Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi buxoro muhаndislik-texnologiya instituti qoʼl yozma huquqida
Download 0.56 Mb.
|
Tahrirlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- DHT11 datchigini Arduino unoga ulash ketma-ketligi quydagicha
2.2 Олинган натижалар таҳлили
Ummumiy sxema 2.2.1-rasm Datchiklar ulanishinig ummumiy sxemasi LM393 Yorug’lik datchigini Arduino unoga ulash ketma-ketligi quydagicha: Datchikning VCCpiniga Unodan kelayotgan 5v kontakga, GND(Ground) pin GND kontakga , A0 pin A0(AnalogIN0) kontakga, D0 ulanmaydi. HC-SR501 PIR datchigini Arduino unoga ulash ketma-ketligi quydagicha:Datchikning VCCpiniga Unodan kelayotgan 5v kontakga, GND(Ground) pin GND kontakga , OUT(chiqish) pin D2(Digital2) kontakga.DHT11 datchigini Arduino unoga ulash ketma-ketligi quydagicha:Datchikning VCCpiniga Unodan kelayotgan 5v kontakga, GND(Ground) pin GND kontakga , OUT(chiqish) pin D2(Digital2) kontakga ulanadi. Relay 4x 5v releli modulini Arduino unoga ulash ketma-ketligi quydagicha:Relening VCCpiniga Unodan kelayotgan 5v kontakga, GND(Ground) pin GND kontakga , D1(chiqish) pin D1(Digital1) kontakga, D2(chiqish) pin D2(Digital2) kontakga, D3(chiqish) pin D3(Digital3) kontakga, D4(chiqish) pin D4(Digital4) kontakga ulanadi. RFID RC522 datchigining Arduino Uno mikrokontrolleriga ulanishi: 3.3v pinga Unodan keladigan 3.3v kontakga, RST(Reset) Pin9 kontakga, GND(Ground) pinga GND kontakga, NC ulanmaydi, MISO pinga PIN13 kontaktga,MOSI pinga PIN11 kontaktga, SCK pinga PIN12 kontaktga,SDA pinga PIN10 kontaktga ulanadi. III.BOB. DASTURIY TA’MINOTNI ISHLAB CHIQISH 3.1.Dastur ishlab chiqishda qo’llaniladigan vositalar tahlili Ma’lumotlar bazasi (date base) – bu kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadigan, xar qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob’ektlar, jarayonlar, holatlarning o’zaro bog’liq va tartiblashtirilgan majmuidir. MB – diskda saqlanadigan maxsus ravishda tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir. MB – kompyuter yordamida qidirib topilishi va qayta ishlatish mumkin bo’lgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to’plamidir. Masalan, maqolalar, hisob kitob, telefon raqamlari, guruh jurnali ma’lumotlari va h-zolar. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabxasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Ma’lumotlar bazasi ob’ekt yoki ob’ektlar to’plami holatini ularning xossalari va o’zaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma’lumotlar to’plamini ifodalaydi. Ma’lumotlar bazasiga ob’ektning axborot modeli deb qarash mumkin. Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar to’plamini cheksiz ko’p marta ishlata olish uchun kerak. MB ni boshqarishda keng miqyosda ishlatilishi quyidagi faktorlar bilan aniqlangan: operativligi (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan); o’ng’ayligi (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi); himoyalanganligi va yaxlitligi (ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin emasligi hamda kompyuter texnik vositalarining nosozligidan himoyalanganligi). Ma’lumotlarni ishlash masalalarini yechish usullarni takomillashishi, ma’lumotlar banki tushunchasini ham keltirib chiqardi. Ma’lumotlar banki (MBN) – MB, MBBT va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalar majmuidir. Ma’lumotlar banki - ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Uning tarkibiga MB yoki ularning majmui, MB spravochnigi, MBBT xamda surovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi. Malumotlarni o’zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin «ma’lumotlar banki» deb atalib, keyinchalik esa “ma’lumotlar bazasi” dab yuritila boshlandi. MB istalgan ma’lumotlar to’plamiga tegishli bo’lishi mumkin, jumladan mustaqil fayllar, MB va axborot izlovchi tizimlar. Ma’lumotlar bazasidan va bankidan foydalanish o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plamlariga kirishni ulardan foydalanishni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni yangilash, keraksizlarini yo’kotishni avtomatlashtirishni taminlaydi, jumladan effektiv paketli holatni va teleprostessorli ma’lumotlarni ishlashni ta’minlaydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling