O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/78
Sana20.11.2023
Hajmi2.6 Mb.
#1787586
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Matabgacha ta‘lim tashkilotlari va oilada qanday metodik ishlar olib boriladi? 
2. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti va ota-onalar bilan hamkorlikdagi ish mazmuni 
nimalardan iborat? 
3. Ota-onalar bilan o‗tkaziladidan pedagogik kengashning vazifalarini aytib 
bering? 
4. Ota-onalar bilan ishlashda qanday ish shakllaridan foydalaniladi? 
5. Ota-onalar burchagi va ko‗rgazma nima uchun tashkil etiladi? 
9-mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o„rni. 
Reja: 
 
1. Bolalar nutq madaniyatining o‗sishida oilaning o‗rni.
2. Ota-onalar va MTT hamkorligi to‗g‗risidagi bilimlarni shakllantirish. 
3. Ota-onalar bilan treninglar o‗tkazish usullari.
4. Nutqning rivojlanish xususiyatylari. 
 
Tayanch tushunchalar: yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik ijtimoiy burch, 
nutq etiket qoidalari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy qiyofa, umumjamiyat talablari , 
xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash, xayr-ehson, saxovat va muruvvat
treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savolnomalar, interfaol metodlar, 
aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya ,nafosat tarbiyasi. 
 


121 
1. Bolalar nutq madaniyatining о„sishida oilaning о„rni. O`zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan 2016-yil – 
«Sog‗lom ona va bola yili» deb nomlanishidan maqsad sog‗lom nasl, sog‗lom 
muhit, sog‗lom oila, sog‗lom bola kelajagini ta‘minlash, ota-onalar va 
maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining hamkorligi hamda bir-birlariga bo‗lgan 
munosabatlarini yaxshilashdir. O‗zbek oilasining o‗ziga xos, betakrorligi - nutq 
etiket qoidalariga intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta‘lim-
tarbiyasiga, bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir. Bolalarda 
insoniylik, avvalambor, oilada, ota-onalardan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-
ona bolaga boshidan ta‘lim-tarbiyani, nutq madaniyatini, odamiylik xislatlarini 
qunt bilan singdirib borsalar, yetuk, barkamol, sog‗lom, mustaqil fikrlovchi, eng 
asosiysi, odobli shaxs bo‗lib yetishadilar. Inson hayotda bilim olishga intilishni, 
Vatanni sevishni, ardoqlashni, kattalarni hurmat qilishni, muomala madaniyatini 
ota-onadan o‗rganadi. Oila birinchi navbatda ta‘lim-tarbiya maskani hisoblanadi.
Yosh avlodga ma‘naviy, axloqiy-madaniy tarbiya berishning yo‗llari va vositalari 
xilma-xil bo‗lib, bular ichida bolalarning nutqi, muomalasi alohida o‗rin tutadi. 
Farzand ota-onaning baxti va boyligi hisoblanadi, ota-onalarning bolalarni sevishi, 
o‗z navbatida bolalarning ota-onalaridan o‗rgangan, eshitgan muomalalari, 
so‗zlashish madaniyati bolalarning ota-onalarini astoydil hurmat qilishi oila ko‗rki 
bo‗lib hisoblangan. Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim 
metodlaridan 
biri 
hisoblangan. 
Ota-onalarning 
o‗zaro bir-birlari bilan 
suhbatlashishi, ovozlarining past-balandligi, sizlab gaplashishlari,bir-birlarini 
tinglashlari, yurish-turishlari, munosabatlarining ta‘siri ostida o‗sib-ulg‗ayishlari 
shular jumlasidandir. Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim 
metodlaridan biri hisoblanadi. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash 
qadim zamonlardanoq, barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‗lib kelgan. Ota-ona o‗z 
bolalarida mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o‗zidan kichiklarga shafqatli bo‗lish 
va g‗amxo‗rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga 
harakat qilganlar. Ba‘zi oilalarda ota-onalarning o‗zaro kelishmovchiliklari sababli 
bolalar hayotda juda qiynaladilar. Bunday oilalarda bo‗lib turadigan janjal-
to‗palonlar, haqoratli so‗zlar oilada o‗sib kelayotgan farzandlarga katta ta‘sir etadi. 
Bolalarda ota-onasiga bo‗lgan hurmat yo‗qoladi. Bola yurish-turish va o‗zaro 
munosabat qoidalari, yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati, 
kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va 
tasavvurlarni oiladan oladilar, odob hamda ma‘naviy hayot oilada uyg‗onadi. 
Shuning uchun ota-onaning jamiyat oldidagi eng katta va birinchi vazifasi 
farzandlarning qobiliyatlari va qiziqishlariga e‘tibor bergan holda ularga to‗g‗ri 
ta‘lim-tarbiya berishlaridir.


122 

Download 2.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling