O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Nutqning grammatik tomonini shakllantirish
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Soʼzlashuv nutqini (dialogik) shakllantirish
2.Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lugʼat tilning qurilish
materiali hisoblanadi.Grammatika esa gapda soʼzlarning oʼzgarishi va ularning oʼzaro bogʼlanish usullarini belgilaydi.Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (soʼz yasovchi, soʼz oʼzgartiruvchi) belgilaydi. Bola atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi. Eshitganining maʼnosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini egallaydi, modelini bilib oladi.Bola ona tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta oʼzlashtirsa, u aqliy jihatdan shunchalik tez rivojlanadi. Аgarda bolalarda nutqning grammatik tomoni notoʼgʼri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi. Shuning uchun tarbiyachi grammatiqaning (morfologiya va sintaksis) turli shakllarini oʼzlashtirishga yordam beruvchi didaktik oʼyin va mashqlarni tashkil etadi. Masalan, kelishik qoʼshimchasini oʼzlashtirish uchun «Top-chi, men qaerda boʼldim?» (katta guruhda); ikkinchi darajali gap boʼlaklarini oʼzlashtirish uchun, «Men boshlayman, sen esa oxiriga yetkaz!», otning kelishiklar bilan turlanishini oʼzlashtirishda «Top- chi, nima yetishmaydi?», feʼl zamonlarini oʼzlashtirish uchun «Siz nima qilishni xohlaysiz?» va hokazolar. 3.Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, yaʼni tovushlarni toʼgʼri talaffoʼz etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash oʼzbek tilining fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, soʼzlarda urgʼuni toʼgʼri ishlatishga oʼrganib oladi, ona tilining intonatsion tomonini oʼzlashtiradi hamda soʼzlarni toʼgʼri talaffoʼz qilishga odatlanadi. hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham taʼsir etadi. 4.Soʼzlashuv nutqini (dialogik) shakllantirish. Bolalarga bilim va tarbiya berishda soʼzlashuv nutqiga (dialogik) oʼrgatish katta ahamiyatga egadir. Bolani soʼzlashuv nutqiga oʼrgatish uning madaniy nutqni egallaganlik darajasiga ham bogʼliqdir. 5.Hikoya qilishga (monologik nutqqa) oʼrgatish. Bolalarni maktabga tayyorlashda monolog nutqni rivojlantirish juda muhimdir. 139 Nutqning monolog shakli bolalarga koʼrgan narsalari haqida batafsil va izchil soʼzlab berishga, oʼz fikrlarini toʼgʼri toʼzilgan jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi. Bogʼlangan nutq (monologik nutq) bolada boshqalarning hikoyasini tinglashga va uni tushunishga, qisqa, oʼzlariga tanish boʼmagan voqeani qayta hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qahramonlarning gaplarini ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi (katta guruh) bolalar rasmda tasvirlangan narsalar, oʼz hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar toʼzishga, koʼrgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda hikoya toʼqishga oʼrgatiladi. Bolalarni hikoya qilishga oʼrgatish ularning aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bolib boradi, bolada oʼzini tutish va jamoa oldida soʼzlay olish malakasi hosil boʼladi. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini oʼstirish zarur. Bola har bir soʼz manosini tushuna olishi uni oʼz nutqida erkin ifodalashga muvofiq boʼlishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola oʼz fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga oʼrganadi. 140 Ogʼzaki nutqini oʼstirish boʼyicha oʼtkaziladigan mashgʼulotlarda asosan, bolalarning ogʼzaki nutqini oʼstirishga, nutqni grammatik tomondan toʼgʼri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qoʼshma gaplar toʼzish, bunda barcha soʼz turkumlaridan foydalanishga oʼrgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni feʼlga toʼgʼri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va soʼzlarni toʼgʼri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga eʼtibor beriladi. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling