O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Ota-onalar bilan treninglar o„tkazish usullari
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0
3.Ota-onalar bilan treninglar o„tkazish usullari. Maktabgacha ta‘lim
tashkilotlarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan o‗tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6–7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalarning ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‗ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekanligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga 124 tayyorlashda oila a‘zolarining mas‘uliyati oshardi. Ta‘lim tashkilotlarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‗tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam qo‗yishlarini silliqlik bilan o‗tishida yordam beradi hamda sog‗lom bola va mustahkam sog‗lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta‘lim tashkiloti uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruh tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari ishtirokida o‗tkazilishi bola rivojlanishida to‗g‗ri tashxis qo‗yishga yordam beradi. Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‗ladi. Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta‘lim boshlanib, u bolangizni har tomonlama sog‗lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi» deb murojaat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‗yar ekan sizning bolangiz hayotida o‗chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savolnomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi. 1. Sizning bolangizda maktabda o‗qishga moyillik bormi?.......... 2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oiladan oladimi?.......... 3. Maktabda muvaffaqiyatli o‗qib ketishi uchun nima zarur?......... 4. Jismoniy sog‗lom bo‗lishi uchun nimalarga e‘tibor qaratilishi lozim?......................... 5. Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta‘lim tashkilotidan so‗ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga e‘tibor qaratar edingiz?........................... 6. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari va maktab ta‘limi o‗rtasidagi farqlarni bolangiz ongiga singdira olasizmi?............... 7. Maktab hayotidagi qonun-qoidalarni bilishi va unga amal qilishiga yordam bera olasizmi?...................... 8. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridan qanday talab va istaklaringiz bor? kabi savollarga javoblar olingandan so‗ng munozarani olib borish uchun ota- onalarga topshiriqlar beriladi: – ota-onalarning maktab bo‗sag‗asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini aniqlash, – maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-onalarni qiziqtirgan kitoblarning mavjudligi, – bolani sog‗lom muhitda tengdoshlari bilan o‗rtoqlashishga ko‗maklashishi. – o‗qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish. – bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash. Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‗zaro munozara qilganlaridan so‗ng ularning fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilari va boshlang‗ich ta‘lim o‗qituvchilariga bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlashda ularni sog‗lomligiga katta e‘tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas‘uliyatini yuklash, tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish 125 vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta‘limning keyingi turi - boshlang‗ich sinflarda muvaffaqiyatli ta‘lim olishga yo‗naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada sog‗lom bola tarbiyasi bolalarni ma‘rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‗tishning ma‘naviy-axloqiy asoslarini to‗g‗ri tushuna oladigan, halol, to‗g‗ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, xayr-ehson, saxovat va muruvvat kabi fazilatlarning asl ma‘nosini yaxshi anglaydigan jamiyat a‘zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari va ota-ona avvalo, o‗zi, qolaversa, farzandlarini ham o‗rgatib bormog‗i, har biri o‗z mas‘uliyatini anglab yetmog‗i, ota-ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‗lishi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi. Ota-onalarga topshiriq. Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‗p uchraydigan jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o‗qib ko‗ring va ular bolalarga qanday ta‘sir etishini izohlab bering. «Maktabga borsang, o‗shanda ko‗rasan.» «Bilasanmi, sen a‘lochi bo‗lsang biz seni juda yaxshi ko‗ramiz.» «Sen shunday o‗qiki, sen uchun biz qizarmaylik.» Natijasi: Bu jumlalarning hammasi bolada o‗ziga bo‗lgan ishonchni, maktabga borishga xohishini so‗ndiradi. Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o‗z-o‗zlariga bergan bahosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‗ladi. Shuni esda tutingki, bolalarni o‗zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‗ymang. Bu ularni yolg‗on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qilsang ko‗rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‗lishiga olib keladi. Xulosa: Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‗liq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e‘tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‗g‗risidagi axloqiy tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak. Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‗shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‗z samarasini berishi shubhasizdir. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling