O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Maktabgacha ta‟lim tashkilotining ota- onalar bilan hamkorlikdagi


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

2. Maktabgacha ta‟lim tashkilotining ota- onalar bilan hamkorlikdagi 
ishlar mazmuni. Ta‘lim tashkilotlari va oila o‗rtasida hamkorlik o‗rnatishda 
mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. 
Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan 
ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, 
oilalarga borish, ayrim ota-onalarni maktabgacha ta‘lim tashkilotsiga taklif etish, 
alohida esdaliklar va ko‗chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan 
ko‗zlangan maqsad oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va 
oila a‘zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali 


116 
usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni o‗rganib, 
ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki 
do‗st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila 
a‘zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‗lishi kerak. 
Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan avval o‗z oldiga aniq maqsad qo‗yishi, 
qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga 
beriladigan savollar puxta o‗ylangan bo‗lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi 
kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‗rtasida 
ishonchli aloqa o‗rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila 
to‗g‗risida (otaonalarning fe‘l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish 
darajasi) to‗g‗risida ma‘lum tasavvurlarga ega bo‗lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar 
hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarning bolaning ijobiy 
fazilatlari to‗g‗risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini 
qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‗qib, hikoya qilib berish 
mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga 
hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta‘lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‗yicha 
tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning 
yoshi, imkoniyatlari, o‗ziga xos xususiyatlari e‘tiborga olinadi. Oilaga borishning 
maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks 
ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligaq kamida 2 marta 
borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang 
bo‗lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. 
Masalan: 
- bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi, bolalarni maktabga 
tayyorlash to‗g‗risidagi qonunlar; 
- maktabgacha ta`lim tashkilotlarining yillik ish rejasi to‗g‗risida; 
-ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. 
Bu masalalarni jamoa bo‗lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va 
umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, otaonalar kechalari kabi ish 
shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga 
maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel 
guruhlar otaonalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. 
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar 
qo‗mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‗or tajribalar bilan tanishtiriladi. 
Bunda majlisda mudira yoki metodisttarbiyachi ma‘ruza qiladi, ota-onalar so‗zga 
chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta‘lim-tarbiya ishidagi yutuq va 
kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini 
mustahkamlaydi, ota-onalarning o‗z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini 


117 
oshiradi, ularda maktabgacha ta‘lim tashkilotsiga qiziqish uyg‗onadi. Guruhdagi 
ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning otaonalari uchun dolzarb bo‗lgan 
masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga 
axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo‗lsa, o‗rta guruhda o‗tkaziladigan 
majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda 
ta‘lim tashkilotlari va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga 
hurmatni tarbiyalash» va hokazo bo‗lishi mumkin. Ota-onalar uchun tayyorlangan 
ma‘ruzani, bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‗rish bilan 
qo‗shib olib boorish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‗g‗risidagi misollardan 
foydalanganda ijobiy materiallar ko‗proq bo‗lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda 
ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning 
nomlari ko‗rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka 
tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‗yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin. 
Yilning oxirida o‗tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida 
amalga oshirilgan ta‘lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, haqida gapirib 
beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisobot beradilar va faollarning yangi 
tarkibi saylanadi. Ota-onalar burchagi va ko‗rgazma tashkil etish. Ota-onalar 
burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish 
maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, 
bolalar ovqatining xillari, bolarning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar 
uchun eslatmalar, e‘lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya 
vazifasiga qarab o‗zgartirib turiladi. Pedagogik bilimlarni targ‗ib qilish bo‗yicha 
tashkil etiladigan ko‗rgazmalar ko‗pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, 
konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta‘limi to‗g‗risidagi qonun va 
qarorlar, maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar 
sonining o‗sishini ko‗rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta‘lim 
- tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‗yinchoqlar, 
bolalarning ishlari o‗rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan 
ishning ko‗rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e‘tibor berilishi 
kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‗g‗risidagi filmlar namoyish etiladi, 
bular ko‗pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‗ladi. 
Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunining tashkil etilishi ham maktabgacha 
ta‘lim tashkilotlari ishida muhim o‗rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga 
bolalarning mashg‗ulotlari, mehnat, o‗yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning 
jamoada o‗zlarini qanday tutushlari va shunga o‗xshashlar ko‗satiladi. Ota-onalar 
qo‗mitasi. Ota-onalar qo‗mitasi «Maktabgacha ta‘lim tashkilotining Ustavi»ga 
binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi. U ota-onalarning umumiy 
majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‗mitaga har bir yosh guruh ota-


118 
onalaridan 1–2 vakil saylanadi. Qo‗mitaning asosiy vazifasi mudiraga 
maktabgacha ta‘lii tashkilotsining xo‗jalik va ta‘lim-tarbiya ishlarida yordam 
berish, qo‗mita a‘zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‗tkazish va 
boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‗maklashishdir. Ota-onalar qo‗mitasi bolalarning 
ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‗yicha ular bilan ish olib boradi. 
Qo‗mita a‘zolari har ikki oyda bir marta yig‗ilish o‗tkazadi. Ota-onalar 
qo‗mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‗g‗risidagi o‗zlarini 
qiziqtiruvchi ba‘zi masalalar haqidagi ma‘ruza va hisobotni eshitishga haqlidir. 
Ota-onalar qo‗mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta‘lim 
tashkilotsida saqlanadi. Munozara shaklidagi ota-onalar bilan o‗tkaziladigan 
pedagogik kengash. Maqsad: Ota-onalarga bolalarining maktabning ilk bosqichiga 
moslashuvini silliqlik bilan o‗tishida yordam berish. Bolalarni maktabga 
tayyorlashda ota-onalarning vaziyatlarini aniqlash. 
Ishtirokchilar: 
– maktabgacha ta‘lim tashkiloti metodisti; 
– katta guruh tarbiyachilari; 
– maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari; 
1-sinf o‗quvchilarining ota-onalari. 
3. Ota-onalar bilan o‗tkaziladidan pedagogik kengash. 
Pedagogik kengashga tayyorgarlik: 
1. Ota-onalar bilan bolalar maktabga tayyorgarligi to‗g‗risida suhbat uyushtirish. 
2. Tarbiyachilar bilan bolalarni maktabga tayyorgarligi yuzasidan mavzuli nazorat 
olib borish. 
3. Ota-onalar majlislarida ular bilan bolaning maktabga tayyorligi bo‗yicha bahs-
munozara o‗tkazish. 
4. 1-sinf o‗qituvchilari bilan uchrashuv o‗tkazish. 
Kun tartibi : 
1. «Bola maktab bo‗sag‗asida» mavzusida 1-sinf o‗qituvchilari, ota-onalari va 
tayyorlov guruhi tarbiyachilari bilan mavzusida savolnoma o‗tkazish. 
2. Bolalarning maktabga tayyorligini aniqlash (munozara asosida). 
3. Bolalarni maktabga tayyorligini savolnoma orqali aniqlash. 
4. Uyga vazifa. Bolalarni maktabga tayyorlash borasida ota-onalar uchun 
ko‗rgazma tayyorlash. 
1- qism. So‗rovnoma 
Hurmatli ota-onalar! 
Sizning bolangiz yaqinda 7 yoshga to‗ladi. Bolalik o‗tib tartibli, rejaga asoslangan 
ta‘lim boshlanib, u bolangizning har tomonlama shaxs sifatida shakllanishiga 
yordam beradigan yangi muhim bosqich boshlanadi. Birinchi sentabrda sizning 
bolangiz o‗zining birinchi qadamini o‗zining tengdoshlari, o‗qituvchisi bilan 


119 
birgalikda maktabning ostonasiga qo‗yadi. Sizdan bir necha savollarga yozma 
ravishda javob berishingizni iltimos qilamiz. 
1. Shaxsan siz uchun «maktabda o‗qiy bilish» jumlasi nima ma‘noni bildiradi? 
Kerakli javobni chizib qo‗ying. 
– yaxshi baholar olish; 
– ustozining gapiga quloq solish va to‗polon qilmaslik
– maktab hayotidagi barcha qonun-qoidalarni bilish va ularga amal qilish. 
2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oilada ola oladimi? 
Uni siz qanday tushunasiz? Fikringizni yozma ravishda berishingiz mumkin. 
3. Maktab boladan yangi mas‘uliyat va yangi majburiyatlarni talab 
qilishi munosabati bilan siz bolangizga nisbatan qanday munosabatdasiz? Kerakli 
javobning tagiga chizing, to‗ldiring. 
– bolaga nisbatan qattiqqo‗llikni va nazoratni kuchaytiraman; 
– bolani oiladagi barcha majburiyatlardan ozod etaman. 
– boshqacha yo‗l tutaman. Qanday? Ko‗rsating. 
4. Sizning bolangizda o‗qishga moyillik bormi? Siz nima deb o‗ylaysiz? 
5. Bolangizni maktabga tayyorlash bo‗yicha sizni qiziqtirgan kitoblarni qayerdan 
olasiz? Keraklisining tagiga chizing. 
– tasodifan sotib oldim; 
– tanishlarim tavsiya qilishdi; 
– pedagogikaga aloqasi bor kishi menga tavsiya qildi; 
– bizning kutubxonada mavjud. 
1-masala yuzasidan berilgan tavsiyalar asosida kengash quyidagicha qaror 
chiqaradi: 
1. Ota-onalarni bolalarining silliqlik bilan maktab ta‘limiga moslashuvini 
ta‘minlash uchun ular bilan hamkorlik ishlarini muntazam olib borilsin. Muddat 
doimiy. Mas‘ul. Tarbiyachilar. 
2. Bolalarni maktabga tayyorlash borasida ota-onalar bilimlarini muntazam oshirib 
borilsin. Mas‘ul ….. Muddat…... 
3. Bolalarni maktabga tayyorlash borasida ota-onalarga adabiyotlar tavsiya 
qilinsin. Mas‘ul…... Muddat……. 
2-qism. Munozara 
Biz ushbu pedagogik kengash asosida o‗zaro fikr almashinuvga, tajriba 
almashinuvga, his-tuyg‗ularimizni ifodalashga harakat qilamiz. 
Hurmatli ota-onalar! 
Hozir biz Sizning bolangiz maktabga chiqish arafasida hissiy tuyg‗ularingiz qay 
darajada ekanligini aniqlashga harakat qilamiz. Har bir stolda rangli kartochkalar 
qo‗yilgan. Sizning bolangizni maktab bo‗sag‗asiga qadam qo‗yishi munosabati 
bilan bog‗liq hayajoningiz darajasini ko‗rsatadigan rangni tanlang. 


120 
– qora - kuchli; 
– ko‗k - me‘yorida; 
– yashil - sezmayapman. 
Maktabga baradigan va maktabga qatnayotgan bolalar ota-onalarining hayajoni 
taqqoslanadi. Qora rang ko‗targan bolaning ota-onasidan «Sizningcha, bu his-
hayajon kimga yoki nimaga bog‗liq deb o‗ylaysiz?» deb so‗raladi. Suhbatimiz aniq 
va ravshan bo‗lishligi uchun har birimiz bu sabab kimga yoki nimaga bog‗liq 
ekanligini aniqlab olishimiz kerak. 
Xulosa: 
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‗lishi 
uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a‘zolari maktabgacha ta‘lim tashkilotiga 
taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday 
bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko‗radilar 
va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling