Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi: O'zbekiston Respublikai Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2909 sonli qarorida oliy ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish, ta'limning yangi modelini joriy etish, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini “Universitet-3,0” kontseptsiyasi asosida tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilab o'tilgan. Shu nuqtai nazardan birinchi novbatda ta'lim sifatini oshirish, nazariy va amaliy ko'nikmalarning uzviyligini ta'minlashni asosiy masalalardan biri hisoblanadi.Bajarilayotgan magistrlik dissertatsiyasida o'quv jarayonini samarali tashkil etish uchun foydalanilayotgan auditoriyada nafaqat o'quv qurollari, balkim auditoriyadagi texnik jixozlarning o'quv jarayoniga ta'sir doiralarini o'rganish, mumkin qadar ushbu jixozlarning xarakat qonunlarini tahlil qilgan holda avtomatik boshqaruv sistemasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Magistrlik dissertatsiyasida hozirgi zamon talabiga javob beradigan intellektual o'quv xonalari tahlil qilinib, o'quv jarayoniga auditoriyaning naqadar jihozlanganlik darajasining ta'siri amaliy jihatdan o'rganib chiqildi. Shunga muvofiq dars jarayonida ta'lim sifatini oshirish uchun birinchi novbatda kichik guruhlarni tashkil etish, dars jarayonini axborot texnologiyalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o'tkazish, auditoriyaning shinam va yorug'ligini ta'minlash, o'tiladigan mavzuni internet ma'lumotlari asosida boyitib borish, auditoriyada o'quv, yordamchi jixozlarning ishlash va saqlash muddatini oshirish uchun auditoriyadan foydalanuvchilarning kirish va chiqishlarini nazorat qilish masalalarini hal etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi[5].
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi.Аmaliy, nazariy mashgʼulotlarni samarali tashkil etishda auditoriyaning oʼquv va yordamchi qurollar bilan taʼminlanganlik darajasining taʼsirini oʼrganish asosida intellektual oʼquv xonasini texnik jixozlash va uni avtomatik boshqarishning texnik dasturiy taʼminotini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |