Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi buxoro muhаndislik-texnologiya instituti qoʼl yozma huquqida


DARS JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR


Download 0.56 Mb.
bet6/52
Sana02.06.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1834838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Tahrirlangan

1.2. DARS JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
O`quv xonasida dars jarayonini tashkil etish
*****


1.3. Dars jarayoni samaradorligini oshirishda texnik jixozlarning roli
Oʼquv jarayonidagi asosiy muammolardan biri talabalarning oʼzlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini, xotiralarida saqlash va qoʼllash yoʼllarini egallashni yaxshilashdan iborat boʼlmoqda. Maʼlumki, inson maʼlumotlarning 80 foizini koʼrish, 15 foiziga yaqinini yeshitish va qolgan 5 foizini sezgi organlari orqali oladi.Biroq hayotda maʼlumotlarni faqat qabul qilibgina qolmay, uni yodda saqlash ham kerak.
Taʼlim sohasidagi qoʼllanilayotgan ilgʼor axborot texnologiyalarining asosiylaridan biri-interfaol elektron doskalari hisoblanadi.Bu doskalar zamonaviy texnologiyalar rivojlanishining yeng yuqori choʼqqilaridan hisoblanadi.Ular oddiy markerli doskalar kabi ma’lumotlar yuqori tezlikda koʼrinishga ega boʼlib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafiklar,chizma, jadval kabi kompyuter ekranida paydo boʼladi.Elektron doskalarning asosiy afzalliklari quyidagilar:
— maʼlumotni tahrirlash koʼlamining kengligi;
—ma’lumotlardan nusxa olish, elektron pochta orqali joʼnatish, saqlash imkoniyatlarining mavjudligi;
—matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish imkoniyati mavjud;
—virtual auditoriya yaratish imkonida namoyon boʼladi.
Yozib olingan maʼlumotlar fayl koʼrinishida saqlanadi va oddiy printerda chop etilishi mumkin. Interfaol elektron doskada yozilgan matn va grafik rangli markerlar bilan shakllantirilishi hamda printer orqali chop etish.Turli ranglardan foydalanish maʼlumotlarni ajratish va uni samarali qabul qilishga imkon beradi.
Interfaol elektron doskalar aqliy hujumlar uchun ajoyib vositadir. Unda yozilgan axborotlarni, nafaqat muhokama qilish davrida xotirada saqlanadi, balki uni ketma-ket tiklash imkonini ham yaratadi.Bu doskalar bilan birgalikda, taklif etiladigan dasturiy taʼminotlar, bir vaqtning oʼzida bir necha shaharlarda, joylarda seminar oʼtkazish va sezilarli darajada auditoriyani geografik jihatdan kengaytirishga imkon yaratadi. Seminar tinglovchilari oʼzlarining monitorlarida uzatiladigan axborotlarni oʼqish yoki jamoa holda muhokama qilishlari uchun uni katta ekranda namoyish yetish mumkin.Sensorli elektron doska markerlar yordamida har xil dastur interfeysini chaqirib oladigan, turli o’lchamga ega boʼlgan sensor ekrandir. Ular klassik taqdimotlarda yangi texnologiyalar imkoniyatlardan foydalanishga sharoit yaratadi. Interfaol elektron doskalarga turli multimedia vositalari qo’shimcha kompyuter yoki tashqi xotiralar hamda videokameralarni ulash imkoniyati mavjud bo’lib turli taqdimotlarni namoyish qilish imkoni mavjud namoyish qilish.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling