash 
ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to‗g‗ri talaffuz qilish, so‗zlar va 
iboralarni aniq talaffuz qilish, to‗g‗ri nutqiy nafas olish, shuningdek ovoz kuchidan 
yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur‘ati va 
ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg‗ular, 
nutq sur‘ati, ritmi va tembri) ni shakllantirishni o‗z ichiga oladi. Nutqning tovush 
madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi 
va rivojlanadi. Bolalarda to‗g‗ri va yaxshi jaranglaydigan nutqni rivojlantirar ekan, 
tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
-bolalarda tinglash qobiliyatini tarbiyalash, uning komponentlarini, ya‘ni: tinglash 
e‘tibori (biron-bir tovushni jaranglashiga qarab qanday tovush ekanligini va uning 
yo‗nalishini aniqlay olish), fonematik tinglash, mazkur nutq sur‘ati va ritmini 
qabul qila olish qobiliyatlarini asta-sekin rivojlantirib borish;
- artikulyatsiya apparatini rivojlantirish;
- nutqiy nafas olish ustida ishlash, ya‘ni iboralar bilan erkin so‗zlay olish uchun 
qisqa nafas olish va davomli nafas chiqarishni o‗rgatish; 
- muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda ovoz balandligini boshqarish 
qobiliyatini tarbiyalash; 
- ona tilining barcha tovushlarini to‗g‗ri talaffuz qilishni shakllantirish;


44 
- har bir tovushni, shuningdek so‗zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz 
qilishga, umuman yaxshi talaffuzga odatlanish; 
- so‗zlarni o‗zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari me‘yorlariga mos holda 
talaffuz qilishni rivojlantirish;
- normal nutq sur‘atini shakllantirish, ya‘ni so‗zlar va iboralarni nutqni 
tezlashtirmay va sekinlashtirmay sekinlik bilan hamda shu bilan birga tinglovchiga 
aniq tushunish imkoniyatini yaratgan holda talaffuz qilishni o‗rgatish; 
- nutqning ohangiy ifodaliligini tarbiyalash, ya‘ni fikrlar, hissiyotlar va kayfiyatni 
mantiqiy pauza, urg‗u, ohang, sur‘at, ritm va tembr yordamida aniq ifodalash 
qobiliyatini shakllantirish. Tarbiyachi nutqdagi kamchiliklarni o‗z vaqtida aniqlash 
va uni mutaxassisga yuborishdan oldin bunday nuqsonlar haqida yetarli tasavvurga 
ega bo‗lishi lozim. Endi har bir vazifani batafsil ko‗rib chiqamiz. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling