O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‗g‗ri rivojlantirish uchun qanday namuna 
bo‗la oladi? 
2. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‗yiladigan muhim talablar nimalardan iborat? 
3. Tarbiyachiga xos bo‗lgan muhim fazilatlar, ularga qo‗yiladigan talablarni 
bilasizmi? 
4. Pedagogik qobiliyatlar tarkibini aytib bering? 
5. Tarbiyachi o‗z kasbining mohir ustasi bo‗lish uchun qanday shartlarga amal 
qilishi kerak? 
6. Tarbiyachi nutqiga qo‗yilgan pedagogik talablarni bilasizmi? 
7. Tarbiyachi nutqining takomillashtirilishi ustida ishlash zarurligi nimada ekanini 
tushuntiring? 
8. Tarbiyachi nutqining ta‘sirchanliligi va ifodaliligining ahamiyati nimada? 
9. Tovush qanday hosil bo‗ladi? 
10. Tovush apparati necha bo‗limdan iborat? 
8-mavzu: Maktabgacha ta‟lim tashkiloti va oilada nutq o„stirish bo„yicha metodik 
ishlar. 
Reja: 
 
1.Maktabgacha ta‘lim tashkilotining ota- onalar bilan hamkorlikdagi ishlar 
mazmuni. 
2.MTT va oilada metodik ishlarni olib borish. 
3.Oilada bola nutqiga e‘tibor. 
4.Maktabgacha ta‘lim tashkilotining Ustavi»
5.Tarbiyachining metodik ish yuritish vazifasi. 
 
Tayanch tushunchalar: anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, bola tarbiyasi
oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish 
 
Matabgacha ta‟lim tashkilotlari va oilada metodik ishlar olib borilishi. 
Maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish 
mazmuniga quyidagilar kiradi: 


115 
-bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‗yicha 
maktabgacha ta‘lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan 
tanishtirib borish; 
-ota-onalarga o‗z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar 
ekanliklarini tushuntirib borish; 
- ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‗lgan bilim, malakalardan xabardor 
qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada 
tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); 
- bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‗g‗ri tarbiyalashni nazorat qilib 
borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o‗rganish va ommalashtirish. 
Bola maktabgacha ta‘lim tashkilotida egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila 
sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa maktabgacha 
ta‘lim tashkilotida qo‗llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‗ribgina qolmay, 
balki uni qo‗llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e‘tiborini bola tarbiyasida 
hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, 
tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota- 
onalar bilan ishlash bo‗yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda 
muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq 
eshiklar kuni, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‗rgazmalar tashkil 
etish va konsertlar qo‗yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‗tkazish vaqtlari va 
unga mas‘ul bo‗lgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan 
ishlarning 
mavzulari 
va 
mazmuni 
tarbiyachi-metodistning 
rejasida 
va 
tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‗yicha juda 
ko‗p ishlarni tarbiyachi –pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz 
berayotgan o‗zgarishlarni hammadan ko‗proq ko‗radi va bolalar hayoti bilan 
yaqindan tanish bo‗ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida ko‗proq nimalarga 
e‘tibor berish kerakligi, ularni maktab ta‘limiga tayyorlash, sog‗lig‗ini saqlash, 
ovqati va kun tartibini to‗g‗ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib 
boradi.

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling