O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Bolalarning nutq madniyatini о‗sishida oilaning о‗rni? 
2. Ota-onalar va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari hamkorligida bolalarni 
tarbiyalashning ahamiyati qanday? 
3. Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri ekanligini 
asoslab bering? 
4. Ota-onalar bilan treninglar o‗tkazish usullari nima beradi?. 


126 
 10-mavzu: 
Maktabgacha 
ta‟lim 
tashkilotlarida 
multimedia 
texnologiyalaridan foydalanish. 
 
Reja: 
 
1. Multimediya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. 
2. Tayyorlov guruhlarida mediata‘limning ahamiyati. 
3. Bolalarni birinchi savodga o‗rgatish
4. Maktabgacha ta`lim tizimida multimedia texnologiyalaridan foydalanish 
metodikasi. 
 
Tayanch tushunchalar: texnologiya, multimedia, mediamadaniyat, media ta‘lim, 
progressiv pedagogik texnologiya, nutq, kreativ fikrlash, kognitiv qobiliyat, 
mediapedagog, operatsion zal, animatsiya effekti, videotasvirlar, grafikli tasvirlar, 
ma‘lumot grafiklari, mikrofon, kompakt disk, matn, grafika. 
1.Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Multimedia 
atamasining lug‗vaiy ma‘nosi (multim-mediur yoki multi-media) ikkita so‗z 
yig‗indisidan tashkil topgan bo‗lib, multiko‗p, media-muhit ma‘nosini anglatadi. 
Atama ilmiy va o‗quv adabiyotlarida «ko‗p vositalilik», «multimediya muhiti» 
«ko‗p qatlamli muhit», «ma‘lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib 
kelinmoqda. Hozirgi davrda multimedia atamasi ko‗p qirrali bo‗lib, turli xil 
tushunchalarni ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multimedia 
texnologiyasi; multimedia mahsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi 
va boshqalar shular jumlasidandir. «Multimedia» tushunchasining adabiyotlarda 
yoritilgan bir nechta ta‘rifini keltiramiz: «Multimedia – deganda turli shakldagi 
ma‘lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi», «Multimedia – bir 
vaqtning o‗zida turli ko‗rinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va 
boshqalardan 
foydalanishni 
ko‗zda 
tutgan 
foydalanuvchi 
interfeysining 
konsepsiyasi», «Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari 
asosida axborotning an‘anaviy va original turlari asosida o‗quv materiallarini 
o‗quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‗rinishidir». 
Multimedia bu maxsus texnologiya bo‗lib, dasturiy va texnik moddiy ta‘minot 
asosida kompyuterda bir vaqtning o‗zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va 
harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. Multimedia – tasvirli ma‘lumot bilan 
ishlashga qodir bo‗lgan vosita hisoblanadi. Odatda, multimedia deganda. turli 
shakldagi ma‘lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. 
Multimedia – kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir va turli 
animatsiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar 


127 
texnologiyasidir. Multimedia mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia 
tushunchasining quyidagi ta‘rifini keltirish mumkin: Multimedia – bir nechta 
axborot turlarning kompyuterda ishlov berish natijasida hosl qilingan va bitta 
diskka jamlangan axborot yig‗indisidir. Multimedianing shakllanish bosqichlari 
uning asosiy texnik ta‘minoti bo‗lgan kompyuterning rivojlanishi bilan bog‗liq. 
Multimediani tashkil etuvchi va ularning rivojlanish bosqichlari quyidagilardir: 
Matn shaklidagi tashkil etuvchisi. Dastlab odamlar yozuvlarni toshga o‗yib 
yozganlar, qog‗oz ixtiro qilingach parranda pati, Qalam va ruchkalardan 
foydalanib yozuv ishlarini amalga oshirganlar. Keyinchalik yozuv mashinasi ixtiro 
etilgach, uzoq yillar mobaynida ulardan foydalanib kelindi. Nihoyat, 
kompyuterlarda «Matn muharriri» dasturi o‗rnatilgach, yozuv ishlari kompyuterda 
bajariladigan bo‗ldi. 1980-yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan 
foydalanish yo‗lga qo‗yildi, jumladan, 1982-yilda Polygram kompaniyasi Audio 
CD ni ishlab chiqdi, SONY kompaniyasi esa, o‗sha yili standart yozuvlarni CD 
disklarga yozishni tavsiya etdi. Natijada, SD disklarda yozish texnologiyasi 
rivojlanib ketdi. Ayni bir paytda mikrofon yordamida nutq va musiqa yozish ham 
shakllandi. Video shaklidagi tashkil etuvchilarga videotasvirlar, grafikli tasvirlar, 
ma‘lumot grafiklari va hokazolar kiradi. Videotasvirlar dastlab magnit lentalarida 
yozilib, videomagnitofonlarda namoyish etila boshlandi, so‗ngra videotasvirlarni 
yozish kompakt disklarda amalga oshirildi. Multimedianing animatsiya samarasi. 
Multimediani tashkil etuchi axborot turlaridan biri – axborotlarga animatsiya 
samarasini berishdir. Bu multiplikatsion filmlarda rassomning chizgan qator 
chizmalari va rasmlarini tez (bir daqiqada 24 kadr tezlikda) namoyish etilishi 
asosida sodir bo‗ladi. hozirgi kunda multiplikatsion filmlar kompyuterda 3D. Flash 
dasturi asosida yaratilmoqda. Multimediada esa maxsus dasturlar (Power Point, 
Makromedia Flash, Swish, Adobe Prmiere, Media Player, CD Player) orqali 
amalga oshiriladi. 1986-yilda Amida kompyuterida birinchi marta maxsus rolikda 
tovush bilan birgalikdagi animatsiya effekti namoyish qilinib, multimedianing 
shakllanishi nihoyasiga yetkazildi va bu yig‗ilishda to‗laqonli multimedia 
texnologiyasi yaratilgani e‘tirof etildi. Shunday qilib, multimedia 1986-yil rasmiy 
ravishda yaratilgan deb hisoblanadi. Multimedia texnologiyasi. Dastlab ma‘lum bir 
sohadagi texnologik jarayon mazmunini ko‗rib chiqamiz. Texnologik jarayon 
deganda biror bir xomashyo, material yoki axborotni ma‘lum bir asbob-uskuna, 
vosita, qurilmalardan foydalanib, ularga ishlov berish, xossalarni o‗zgartirish va 
qayta ishlash natijasida yangi, sifatli mahsulot olish jarayoni tushuniladi. Demak, 
axborot texnologiyasi moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasiga 
o‗xshash ma‘lumotlar yoki boshlang‗ich axborotni yig‗ish, ma‘lumotlarni qayta 
ishlash, axborot olish, bu axborot asosida qarorlar qabul qilish uchun 
foydalanuvchiga uzatish jarayonidan iborat. Yakka tartibdagi axborotlar – nutq, 


128 
matn, tasvir, grafika, musiqa va animatsiya samarali kompyuterda ishlov berilishi 
natijasida bitta diska joylashtiriladi va ushbu texnologik jarayon natijasida 
multimediali axborot texnologiyasi shakllanadi. Multimedia texnologiyasining bir 
nechta ta‘riflari mavjud. Jumladan, multimedia texnologiyasi – informatikaning 
dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya 
samarali asosida o‗quv materiallarni tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishning 
mujassamlashgan ko‗rinishidagi texnolgiyasidir. to‗la multimedia – matn, audio, 
video, tasvir, grafika, jadvallar va boshqa turlarning yig‗indisidan iborat. Shuni 
ta‘kidlash kerakki, multimediali axborot shakllantirilishi uchun uning kamida 
uchta elementi qatnashishi shart. (nutq, tasvir va animatsiya). Masalan, radio 
eshittirishida beriladigan axborot yoki teleko‗rsatuvlarda ko‗rsatiladigan ovozsiz 
tasvirlar yoki tarbiyachi tomonidan an‘anaviy metod (izohli-ko‗rgazmali, bo‗r-
doska usuli) dan foydalanib o‗rganiladigan materiallarning bayon etilishi 
multimedia texnologiyasidan foydalanish bo‗la olmaydi. Hozirgi davrda 
multimedia texnologiyasidan ko‗p sohalarda. jumladan, moliya, iqtisodiyot, fan, 
ta‘lim, madaniyat, ijtimoiy sohalar, maishiy sohalar, reklama, kompyuter 
o‗yinlaridan foydalanilmoqda. Ayniqsa, banklarning operatsion zallarida, 
ko‗rgazma va yarmarka zallarida, avtosalon, sayohat byurosi, aeroport va temir 
yo‗l vokzallarining zallarida reklama axborotlari to‗g‗risida keng qo‗lamda 
ma‘lumot beriladi. Shuningdek, ishlab chiqarishda, turli tashkilotlarda, xizmat 
ko‗rsatish shaxobchalarida, arxivlashtirishda va boshqa joylarda qo‗llaniladi. 
Yuqoridagilardan ma‘lum bo‗ldiki, media mashg‗ulotlarni tayyorlash, samarali 
o‗tkazish tarbiyachilardan turli professional layoqat va shaxsiy sifatlarni talab 
etadi: yuqori darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‗lish; zamonaviy metodik 
tayyorgarlikka ega bo‗lish; bola bilan muloqotga kirishish, malakali psixologik, 
pedagogik bilimlarga ega bo‗lish; yuksak ma‘naviy, ma‘rifiy madaniyatga ega 
bo‗lish; zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini o‗zlashtirib olish 
va internetdan foydalanish, ta‘lim jarayonini zamonaviy pedagogic texnologiya va 
interfaol metodlarni joriy qilish orqali tashkil etish. Bir so‗z bilan aytganda, ta‘lim 
tashkilotlari malakali mediapedagoglarni kutmoqda. Ammo bu borada bajarilishi 
ko‗zda tutilgan ishlar kun tartibida dolzarb bo‗lib turibdi: 
– ta‘lim tashkilotlarini kompyuter texnikasiga xizmat ko‗rsatuvchi o‗rta maxsus 
ma‘lumotli malakali mutaxassislar (texnik xodimlar) bilan ta‘minlash; 
– 
pedagoglarini 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
samarali 
foydalanishga o‗rgatish, ularni qayta tayyorlash va doimiy malakasini oshirib 
borish; 
– elektron dars ishlanmalari, testlar majmui, elektron ko‗rgazmali qurollar va 
o‗quv filmlari yaratish, ularni doimiy yangilab borish; 


129 
– o‗quv jarayonida kompyuter texnikasidan unumli (kuniga 10–12 soat) 
foydalanishni yo‗lga qo‗yish; 
– shu bilan birga, shubhasiz, barcha tashkilotlarda barqaror elektr kuchlanishi, 
sifatli telefon aloqasi bo‗lishini ta‘minlash zarur. 
Hozirgi kunda barcha ta‘lim tashkilotlari, shu jumladan maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan 
jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglarning o‗z mehnati faoliyatiga yangicha 
yondashuvni, mashg‗ulot o‗tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va 
ko‗nikmalarini shakllantirish hamda ularni tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil 
etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan 
samarali 
foydalanishlari 
zaruriyati paydo bo‗ladi. Maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlarida 
ta‘lim-tarbiya 
jarayonida 
yangi 
kompyuter 
va 
axborot-
kommunikatsion 
texnologiyalar 
vositalarining 
joriy 
etilishi, 
pedagog-
tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va 
ko‗nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning mashg‗ulotni tashkil etish 
jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o‗rnini o‗zgartiradi. Maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ta‘lim berishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanish murakkab masala hisoblanib, ko‗plab bahs-munozaralarga sabab 
bo‗lmoqda. Lekin shunga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va 
ularning har tomonlama yetuk inson bo‗lib rivojlanishida kompyuter 
texnologiyalari vositalaridan foydalanish o‗zining ijobiy samarasini bermoqda. 
Bugungi kunda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning badiiy-
musiqiy faoliyatini, matnlarni o‗qish, rasmlarni ko‗rish va ajrata bilish 
tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli o‗yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil 
qarorlar qabul qilish bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarini shakllantirishda 
axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning rivojlanishi uchun mo‗ljallangan kompyuterli o‗yin dasturlarining 
barchasi ham ta‘lim jarayonida o‗z samarasini beravermaydi. Shuning uchun ham 
kompyuter o‗yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondashuv va 
e‘tibor kerak bo‗ladi. Kompyuterli o‗yin dasturlari shunday yaratilgan bo‗lishi 
kerakki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to‗g‗ri qabul 
qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O‗yin dasturidagi har bir harakatni 
bola tushuna olishi, uni qanday bajarish kerakligini o‗ylash va amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‗lishi lozim. Bundan tashqari, maktabgacha ta‘lim 
tashkilotlarida 
tarbiyalanuvchilarning 
axborot 
texnologiyalari 
bo‗yicha 
boshlang‗ich savodxonligini ham oshirish zarur, ya‘ni kompyuterning umumiy 
tuzilishi, asosiy qurilmalari to‗g‗risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan 
foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. Bu ishlar tarbiyalanuvchilarning 
kompyuter o‗yinlaridan foydalana olish bo‗yicha malaka va ko‗nikmalari 


130 
shakllanishida asosiy omil bo‗lib hisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 
kompyuterli o‗yin dasturlaridan foydalanish t0arbiyalanuvchilarda bir qator ijobiy 
sifatlarning shakllanishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi: 
– o‗z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi; 
– mustaqil harakat qilishga zamin yaratadi; 
– muloqot qilish ko‗nikmalarini shakllantiradi; 
– insonlar bilan qanday munosabatda bo‗lishni o‗rgatadi; 
– o‗z-o‗zini nazorat qilishni shakllantiradi; 
– tarbiyalanuvchilarda obrazli tasavvur va obrazli fikrlash rivojlanadi; 
– nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi. 
Kompyuterli o‗yin dasturlaridan tashqari, maktabgacha ta‘lim tashkilotlari 
uchun kompyuterli nashrlar, shu jumladan ijodiy ishlanmalar, xayoliy sayohatlar 
va boshqa elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, ulardan foydalanish bugungi 
kunda 
o‗z samarasini ko‗rsatmoqda. Maktabgacha ta‘lim tashkilotsini 
boshqarishda ham axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanilmoqda. Buning 
uchun esa maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida elektron axborot resurslaridan 
samarali foydalangan holda elektron hujjat almashuvi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lishi 
lozim. Bu faoliyatning samaradorligi tarbiyachi-pedagoglarning ta‘limtarbiya 
jarayoniga shu texnologiyalarni qo‗llashga doir bilim, ko‗nikma va malakalari 
darajasi va amaliy ish tajribalariga ham bog‗liq bo‗ladi. Boshqacha aytganda, 
maktabgacha ta‘lim tizimida axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan 
mukammal foydalanish uchun asosiy e‘tibor, eng avvalo, talab qilinadigan 
sharoitni yaratish hamda ta‘lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot 
va uslubiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. Bugun 
mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan 
davlatlarda to‗plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish 
imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‗rganish va hayotimizga 
tatbiq etish davri keldi. Zero, o‗z-o‗zini rivojlantirish ustida doimo ish olib 
boradigan, yuksak ma‘naviyatli, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash 
zamonaviy pedagogikaning ustuvor vazifalaridandir. Multimediali kompyuter 
texnologiyasidan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish bir vaqtning o‗zida 
bolalarning kompyuter savodxonligi shakllanishiga ham olib keladi. Animatsiyali 
ma‘lumotlarning insonga ta‘siri katta bo‗lib, undan. MTTlari ta‘lim-tarbiya 
jarayonida foydalanish bolalar diqqatini ko‗proq jalb qilish xususiyatiga ega. 
Multimediali ta‘lim bir vaqtning o‗zida ham ko‗rish, ham eshitish orqali bilim 
olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon isbotlangan. MTT 
tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallarni o‗rgana 
borsalar va kompyuterdan foydalanish bo‗yicha yetarlicha ko‗nikma hosil qilsalar, 
maktabda boshlang‗ich sinfda informatika fanini o‗rganishga, kelajakda esa 


131 
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari va oliy o‗quv yurtida kompyuterdan 
foydalana 
olish 
malakasiga 
to‗liq 
ega 
bo‗ladilar. 
Shu 
bilan 
birga, 
tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida mantiqiy tafakkurlari 
rivojlanadi, bilim olishga havaslari va ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari 
shakllanadi. Kompyuterli didaktik o‗yinlarning pedagogik jihatlaridan biri ularning 
ta‘limiyligidir. Tarbiyalanuvchi o‗yin davomida bir vaqtning o‗zida ham o‗yinda 
ishtirok etadi, ham ma‘lum bir darajada ta‘lim oladi. Ayrim o‗yinlarda bilimlar 
mashqlar orqali namoyish qilinadi. Masalan: shakllarni ustma-ust qo‗yish o‗yinida, 
birinchidan, o‗yin vazifasi bo‗yicha bola shakllarni ustma-ust qo‗yish natijasida 
qanday shakl hosil bo‗lishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirig‗I 
bo‗yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar qanday ko‗rinishda ekanligini va 
ularning nomlarini aytishni, ranglarni ajratib berish vazifalarini bajaradi (ta‘limiy 
jihati). Bundan tashqari, tarbiyalanuvchi «sichqoncha»dan foydalanib kompyuterda 
ishlash malakasini hosil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi. 
Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. 
Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 
Axborotning xilma-xil turlari: an‘anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), 
original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va 
boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya 
axborotni ro‗yxatdan o‗tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, 
audiotizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, 
elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida 
bajariladi; Muayyan vaqtdagi ish, o‗z tabiatiga ko‗ra statik bo‗lgan matn va 
grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma‘lum 
oralig‗ida ko‗rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash 
va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma‘lumotlarni 
uzatish shinasining o‗tkazish qobiliyati, operativ(tezkor) va videoxotira, katta 
sig‗imli tashqixotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish -chiqish kanallari 
bo‗yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; 
Multimedia vositalari asosida ta‘lim-tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb 
masalalaridandir. Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy 
vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya effektlari asosida o‗quv 
materiallarini 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarga 
yetkazib 
berishning 
mujassamlangan holdagi ko‗rinishidir. Multimedia vositalari asosida maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega: 
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‗zlashtirish imkoniyati 
bor; 
b) ta‘lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi 
yanada ortadi; 


132 
s) ta‘lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga 
erishish; 
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‗lganda 
amaliyotda qo‗llash imkoniyatiga erishiladi. 
Demak, kompyuterli didaktik o‗yinlar ta‘lim bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, 
ta‘lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyuter va uning 
xotirasidagi ta‘limiy o‗yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasi (kompyuterli 
ta‘lim)ning o‗yinlar bo‗yicha asosiy didaktik vositasi hisoblanadi. Kompyuter 
xotirasidagi o‗yinlardan tashqari, qo‗shimcha didaktik o‗yinlar tayyorlash mumkin. 
– ma‘lum sabablarga ko‗ra jahon hamjamiyati taraqqiyotdan ortda qolib ketgan 
jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‗rin olishi uchun, aholi 
ta‘limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‗or 
pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; 
– an‘anaviy o‗qitish tizimi yozma va og‗zaki so‗zlarga tayanib ish ko‗rishi tufayli 
«Axborotli o‗qitish» sifatida tavsiflanib, o‗qituvchi faoliyati birgina o‗quv 
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib 
qolganligi;
– fan-textika taraqqiyotininig o‗rta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin 
ko‗payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning 
chegaralanganligi; 
– kishilik jamiyati o‗z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik 
bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‗lgan, aniq 
yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‗tib borayotganligi; 
– yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‗or bilim berish 
usuli hisoblangan obyektiv borliqqa majmuaviy yondashuv tamoyilidan 
foydalanishni talab qilishidadir. 
Keyingi 10-yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag‗ishlangan adabiyotlarda 
«Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‗or pedagogik 
texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko‗p uchrab 
turgani bilan, ularning o‗zbek tilidagi maromiga yetgan ta‘rifi hali tuzilmagan. 
Darhaqiqat, XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida 
inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur‘ati 
moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy (g‗oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib 
borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarni yangicha mazmun kasb etishini 
ta‘minlaydi. Xizmat ko‗rsatish sohalarining paydo bo‗lishi, yangicha turmush tarsi 
kishilarni moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. 
Ijtimoiy ehtiyojlarninig yangilanib hamda ortib borishi o‗z navbatida ularni qisqa 
muddat va sifatli qondirilishini ta‘min etuvchi faoliyatning yo‗lga qo‗yilishini 
taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‗lgan texnologiya sohasi va uning 


133 
takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‗ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda 
yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Media ta‘lim nima? 
Media ta‘lim interfaol, bolaga individual ta‘sir etadigan usul sifatida ta‘lim 
jarayoniga jadal sur‘atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta‘lim bolani mustaqil fikr 
yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta 
ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‗rgatadi. O‗quv xonalariga matbuot, 
televidenie, radio, kino, video va internet olib kirilmoqda. Bularning barchasi 
media ta‘lim nomi bilan ta‘lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda. Media 
ta‘limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino san‘ati, badiiy televidenie va 
badiiy media) tilini, uning tarixini bilish, tushunishdir. Uning pedagogik trategiyasi 
mediamatnlarni badiiy tahlil qila olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan 
iboratdir.
Xulosa o‗rnida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, u haqiqatni 
ifodalaydimi, kimning manfaatini ko‗zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va 
bolalar uni qanday qabul qiladilar – bu savollar hozirgacha turli munozaralarni 
tug‗dirmoqda. Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta‘limning markazida bola 
shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklarini hisobga olish, olingan axborot 
asosida tanqidiy fikrlashga o‗rgatish kerak. Turli davlatlar olimlarining fikrlariga 
ko‗ra, media ta‘lim-tarbiyaviy, ta‘limiy ahamiyatga ega bo‗lib, bolalarni o‗quv-
bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‗rgatadi. Mediata‘limning eng muhim 
vazifalaridan biri yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborot oqimida, har 
xil axborotni olish, tushunib yetish, uning inson psixikasiga ta‘sirini bilish va 
undan to‗g‗ri, maqsadli foydalanishga o‗rgatishdan iborat. Mediata‘lim olingan 
axborotni integratsiya qilish, shu asosida shaxsiy fikrni bildirish va qayta olishga 
chorlaydi. O‗z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli axborot xurujlariga 
qarshi fikr 
bildirish orqali o‗quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, media axborotdan faol va 
to‗g‗ri foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali berilayotgan axborot haqida 
fikr yurita boshlaydi. Shuning uchun ham mediamashg‗ulotlar: 
-«Badiiy-imitatsiyali» - kichik senariylar, mediamatnlar tuzish, uni interfaol 
usulda namoyish etish; 
-Teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epizodlarni 
sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish); 
-Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‗rgazma, ma‘lum 
mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni tushunish, qo‗llay olish 
ko‗nikmasini hosil qiladi. 
Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida 
xulosa qilish, emotsional qabul qilish orqali nafis san‘atni tushunishga olib keladi. 
Bu holat bolaning umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, tarbiya topishida 


134 
muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. Mediamashg‗ulotlar berilayotgan axborotni 
qabul qilish, o‗zlashtirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini 
ta‘minlaydi. 
1.Mediamashg‗ulotlarda kompyuterlar universal holda qo‗llanishi bilan 
xarakterlanadi. 
2.An‘anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to‗ldiruvchi 
bo‗lib kiradi. Dasturiy ta‘minot ayrim mavzularni o‗qitish va o‗zlashtirish uchun 
mediata‘lim qulay muhit yaratadi. Unda ta‘lim mazmuni aniq, ravon 
shakllantirilgan bo‗ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovozli, 
animatsion ta‘minot kreativ bilan namoyish etiladi. Mediamashg‗ulotlarning afzal 
jihati shundaki, ta‘lim jarayonida bolalarning mustaqil ijod qila olish 
qobiliyatlarini rivojlantiradi, Shu munosabat bilan mediamashg‗ulotlar mazmunini 
belgilash, tashkil etishda faqatgina o‗quv fani mazmuni nuqtayi nazaridan 
yondashmasdan, balki uning ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham 
hisobga olish kerak bo‗ladi. Mediamashg‗ulot axborotdan foydalanish 
madaniyatini shakllantirish, ya‘ni kerakli axborotni olish, uni yangi texnik 
vositalar 
yordamida qayta ishlash, amaliyotda qo‗llash 
ko‗nikmalarini 
rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi. Media mashg‗ulotlar kompyuterlashtirilgan 
o‗quv xonalarida, multimedia proyektor yordamida o‗tkaziladi. Bu mashg‗ulotni 
tashkil etishning o‗ziga yarasha sanitariya-gigiyena me‘yorlari, bolalarning 
uzluksiz ishlash me‘yorlari mavjud: 
Tarbiyalanuvchilar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin: 
-videofragmentlarni frontal ko‗rish; 
-topshiriq, mashqlarni individual bajarish; 
-umumiy o‗quv loyihalari, modelli tajriba-sinovni amalga oshirishda kichik 
guruhlarda ishlash; 
-media mashg‗ulotlarni tashkil etishda ham o‗quv jarayonining hamma 
komponentlari o‗z aksini topishi va kompyuterdagi va 
kompyutersiz faoliyat almashib turishi mumkin; 
-faollashtirish (o‗quv materialini takrorlash, materialni birdaniga o‗zlashtirish, 
kompyuterda yoki kompyutersiz); 
-bilim, ko‗nikma, malakalarni shakllantirish, o‗quv axboroti blokining mohiyatini 
bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash (kompyuterda yoki uning ishtirokisiz); 
-o‗quv materiallarini amalda qo‗llay olishini nazorat qilish (kompyuter va 
kompyutersiz). 
Kompyuterlashgan o‗quv xonalarida o‗quv faoliyatining samarali kechishi 
uchun u yerda qo‗shimcha joylashtirilgan o‗quv stollaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bu holat sanitariya me‘yorlariga rioya etish, bolaning o‗quv faoliyatini 


135 
boshqa joyda tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bunday almashinuvlar bolani 
charchashdan saqlaydi. Agar tarbiyachi ko‗rgazmali tasvirlardangina foydalansa, 
ularni kompyuter ekranida namoyish etish bilan cheklanadi.

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling