O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Nutqning grammatik tomonini shakllantirish


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

2.Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lugʼat tilning qurilish 
materiali hisoblanadi.Grammatika esa gapda soʼzlarning oʼzgarishi va ularning 
oʼzaro bogʼlanish usullarini belgilaydi.Bundan tashqari, grammatika tilning 
qurilish modelini (soʼz yasovchi, soʼz oʼzgartiruvchi) belgilaydi. Bola 
atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi. Eshitganining 
maʼnosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini egallaydi, modelini 
bilib oladi.Bola ona tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta oʼzlashtirsa, 
u aqliy jihatdan shunchalik tez rivojlanadi. Аgarda bolalarda nutqning grammatik 
tomoni notoʼgʼri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi. Shuning uchun tarbiyachi 
grammatiqaning (morfologiya va sintaksis) turli shakllarini oʼzlashtirishga yordam 
beruvchi didaktik oʼyin va mashqlarni tashkil etadi. Masalan, kelishik 
qoʼshimchasini oʼzlashtirish uchun «Top-chi, men qaerda boʼldim?» (katta 
guruhda); ikkinchi darajali gap boʼlaklarini oʼzlashtirish uchun, «Men boshlayman, 
sen esa oxiriga yetkaz!», otning kelishiklar bilan turlanishini oʼzlashtirishda «Top-
chi, nima yetishmaydi?», feʼl zamonlarini oʼzlashtirish uchun «Siz nima qilishni 
xohlaysiz?» va hokazolar. 3.Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng 
avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, yaʼni tovushlarni toʼgʼri talaffoʼz 
etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash oʼzbek tilining fonetikasi va 
orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, soʼzlarda urgʼuni toʼgʼri 
ishlatishga oʼrganib oladi, ona tilining intonatsion tomonini oʼzlashtiradi hamda 
soʼzlarni toʼgʼri talaffoʼz qilishga odatlanadi. hammasi uning ruhiy rivojlanishiga 
ham taʼsir etadi. 4.Soʼzlashuv nutqini (dialogik) shakllantirish. Bolalarga bilim 
va tarbiya berishda soʼzlashuv nutqiga (dialogik) oʼrgatish katta ahamiyatga 
egadir. Bolani soʼzlashuv nutqiga oʼrgatish uning madaniy nutqni egallaganlik 
darajasiga ham bogʼliqdir. 5.Hikoya qilishga (monologik nutqqa) oʼrgatish
Bolalarni maktabga tayyorlashda monolog nutqni rivojlantirish juda muhimdir.


139 
Nutqning monolog shakli bolalarga koʼrgan narsalari haqida batafsil va 
izchil soʼzlab berishga, oʼz fikrlarini toʼgʼri toʼzilgan jumlalar orqali bayon 
qilishga imkon beradi. Bogʼlangan nutq (monologik nutq) bolada boshqalarning 
hikoyasini tinglashga va uni tushunishga, qisqa, oʼzlariga tanish boʼmagan voqeani 
qayta hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qahramonlarning gaplarini 
ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi (katta guruh) bolalar rasmda tasvirlangan narsalar, oʼz hayotiga 
doir voqealar haqida oddiy hikoyalar toʼzishga, koʼrgazmali qurolsiz, mustaqil 
tarzda hikoya toʼqishga oʼrgatiladi. Bolalarni hikoya qilishga oʼrgatish ularning 
aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur 
kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bolib boradi, bolada oʼzini 
tutish va jamoa oldida soʼzlay olish malakasi hosil boʼladi. 
Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini oʼstirish 
zarur. Bola har bir soʼz manosini tushuna olishi uni oʼz nutqida erkin ifodalashga 
muvofiq boʼlishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola oʼz fikrini jamlab 
gapirishga va ifodalab berishga oʼrganadi. 


140 
Ogʼzaki nutqini oʼstirish boʼyicha oʼtkaziladigan mashgʼulotlarda asosan, 
bolalarning ogʼzaki nutqini oʼstirishga, nutqni grammatik tomondan toʼgʼri 
shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni 
davom ettirish: sodda va qoʼshma gaplar toʼzish, bunda barcha soʼz turkumlaridan 
foydalanishga oʼrgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni feʼlga 
toʼgʼri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va soʼzlarni toʼgʼri talaffuz 
etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga eʼtibor beriladi. 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling