O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Ota-onalar bilan treninglar o„tkazish usullari


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

3.Ota-onalar bilan treninglar o„tkazish usullari. Maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savol 
nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan o‗tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab 
yoshidagi 6–7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalarning 
ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‗ulotlar farzandlarining nimaga qodir 
ekanligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga 


124 
tayyorlashda oila a‘zolarining mas‘uliyati oshardi. Ta‘lim tashkilotlarida ota-onalar 
va tarbiyachilar bilan o‗tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk 
bosqichiga qadam qo‗yishlarini silliqlik bilan o‗tishida yordam beradi hamda 
sog‗lom bola va mustahkam sog‗lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi. 
Treninglar maktabgacha ta‘lim tashkiloti uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruh 
tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‗ich sinf 
o‗qituvchilari ishtirokida o‗tkazilishi bola rivojlanishida to‗g‗ri tashxis qo‗yishga 
yordam beradi. Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‗ladi. 
Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta‘lim boshlanib, u bolangizni har 
tomonlama sog‗lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga yetishida zamin yaratish 
bosqichlariga aylanadi» deb murojaat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini 
qo‗yar ekan sizning bolangiz hayotida o‗chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, 
deb savolnomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi. 
1. Sizning bolangizda maktabda o‗qishga moyillik bormi?.......... 
2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oiladan oladimi?.......... 
3. Maktabda muvaffaqiyatli o‗qib ketishi uchun nima zarur?......... 
4. 
Jismoniy 
sog‗lom 
bo‗lishi 
uchun 
nimalarga 
e‘tibor 
qaratilishi 
lozim?......................... 
5. Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta‘lim tashkilotidan so‗ng maktab 
sharoitiga moslashishi uchun nimalarga e‘tibor qaratar edingiz?........................... 
6. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari va maktab ta‘limi o‗rtasidagi farqlarni bolangiz 
ongiga singdira olasizmi?............... 
7. Maktab hayotidagi qonun-qoidalarni bilishi va unga amal qilishiga yordam bera 
olasizmi?...................... 
8. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridan qanday talab va istaklaringiz bor? 
kabi savollarga javoblar olingandan so‗ng munozarani olib borish uchun ota-
onalarga topshiriqlar beriladi:
– ota-onalarning maktab bo‗sag‗asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini 
aniqlash, 
– maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-onalarni qiziqtirgan 
kitoblarning mavjudligi, 
– bolani sog‗lom muhitda tengdoshlari bilan o‗rtoqlashishga ko‗maklashishi. 
– o‗qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish. 
– bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash. 
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‗zaro munozara qilganlaridan so‗ng ularning 
fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari 
tarbiyachilari va boshlang‗ich ta‘lim o‗qituvchilariga bolalarni maktab ta‘limiga 
tayyorlashda ularni sog‗lomligiga katta e‘tibor qaratish, jismonan va aqlan 
rivojlantirish mas‘uliyatini yuklash, tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish 


125 
vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta‘limning keyingi turi - 
boshlang‗ich sinflarda muvaffaqiyatli ta‘lim olishga yo‗naltiriladi. Xususan, 
mustahkam oilada sog‗lom bola tarbiyasi bolalarni ma‘rifatli, ishbilarmon, 
tadbirkor, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‗tishning ma‘naviy-axloqiy 
asoslarini to‗g‗ri tushuna oladigan, halol, to‗g‗ri, birovlar haqqiga xiyonat 
qilmaydigan, xayr-ehson, saxovat va muruvvat kabi fazilatlarning asl ma‘nosini 
yaxshi anglaydigan jamiyat a‘zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlari va ota-ona avvalo, o‗zi, qolaversa, farzandlarini ham o‗rgatib 
bormog‗i, har biri o‗z mas‘uliyatini anglab yetmog‗i, ota-ona va tarbiyachi farzand 
tarbiyasida mohirona bo‗lishi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi. 
Ota-onalarga topshiriq. 
Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‗p uchraydigan 
jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o‗qib ko‗ring va ular bolalarga qanday 
ta‘sir etishini izohlab bering. 
«Maktabga borsang, o‗shanda ko‗rasan.» 
«Bilasanmi, sen a‘lochi bo‗lsang biz seni juda yaxshi ko‗ramiz.» 
«Sen shunday o‗qiki, sen uchun biz qizarmaylik.» 
Natijasi: 
Bu jumlalarning hammasi bolada o‗ziga bo‗lgan ishonchni, maktabga borishga 
xohishini so‗ndiradi. Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o‗z-o‗zlariga 
bergan bahosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‗ladi. Shuni esda tutingki, 
bolalarni o‗zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‗ymang. Bu ularni 
yolg‗on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qilsang ko‗rasan» kabi. Bu 
jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik 
paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Xulosa: 
Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‗liq. Shuning uchun ham oilada 
tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e‘tibor 
berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‗g‗risidagi axloqiy 
tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy 
munosabatni tarbiyalash kerak. Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, 
mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‗shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda 
o‗z samarasini berishi shubhasizdir. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling