O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


II.3.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana10.06.2020
Hajmi0.83 Mb.
#116696
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgulotlarini tashkil qilish va otkazish uslubiyoti


II.3.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH 

 

  

Bolalarning  harakatli  faoliyati  ularda  asosiy  jismoniy  sifatlarni 



rivojlantirish  bilan  bog`liqdir.  Bunga  chaqqonlik,  epchillik,  kuchlilik,  matonat 

singari    sifatlar   kiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini   alohida    olib 

rivojlantirishni    tasavvur  qilish  ham  mumkin  emas.  Turli      jismoniy        sifatlarni    

tarbiyalash  aslida  bolaning  jismoniy  jihatdan  har  tomonlama  rivojlanishidek 

yagona  jarayonning  turli  tomonlaridir.  Chunki  bunday  rivojlanish      natijasida 

organizmning miqdoriy imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir bo`ladi. 



Lekin  baribir  yuqorida  sanab  o`tilgan  jismoniy  sifatlarning  har  birini 

tarbiyalashning o`ziga xos xususiyatlari mavjuddir. 

Chaqqonlik-bu  faoliyat  davomida  paydo  bo`ladigan  kutilmagan  shart-

sharoitlarga  binoan  harakat  faoliyatini  tezlik  bilan qayta  qura bilash  hamda  yangi 

harakatlarni  egallay  olish  qobiliyatidir.  Chaqqonlikni  tarbiyalash  harakatlar 

uyg`unligini  rivojlantirish,  ularning  sur`ati  va  ko`lamini,  muskullarning  zo`riqishi 

va  bo`shashi  darajasini  bir-biridan  farq  qilish,  shuningdek,  vaqtga  va  joyga 

moslashib  mo`ljal  ola  bilish  mahorati  asosida  sodir  bo`ladi.  Chaqqonlikni 

tarbiyalash  uchun  aniq  xarakatlar  qilish  qobiliyatini  rivojlantirish  muhimdir. 

Bundan  tashqari,  turg`un  holatda  hamda  bir  joydan  ikkinchi  joyga  yurib 

borilayotganda      gavdaning      muvozanatini  saqlay  olish  chaqqonlik 

ko`rinishlaridan  biri  hisoblanadi.  Bolalikning  maktabgacha  yoshida  harakat 

analizatorini  rivojlantirishda  anchagina  siljish  ro`y  beradi.  Bu  esa  chaqqonlikni 

asta-sekin  takomillashtirib  borish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Harakatlarni    

bajarishdagi  epchillik  ham  maktabgacha  yoshdagi    bolalarda  tez  rivojlanadigan 

muhim xususiyatdir. 

 Epchillik-bu harakatni   eng kam    vaqt ichida   bajara olish qobiliyatidir. U 

qandaydir        bir  signalga      javob  tariqasi  bajarilgan  harakat  tezligiga    (harakat 

reaksiyasi    deb    ataladigan tezlikka), ayrim   harakatlar   tezligiga,   shuningdek 

ko`p  marta  takrorlanayotgan      harakatlarning  tezligiga  bog`liq  bo`ladi. 

Harakatlarning  mana  shu  barcha  ta`rif-tavsifi,  bog`chadagi  kichik      yoshdagi 

bolalardan        boshlab  to  katta  gruppadagi  bolalarda  muntazam  mashq  natijasida 

o`sib  boradi.  Chaqqonlik  va  epchillikning    rivojlanishiga  o`yin  va  mashqlarni 

muntazam  bajarib  borish  orqali  erishiladi.  Bunda  atrofdagi  muhit  sharoitning 

o`zgarishiga  qarab  shug`ullanuvchilar    tezlik    bilan  javob  reaksiyasi  berishlari 

hamda  bir  harakatdan  ikkinchisiga  jadallik        bilan        o`tishlari,  tez  siljishlari  va 

topshiriqni  bajarishlari        muhimdir.      Turli    o`yinlar  hamda    to`siqlarni  engib 

o`tish,      to`xtab-to`xtab,      burilishlar  bilan  bajariladi  birdan        berilgan  signal    

bo`yicha        xilma-xil      topshiriqlarni  bajarish,  hatlab        o`tish,  engashib-emaklab 

o`tish bilan bog`liq bo`lgan mashqlar, muvozanat mashqlari,har turli sport o`yinlari 



va  boshqalar  mana  shunday  chaqqonlik  va  epchillikni  o`stiruvchi  mashqlar 

hisoblanadi. 

Kuchlilik-bu  muskullarni  ma`lum  darajada  zo`riqtira  olish  qobiliyati 

bo`lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolaning    muskullari  hali  yaxshi  rivojlanmagan 

bo`ladi,  uning  asab  harakati  ham  hali  takomillashmagan,  bog`cha        bolalari 

muskullarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar. 

Bog`cha bolalari     uchun, ayniqsa,      kichik  gruppadagilar uchun  shu narsa 

muhimdirki, ularda rostlovchi muskullarning xayotiy, faoliyatidan     ko`ra   bukish    

muskullarining  hayotiy    faoliyati  ortiqroq  bo`ladi,    bolalar  yurish  va  yugurish 

vaqtida  oyoqlarini  yarim  bukik  holda      tutib  harakat  qiladilar,  o`yinlar  o`tkazish 

vaqtida  esa  engashib  o`tiradilar  va  hokazo.  Shu  sababdan  bolaning  kuch-quvvat   

sifatlarini  rivojlantirayotganda  rostlovchi  muskullar        kuchini  ko`paytirishga    

e`tibor    berish,         bola gavdasini  va  oyoq-qo`llarini  rostlaydigan, to`g`ri  turishga 

o`rgatadigan mashqlar bajartirish muhim ahamiyatga egadir. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  kuch-quvvatni  tarbiyalashga  qaratilgan 

mashqlar asosan dinamik xarakterga ega bo`lishi kerak. Ayni vaqtda bu uzoq vaqt 

davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zo`riqishlar bilan 

bog`liq,  bo`lmasligi  shart.  Bundan  tashqari  kuchni  rivojlantirishda  zo`r  berib 

kuchlanish  zarur  bo`lgan  mashqlar  qo`llanmasligi  kerak.  Bog`cha  bolalarkning 

kuch-quvvatini  tarbiyalash  uchun  qisqa  muddat  davom  etadigan  tezlik-kuch  talab 

qiladigan  mashqlar  (masalan,  bir  joyning  o`zida  turib  uzunlikka  sakrash,  uzoqqa 

uloqtirish  mashqlari),  shuningdek,  o`z  og`irligini  ko`tarish  bilan  bog`liq  bo`lgan 

ba`zi  bir  mashqlar  (engashtirib  qo`yilgan  va  tikka  turgan  narvonlar,  taxtalarga 

tirmashib  chiqish  mashqlari,  gimnastika  skameykasida  o`z  qo`llari,  kuchi  bilan 

tortilish va shunga o`xshash mashqlar)ni bajarish o`rinlidir. 

Matonat-bu  jismoniy  ishni  imkoni  boricha  uzoq  vaqt  davomida  yetarli 

darajadagi  jadallikni  saqlagan  holda  bajara  olish  qobiliyatidir.  Matonatni 

tarbiyalash  organizmning  turli  sistemalarining  miqdoriy  imkoniyatlarini  oshirib 

borish  bilan,  asta-sekin  sharoitga  moslashib  borish  bilan,  oqibat  natijada 



charchashga  olib  boradigan  kuchli  zo`riqish  bilan  uzoq  vaqt  davom  etadigan 

faoliyat  natijasida  organizmda  paydo  bo`ladigan  ko`nikish  bilan  bog`liq  bo`ladi. 

Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga o`zlari ko`nikib 

qolgan  vazifaga  qaraganda  yuqoriroq  jismoniy  ta`sir  ko`rsatadigan  mashqlar  va 

o`yinlar qo`llaniladi. 

Maktabgacha      yoshdagi    kichik    gruppalarda  matonatni  tarbiyalash  bilan 

bog`liq  maxsus  mashqlar  amalga  oshirilmaydi.  Katta  yoshdagi  bog`cha    

bolalarida  matonatni  tarbiyalash  uchun  o`yin  va  mashqlardan  foydalaniladi.  

Bunday o`yin va  mashqlarda ancha og`ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zo`riqish 

talab qilinadi. Bunday  mashqlarda    bolalar    diqqat-e`tiborni  bir  yerga jamlab,  

mashqlarni    takrorlashda     yetarli     darajada    uzoq tanaffuslar  berib,  ularga    

dam   oldirish lozim.  Bu yoshdagi bolalarda    matonat    avvalo yurish,  yugurish,  

sakrash,  chang`ida  yurish,  raq  tushish,  suzish  va  harakatli  o`yinlar  o`ynash  va 

mustaqil faoliyat ko`rsatish vaqtida rivojlanadi.  

Mashg`ulotlarni rejalashtirish. 

Tarbiyachilar        yurish,  yugurish,  sakrash,      uloqtirish,    tirmashib  chiqish,  

muvozanat  mashqlari  kabi  asosiy  harakatlarni  izchil  ravishda  mashg`ulotlarga 

taqsimlab  chiqishda  ko`proq  qiynaladilar.  Ularni  rejalashtirish  vaqtida        faqat 

mashg`ulot    o`tkazish    shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), 

bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay,    shu bilan birga har bir harakat 

malakasini    izchillik    bilan    shakllantirishga    ham e`tibor berish kerak. Bunga 

murakkabligi        tobora  ortib    boradigan  mashqlar  va  o`yinlarni  ko`proq  tanlash 

orqali erishiladi. 

Mashg`ulotlar  vaqtida  asosiy  harakatlarning  bir-biri  bilan  maqsadga    

muvofiqroq  ravishda  qo`shib  olib  borishni  ko`zda  tutish,  shuningdek,  bolalarning  

yuksak darajadagi faolligini  ta`minlovchi uyushtirish usullarining qo`llanishi ham 

katta ahamiyatga egadir. 

Materialni takrorlash ham muhim rol o`ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan 

oradan  3-4  hafta o`tgandan keyin  takrorlab  turgan  ma`qul. Har  bir o`rganiladigan 


harakat  turiga  bir  nechta  (ikki-to`rt)  izchil  bajariladigan  mashg`ulotlarni  kiritish 

maqsadga muvofiqdir.                                                          

Odatda  mashg`ulotlar  uchun  bolalarni  o`qitishning  har  xil  bosqichlari  bilan 

bog`liq  bo`lgan  mashqlar  tanlanadi:  topshirnqlarnipg  biri  ko`pincha  yangi 

mashqlarni o`rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog`liq bo`ladi, 

boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishgа qaratilgan bo`ladi. 

Materialni  taxminiy  taqsimlash  rejasida  har  bir  yosh  gruppasi  uchun  faqat 

asosiy harakatlar bilan bog`liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli o`yinlar berilgan. 

Mashg`ulotlar  uchun  belgilangan  umumiy  rivojlanish  mashqlarining 

mazmuni  mashg`ulotning  asosiy  maqsadiga  bo`ysundiriladi,  u  bolani  asosiy 

mashqlarga tayyorlamog`i lozim. 

Yosh  gruppalari  uchun  tuzilgan  planda  haftasiga  ikki  marta  o`tkaziladigan 

mashg`ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu planlashtirishda birmuncha 

o`zgartirishlar  bo`lishi  uchun  kerakli  erkinlikni  ta`min  etadi.  Ikkinchi  mashg`ulot 

birinchi mashg`ulotning   mazmunini to`la takrorlashi ham mumkin. Bolalar o`tgan 

mashg`ulotlarda        o`rgangan  harakatlarni  takrorlab,  faol  ravishda  mashq  qilib 

olishlariga    imkon  yaratish  uchun  shunday  qilinadi.  Ba`zan  ikkinchi 

mashg`ulotning  mazmuni      qisman  o`zgartiriladi:  mashg`ulotning  kirish  qismiga 

boshqa  yangi        mashqlar  kiritiladi  yoki  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  uchun 

boshqa mashq   tanlanadi, asosiy harakatlarga o`rgatish vaqtida bolalar kollektivini 

uyushtirish  uslubi  o`zgartiriladi.  Boshqa  mashg`ulotdagi  asosiy  harakatlar 

qo`shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi. 

Kvartallar  bo`yicha  tuzib  chiqilgan  perspektiv  plan  asosida  tarbiyachining 

har  bir  mashg`ulotning  reja-konspektini  tuzib  chiqishi  osonroqdir.  Bunda  har  bir 

yosh  gruppasida  material  qanday  o`tilayotganini  nazorat  qilib  borish  imkoniyati 

ortadi. 


 

BOB BO`YICHA XULOSA 

 


Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari 

quyidagilardan  iborat:  1)  mashg`ulotlar,  2)  jismoniy  tarbiya-sog`lomlashtirish 

tadbirlari  (ertalabki  gimnastika, harakatli  o`yinlar, sayr  vaqtidagi  sport  mashqlari, 

fizkultdaqiqa,  bog`cha  atrofiga  saylga  chiqish,  jismoniy  tarbiya  bayramlari, 

shaxsiy  ishlar)  ni  bolalar  bog`chasi  kun  tartibiga  binoan  o`tkazish,  3)  bolalarning 

mustaqil ravishda bajaradigan harakatli   faoliyati. 

Mashg`ulotlar  jismoniy  tarbiyaning  ta`lim-tarbiya  hamda  sog`lomlashtirish 

vazifalarini  hal  etishga  qaratilgandir.  Ta`lim  vazifalari  bolalarga  jismoniy 

mashqlarni  o`rgatishdan,  hosil  qilingan  malakalarni  o`zgarib  turgan  sharoitlarga 

mos ravishda qo`llay   olishga   o`rgatishdan   iboratdir. 

Bolalar  jismoniy  tarbiya  to`g`risida,  uning  sog`lomlashtiruvchi  ahamiyati 

haqida,  chiniqish  usullari,  to`g`ri  nafas  olishning  ahamiyati,  mashqlarni  bajarish 

uslublari  va  shu  singari  boshqa  mashqlar  to`g`risida  tasavvur  hamda  bilimga  ega 

bo`lishlari  kerak.  Jismoniy  tarbiya  yuzasidan  o`tkaziladigan  mashg`ulotlarda 

majburiy  mashqlarning  bajarilishi  tarbiyalash  hamda  sog`lomlashtirish  vazifalari 

bilan, jismoniy fazilatlarning shakllanishi bilan hamohang holda birga qo`shib olib 

boriladi. 

Tarbiyachining  mashg`ulotga  tayyorlanishida  asosiy  ishlardan  hisoblanadi. 

Reja tuzishda aniq, yosh gruppalari uchun dastur talablari, oldingi mashg`ulotning 

yakuni,  mashg`ulot  o`tkaziladigan  joy  hamda  kerakli  o`quv  qurollarining   

mavjudligi  hisobga  olinadi. 

Bola organizmida fiziologik faoliyatni kuchaytirish bilan bog`liq bo`lgan har 

qanday  jismoniy  mashqlar  o`z  ta`sirini  o`tkazadi.  Bu  ta`sirning  qay  darajada 

bo`lishi  yuklamaning  hajmi  va  jadalligiga  bog`liqdir.  Organizm  muayyan 

yuklamaga  o`rganib  qolgandan  keyin  uni  kam  kuch  bilan,  ko`proq  tejamkorlik 

bilan  uddalay  oladi.  O`rganib  qolingan  yuklama  organizmdagi  faollik 

imkoniyatlarning  oshirilishiga  olib  kelmaydi.  Shuning  uchun  yuklama  hajmi  va 

jadalligini  mashg`ulotdan  mashg`ulotga,    yildan-yilga  muntazam  ravishda  oshirib 

borish lozim. 


Jismoniy yuklama ko`pgina sabablarga bog`liq bo`ladi: u  mashq va o`yinlar 

xususiyatiga,  har  xil  harakat  turlarining  mushtarakligiga,  ularning  jadalligiga,  

davomiyligiga,  takrorlanish  miqdoriga,  sur`ati  va  harakat  yo`liga,  mashqning 

qanday  sharoitda  o`tkazilishiga,  o`zlashtirilishi  saviyasiga,  bolaning    harakat 

aktivligi darajasiga va boshqa omillarga bog`liqdir.  Jismoniy yuklama shuniigdek, 

bolaning mashg`ulot paytidagi  asab-psixikasiga hamda uning emotsional holatiga 

ham bog`liqdir. 

Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish 

bilan bog`liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari    sifatlar   

kiradi.  Amalda  mazkur  sifatlarning  hech  birini      alohida        olib  rivojlantirishni  

tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli   jismoniy    sifatlarni    tarbiyalash aslida 

bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli 

tomonlaridir.  Chunki  bunday  rivojlanish      natijasida  organizmning  miqdoriy 

imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir bo`ladi. 

Chaqqonlik-bu  faoliyat  davomida  paydo  bo`ladigan  kutilmagan  shart-

sharoitlarga  binoan  harakat  faoliyatini  tezlik  bilan qayta  qura bilash  hamda  yangi 

harakatlarni egallay olish qobiliyatidir 

Epchillik-bu harakatni   eng kam    vaqt ichida   bajara olish qobiliyatidir. 

Kuchlilik-bu  muskullarni  ma`lum  darajada  zo`riqtira  olish  qobiliyati 

bo`lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Matonat-bu  jismoniy  ishni  imkoni  boricha  uzoq  vaqt  davomida  yetarli 

darajadagi jadallikni saqlagan xolda bajara olish qobiliyatidir. 

 

 

 



 

 

 



 

 


III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK 

XALQ VA HARAKATLI O`YINLARI. 

 

O`zbekiston  mustaqilligi  davrida  aholining  sihat-salomatligini  yaxshilash, 



ayniqsa  sog`lom  ona-sog`lom  bola  shioriga  amal  qilish  yo`lida  beqiyos  ko`p  va 

ulkan  tadbirlar  olib  borilayotganligi  e`tibor  hamda  olqishlarga  sazovordir.  Bu 

yo`lda  Respublika  Prezidenti  I.A.Karimovning  chuqur  ma`noli  va  keng  qamrovli 

mulohazalari eng yuksak darajadagi omildir. 

O`zbekiston  Prezidentining  qator  farmonlari  va  Respublika  xukumatining 

ko`pgina qarorlari sog`lom oila, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, ta`lim-

tarbiya hamda ular bilan bevosita bog`liq bo`lgan faoliyatlarni yanada yaxshilashga 

qaratilganligi  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ayniqsa    "Ta`lim  to`g`risida" 

(1997y), "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi (2000 yil yangi tahrir) qonunlar 

mazmunida  maktabgacha  bolalar  tarbiya  muassasalarining  ish  faoliya-tini 

yaxshilash  va  mehnat  samaralarini  yanada  oshirish  kabi  muhim  jarayonlar  o`z 

ifodasini topgan. 

E`tirof  etish  lozimki,  faqat  shahar  joylaridagina  emas,  hatto  uzoq 

qishloqlarda ham bolalar bog`chalari talab darajasida sharoit-lariga ega bo`lmoqda. 

Bunda bolalar yoshiga (guruh) qarab jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport 

turlarining qismlari (elementlar) maqsadli tashkil etilmoqda. Bunda maxsus ishlab 

chiqilgan "Jismoniy tarbiya" dasturlaridan unumli foydalanilmoqda. Maktabgacha 

yoshdagi  bolalar  tarbiya  muassasalari  uchun  "Jismoniy  tarbiya"  dasturlari  va 

uslubiy qo`llanmalar hamda tavsiyanomalarni ishlab chiqish, nashrdan chiqarishda 

atoqli olimlar K.M.Maxkamjonov, X.A.Meliev, X.Tulenova kabilarning xizmatlari 

kattadir. 

Xar bir millat xalqning o`ziga xos o`yinlari, uning qoidalari mavjud. O`zbek 

xalqining  milliy  o`yinlari  xalq  madaniyatining  ish  faoliyati  va  atrof-muhiti  bilan 

bog`liq.  Pedagogik  yondashishda  ular  yosh  bolalarning  jismoniy  va  aqliy 

faoliyatini  oshirib  boradi.  O`zbek  xalq  o`yinlarida  o`zbek  xalqining  xarakteri, 

samimiyligi,  to`g`ri  so`zligi,  jasurligi  yaqqol  namoyon  bo`ladi.  Ijodiy  izlanish 



faollik  va  do`stlik  munosabatlarini  qatnashuvchidan  talab  qiladi.  O`z  mazmun 

jihatidan  o`zbek  xalq  o`yinlari  sodda  va  tushunarlidir.  Harakatli  o`yinlar  bolaga 

xursandchilik bag`ishlaydi, hayot tonusini oshiradi, o`yin syujetiga zamin yaratadi. 

O`zbek  xalq  o`yinlarining  yana  bir  asosiy  tomoni  shundaki  u  bolalarda 

axloqiy  his-tuyg`uni  tarbiyalaydi.  Masalan:  "Qoch  bolam  qush  keldi"  o`yinida 

bolaning  harakat  koordinatsiyasi  yaxshilanadi,  bir-biriga  yordam  berish,  diqqatli 

bo`lish,  birdamlik  sifatlarini  tarbiyalaydi.  Xalq  va  harakatli  o`yinlar  jismoniy 

rivojlanishiga  hamda  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalashga  imkoniyat    yaratadi. 

O`quvchilar turli o`yinlar jarayonida o`z harakatidan quvonibgina qolmay, hayotni 

sevishga,  uning  go`zalligini  bilish,  salomatlikni  nazorat  qilishga,  Vatan  uchun 

mehnat  qilishga  ham  o`rganadi.  Bu  o`yinlar  ochiq  havoda  yakkama-yakka  va 

guruh  bo`lib  o`tkaziladigan  o`yinlar  hamda  quyidagi  jismoniy  mashqlardir. 

Arqondan  yakkama-yakka  va  guruh  bo`lib  sakrash,  kim  o`zarga  yugurish,   to`pni 

otish va ilish, koptokni nishonga va uzoqqa irg`itish, otga minish va shu kabilar. 

Xalq  milliy  harakatli  o`yinlarning  o`ziga  xos  xususiyati  shundaki,  ularda 

dasturga kiritilgan hamma asosiy harakatlar o`rin topadi: yurish, yugurish, sakrash, 

tirmashib  chiqish,  otish  va  boshqalar.  Shu  boisdan  o`tkazilayotgan  ilmiy-tadqiqot 

ishlarining  bolalar  salomatligini  asrash  va  yanada  yaxshilash,  ularning  jismoniy 

tayyorgarligini oshirish, jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ahamiyati kattа. 

Shular  qatori  harakatli  o`yinlarning  bolalar  hayotida,  bog`cha  kun  tartibida 

o`rin egallashini aniqlash hamda ularni musobaqa tarzida tashkil qilish va o`tkazish 

usul, uslublarini tanlash xam katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun sog`likning 

poydevorini  eng  kichik  yoshdan  boshlash  kerak.  Hamma  o`yinlar  harakat  turiga 

qarab  turkumlarga  taqsimlangan,  ular  yugurish  elementlari,  sakrash  elementlari 

irg`itish elementlari, olib otish, emaklab o`tish elementlarini o`z ichiga olgan. Shu 

o`yinlar  qatori  bolalarga  o`yin  qoidalari,  o`yinlarni  tashkil  qilish  va  o`yinlar 

to`g`risida  bilim  berib  borish  lozim.  Yuqorida  aytganimizdek,  xalq  va  milliy 

harakatli  o`yinlarning  asosiy  xususiyatlaridan  biri  bolalarda  ahloqiy  hissiyotni 

tarbiyalashdir.  Unda  bolalarning  o`yin  qatnashchilari  bilan  ko`proq  o`zaro 

munosabda bo`lishlari, tashkilotchilik va intizom namoyon bo`ladi. 



 

III.1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH 

QOIDALARI 

 

Harakatli o`yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarii 

hisobga olishi hamda jismoniy mashqlarni mos ravishda belgilay olishi kerak.   

Bola  7  yoshga  etib  maktabga  qadam  qo`yganida  uning  tayyorgarligi 

darajasini  hisobga  olish  zarur.  Masalan,  sakrash  o`yinlarini  o`tkazishda 

ehtiyotkorlik  talab  etiladi,  chunki  avvalo  bolalarni  sakrash  usullariga  jismoniy 

tarbiya  mashg`ulotlarida  o`rgatish  lozim.  Albatta,  bog`cha  bolalarining  harakat 

ko`nikmasi  va  malakasini  rivojlantirishda  gap  harakat  texnikasini  chuqurroq 

o`rgatishda  emas.  Masalan,  bolalar  uzunlikka  yugurib  kelib  sakrashga 

o`rgatilgandagina  bo`lsa,  avval  ularni  sakrash  oldidan  birdaniga  to`xtab 

qolmaslikka,  yugurishni  sekinlashtirmaslikka,  sakrashdan  oldin  bir  oyoqda 

depsinib,  ikkala  oyoq  bilan  yumshoq  tushishga  o`rgatish  lozim.  Faqat  shundan 

so`ng  sakrash  o`yinlariga  o`tilsa  bo`ladi,  chunki  bu  kabi  o`yinlr  tufayli  bolalarda 

sakrash uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalarni hosil qilish mumkin, bundan 

tashqari,  shu  kabi  harakatli  o`yinlar  chaqqonlik,  jasurlik  kabi  jismoniy 

xususiyatlarni ham rivojlantiradi. 

Harakatli  o`yinlarni  tanlab  olishda,  eng  avvalo,  tarbiyachi  kitob  va 

qo`llanmalarda  berilgan  o`yinlarning  jismoniy  va  psixologik  ta`siri  jihatlarini 

bilishi  kerak.  Yana  shuni  unitmaslik  kerakki,  o`yin  vazifasi  qo`yilganda  faqat 

harakatlarga  mos  bo`lishi  shart  emas,  balki  harakatli  o`yinlar  yordamida    bolalar 

ruhiyatida  bir-biriga  yordamlashish,  qo`llab-quvvatlash  xislatlarini  tarbiyalash 

lozim. Buning uchun  "Qoch bolam sor keldi", "Pir-r etdi", "Ikki yaxob", "Mushuk 

keldi" va boshqa o`yinlardan foydalansa bo`ladi. 

Maktabga  tayyorlov  guruhlari  bog`cha  yoshidagi  bolalarga  harakatli 

o`yinlarni  tanlab  olishda  ularning  qiziqishini  hisobga  olish  zarur.  Bu  yoshdagi 

bolalarni  o`yinlardagi  bo`ri,  qo`zi,  sichqon,  mushuk  qiyofasi,  sur`ati,  nimalar 

qilishi  qiziqtirmaydi,  aksincha  ularning  hatti-xarakati,  masalan  mushukning 


chaqqonlik bilan sichqonni sakrab ushlab olishi qiziqtiradi. O`yinlarda harakatlar 

murakkablashib boradi. Masalan, "Bo`rilar zovurda" o`yinida bolalar yugurib kelib 

to`xtab  qolishi,  so`ngra  sakrab,  chaqqonlik  bilan  bo`rilarga  tutqich  bermasdan 

zovurdan  o`tishi  kerak.  Bu  yoshdagi  bolalarga,  shuningdek  ikki  tomon  bo`lib 

o`ynash, qarama-qarshilikning mavjud bo`lishi ko`proq qiziqtiradi. Masalan, "Ikki 

yaxob"  o`yinida  bir  tomon-"yaxoblar"  bolalarni    "yaxlatib"  qo`yishga  intildi  va 

boshqa tomon "yaxlatilib" qolishdan qochishga harakat qiladi. 

Bog`cha  bolalari  bilan  turli  estafetalarni  uyushgan  holatda  o`tkazish  oson 

emas.  O`yin-estafetasini  o`tkazish  bir  qaraganda  oson  tuyuladi,  lekin  bolalar 

o`yinlarini kuzatish natijasi shularni ko`rsatadiki, bunaqangi o`yinlar bolalar uchun 

hech  qanday  tushuncha  bermaydi,  oqibatda  ular  bolalarda  tartibchanlikning 

buzilishiga,  sabrsizlik,  betoqatlik,  xunob  bo`lishlik,  bir-birini  turtish,  asabiylikka 

olib kelishi mumkin. O`yinda yutqazgan hamda g`olib bo`lgan komanda bolalarini 

o`yin tugagandan  keyin tinchlantirish juda murakkab kechadi. 

Maktabga  tayyorlov  guruhidagi  bolalar  tarbiya  talab  bo`lgani  uchun  ham 

ularda  sezgirlik,  tez  yugurish,  chaqqonlik  bilan  predmetlarni    uzatish,  olib  berish 

kabi ko`nikmalar hali hosil bo`lmaganligi hamda komanda oldida mas`uliyat hissi 

shakllanmaganligi,  bir  hatti-harakatni  aniq  baholay  olmasligi,  boshqalarning 

xarakatini  ham  yaxshi  tushunmasligi  kuzatiladi.  Bu  fazilatlar  va  jismoniy  sifatlar 

etishmaganligi uchun xam ularni tarbiyalash lozim. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  hozircha  o`zini  yaxshi  tuta  bilmasligini 

e`tiborga  olib,  guruhlarni  ikki  jamoaga  emas,  balki  4-5  guruhlarga  ajratib  olish 

zarur. Bu guruhlar ketma-ket holatda turmay bir-birini yaxshi ko`rib turishi uchun 

o`tirib  olishi  ham  mumkin,  chunki  navbati  bilan  startga  chiqish  tartibini  saqlab 

turadilar.  Bunday  o`yinlarda  bolalar  bir-birini  kuzatadi,  har  bir  guruhdan  bitta 

ishtirokchi  tezlikda,  chaqqonlikda,  aniq  nishonga  olishda  mahoratini  ko`rsa-tadi. 

G`olib  chiqqan  o`yinchi  o`z  jamoasiga  ochko  keltiradi.  O`yin  tugagandan  keyin 

to`plangan ochkolar hisoblab ko`riladi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa holib deb 

topiladi. 


O`yinni  tashkil  etishda  barcha shart-sharoitlar to`g`ri hisobga olinsa, uning 

tarbiyaviy  ahamiyati  oshiб  boradi.  Buning  uchun  o`yin  paytida  bo`ladigan 

chiziqlar,  chegaralar  masofalari,  kerakli  o`yin  predmetlari:  koptok,  bayroqcha 

kabilar  taqsimlanib  berilishi  lozim,  keyinchalik  esa  bolalarni  o`z-o`ziga  xizmat 

qilishga  odatlantirish  kerak.  Ko`pincha  tarbiyachi  bu  tashkiliy  ishlarni  bolalardan 

biri yoki ikkinchisiga navbatchi sifatida topshiriq berib o`rgatadi, shunda har safar 

navbatchi  almashtirib turiladi. 

Tarbiyachi  o`yin  o`tkazishdan  oldin  uni  qanday  tushuntirishni  o`ylab 

ko`rishi kerak. Tushuntirish judа qisqa, aniq, lo`nda bo`lishi kerak; o`yin mazmuni 

qoidalarini  tushuntirishda  mayda  gaplardan  xoli  bo`lish  zarur.Undan  keyin 

o`yinchilardan kim qaysi yerda turishini aytib o`tish kerak. 

Bolalarga  tanish  o`yinni  o`tkazishda  har  gal  to`liq  tushuntirish  shart  emas 

ammo, o`yin  qoidasini  tarbiyachining  o`zi  ta`kidlab  o`tishi  zarur. O`yin  qoidasini 

bajarishda  tez-tez  xatoga  yo`l  qo`ygan  bolani  ko`rsatib  o`tish  maqsadga  muvofiq 

bo`ladi. 

O`yin  o`tkazilayotgan  vaqtda  tarbiyachi  faqatgina  kuzatuvchi  bo`lib 

qolmasligi  kerak.  O`yinni  shunday  o`tkazish  kerakki,  bolalar  undan  quvonib, 

qanoat  hosil  qilib,  murakkab  qoidalarni  o`rganib  olishsin.  Tarbiyachi  o`yin 

davomida  qatnashuvchilarni  kuzatib,  alohida  bolalarga  e`tibor  berib,  gohida 

rag`batlantirib, gohida qoida buzganlarga tanbeh berib, rahbarlik qilishi kerak. 

Ba`zi  tarbiyachilar  ayrim  koidabuzarliklarga  e`tibor  bermaydilar.  Faqat 

belgilangan  paytdagina  hushtak  chalinishi  kerak,  tarbiyachi  ko`rinib  turgan 

xatolarni unutmasligi kerak, ya`ni bu xatolarni ko`rsatish bolalarda irodani, tartibni 

tarbiyalaydi,  ularni  ortiqcha  hatti-harakatlardan  saqlaydi,  bardoshli  va  intizomli 

bo`lishdek muhim sifatni yuzaga keltiradi. 

O`yin jarayonida bolalarni darhol to`xtatishga ham o`rgatish zarur. Shunday 

umumiy  qoidaga  o`rganish  lozimki,  xoxlagan  o`yin  paytida  belgi  yoki  xushtakka 

bolalar  tezda  to`xtab  qolsin  (  "chapak",  "to`xta",  yoki  "o`yindan  to`xtang!" 

so`ziga).  Shundan  so`ng  tarbiyachining  gapiga,  tushuntirishiga  qati`yan  rioya 

qilishi  kerak.  Lekin  o`yinni  ko`p  to`xtatmaslik  kerak,  chunki  bolalar  hayajonda 



bo`lishini unitmaslik kerak. Tarbiyachi o`yinni o`tkazish chegaralariga ham diqqat 

qilishi  kerak.  Bu  ayniqsa,  juda  mas`uliyatli  payt,  chunki  o`yinning  zavq  bilan 

o`ynalishida  vaqtga  kam  e`tibor  beriladi.  Masalan,  gimnastika  mashqlariga 

qaraganda,  o`yin  vaqtini  belgilash  murakkabrok  bo`ladi.  Bolalardan  "charchab 

qoldilaringmi?"  -deb  so`rash  mumkin  emas,  zavqlanib,  qiziqib  o`ynayotgan 

bolalarga bu ta`sir qilishi mumkin. 

Shu bois tarbiyachi bolalarning charchaganligiga tashqi ko`rinishiga (tez-tez 

nafas  olishi,  yuzining  qizarib  ketishi),  xulqiga  (tez-tez  qoida  buzishlar,  qo`pollik, 

lanjlik)  e`tibor  berishi  va  o`z  vaqtida  o`yinni  to`xtatishi  lozim.  O`yin  har  xil 

tugallanishi  mumkin.  6-7  yoshli  bolalarni  o`yinning  o`zigina  emas,  balki  natijasi 

ham qiziqtiradi. Shu bois har bir o`tkazilgan o`yindan keyin uning natijasini tahlil 

qilish  lozim.  O`yinda  qaysi  bir  o`quvchi  chaqqonlik,  epchillik  mahoratini 

ko`rsatgani,  do`stona  qo`llab  o`ynagani,  foidaga  rioya  qilmaganligi    to`g`risida 

aytib  o`tish  lozim.  Har  bir  o`yin  natijasini  tarbiyachi  o`ziga  xos  ravishda 

tushuntirishi, bolalar uchun chiroyli tahlil qilib berishi lozim.   

 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling