O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 2.6 Mb. Pdf ko'rish
|
12947 2 66C920175C96C5448C6EA491E10FE6F78E16DAD0
Ravon nutqni rivojlantirish. Maqsad: bolaning har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi, o‗qishi va uning maktabga samarali tayyorgarligini ta‘minlash uchun sharoit yaratish. Vazifalar: -Bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lgan ehtiyojni shakllantirish; -individual manfaatlarni qo‗llab-quvvatlash; -fikrlash jarayonlarini va kognitiv qiziqishni faollashtirish; -rivojlanish faoliyati; -Nostandart holatlarda samarali harakatlarga tayyorlikni rivojlantirish; -tashabbuskorlikni rivojlantirish, o‗z fikrlarini ijodiy ifoda etish qobiliyatini rivojlantirish; -bolalarni texnik va badiiy ixtiro bilan tanishtirish; -vizual - majoziy idrokni rivojlantirish; -xotirani, nozik vosita ko‗nikmalarini, fikrlash, tasavvurni rivojlantirish; -kommunikativ ko‗nikmalarni, muloqot qobiliyatini va jamoaviy ijodkorlikni rivojlantirish; -bolalarda izlanish va kognitiv faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini kengaytirish; -barkamol shaxsni rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‗ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko‗nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo‗shilish imkoniyatini berishdir. “6X6X6” METODI Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‗zida 36 nafar tahsil oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali muayyan topshiriq yoki masalani hal etishmshuningdek guruhlarning har bir a‘zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. ―6x6x6‖ metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‗ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‗lgan 6 ta guruh o‗qituvchi tomonidan tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga 141 yetgach o‗qituvchi oltita guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi oltita guruhdan bittadan vakil bo‗ladi. Yangi shakllangan guruh a‘zolari o‗z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 1.O‗qituvchi mashg‗ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofida 6 tadan stul qo‗yib chiqadi. 2.Tahsil oluvchilar o‗qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‗linadilar. Tahsil oluvchilarni guruhlarda bo‗lishda o‗qituvchi quyidagicha yo‗l tutishi mumkin: 6 ta stolning har birida muayyan ob'ekt (masalan, kema, to‗lqin, baliq, delfin, kit, akula) sur'ati chizilgan lavhani qo‗yib chiqadi. Mashg‗ulot ishtirokchilariga kema, to‗lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchadan birini olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o‗zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‗yilgan stuldan joy egallaydi. 3.Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so‗ng o‗qituvchi mashg‗ulot mavzusini e'lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma‘lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 4.O‗qituvchi guruhlarning faoliyatini ko‗zatib boradi, kerakli o‗rinlarda guruh a‘zolariga maslahatlar beradi. Yo‗l – yo‗riqlar ko‗rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‗g‗ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‗ng, guruhlardan munozaralarni yakunlashni so‗raydi. 5.Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‗qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi oltita guruhning har biridan bir nafar vakil bo‗lishiga alohida e'tibor qaratiladi.Tahsil oluvchilar o‗z o‗rinlarini almashtirib olishganlaridan so‗ng belgilangan vaqt ichida guruh a‘zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so‗zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvaliga guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriqlar echimlari) ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. Download 2.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling