O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

 
 
Ravon nutqni rivojlantirish.
Maqsad: bolaning har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi, o‗qishi va 
uning maktabga samarali tayyorgarligini ta‘minlash uchun sharoit yaratish. 
Vazifalar: 
-Bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lgan ehtiyojni shakllantirish; 
-individual manfaatlarni qo‗llab-quvvatlash; 
-fikrlash jarayonlarini va kognitiv qiziqishni faollashtirish; 
-rivojlanish faoliyati
-Nostandart holatlarda samarali harakatlarga tayyorlikni rivojlantirish; 
-tashabbuskorlikni rivojlantirish, o‗z fikrlarini ijodiy ifoda etish qobiliyatini 
rivojlantirish; 
-bolalarni texnik va badiiy ixtiro bilan tanishtirish
-vizual - majoziy idrokni rivojlantirish; 
-xotirani, nozik vosita ko‗nikmalarini, fikrlash, tasavvurni rivojlantirish; 
-kommunikativ ko‗nikmalarni, muloqot qobiliyatini va jamoaviy ijodkorlikni 
rivojlantirish; 
-bolalarda izlanish va kognitiv faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini kengaytirish; 
-barkamol shaxsni rivojlantirish. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil 
etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‗ra, bolaga rivojlanish 
markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo 
haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko‗nikmalari va qobiliyatlarini 
rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga 
qo‗shilish imkoniyatini berishdir. 
 
“6X6X6” METODI 
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‗zida 36 nafar tahsil oluvchini 
muayyan faoliyatga jalb etish orqali muayyan topshiriq yoki masalani hal 
etishmshuningdek guruhlarning har bir a‘zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning 
qarashlarini bilib olish mumkin. ―6x6x6‖ metodi asosida tashkil etilayotgan 
mashg‗ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‗lgan 6 ta guruh o‗qituvchi 
tomonidan tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga 


141 
yetgach o‗qituvchi oltita guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning 
har birida avvalgi oltita guruhdan bittadan vakil bo‗ladi. Yangi shakllangan guruh 
a‘zolari o‗z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi 
sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni 
birgalikda muhokama qiladilar. 
1.O‗qituvchi mashg‗ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofida 6 tadan stul 
qo‗yib chiqadi. 
2.Tahsil oluvchilar o‗qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‗linadilar. Tahsil 
oluvchilarni guruhlarda bo‗lishda o‗qituvchi quyidagicha yo‗l tutishi mumkin: 6 ta 
stolning har birida muayyan ob'ekt (masalan, kema, to‗lqin, baliq, delfin, kit, 
akula) 
sur'ati chizilgan lavhani qo‗yib chiqadi. Mashg‗ulot ishtirokchilariga kema, to‗lqin, 
baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchadan birini 
olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o‗zi tanlagan varaqchada tasvirlangan 
surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‗yilgan stuldan joy egallaydi. 
3.Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so‗ng o‗qituvchi mashg‗ulot 
mavzusini e'lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma‘lum 
vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 
4.O‗qituvchi guruhlarning faoliyatini ko‗zatib boradi, kerakli o‗rinlarda guruh 
a‘zolariga maslahatlar beradi. Yo‗l – yo‗riqlar ko‗rsatadi hamda guruhlar 
tomonidan 
berilgan topshiriqlarning to‗g‗ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‗ng, 
guruhlardan munozaralarni yakunlashni so‗raydi. 
5.Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‗qituvchi guruhlarni 
qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi oltita 
guruhning har biridan bir nafar vakil bo‗lishiga alohida e'tibor qaratiladi.Tahsil 
oluvchilar o‗z o‗rinlarini almashtirib olishganlaridan so‗ng belgilangan vaqt ichida 
guruh a‘zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida 
guruhdoshlariga so‗zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh 
avvaliga guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriqlar echimlari) ni 
muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling