O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti
Ilmiy rahbar: Sport kafedrasi katta o`qituvchisi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgulotlarini tashkil qilish va otkazish uslubiyoti
Ilmiy rahbar: Sport kafedrasi katta o`qituvchisi: R.S.Baymuradov Buxoro Davlat Universiteti, Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4- kurs talabasi Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti » mavzusida bitiruv malakaviy ishigа T A Q R I Z Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog`lom turmush tarziga rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o`g`il-qizlarimizni jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o`zbek sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`- e`tiborini yuksalitirish asosi bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Bolalar tarbiyasi bilan band bo`lgan insonlar shuni anglamog`i kerakki, jismoniy va aqliy rivojlanish, baqamti, yonma-yon boradi. Bu jarayonni olib borishni, ta`lim- tarbiyani, ayniqsa 3-6 yoshli bolalardа davom ettirish kerak, chunki ayni shu yoshlarda jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni o`rganish iroda, qiyinchiliklarni yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi. Bitiruv malakaviy ishning materiali, tavsiya va xulosalar oliy o`quv yurtlari talabalari, murabbiylarga ish jarayonida manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ish: Kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan. Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4-kurs talabasi Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti » mavzusida bitiruv malakaviy ishi tugallangan deb hisoblayman va himoyaga tavsiya qilaman
S.H.Ashurov Buxoro Davlat Universiteti, Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4- kurs talabasi Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti » mavzusida bitiruv malakaviy ishigа T A Q R I Z Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilanadi. Tarbiyachi va ota-onalar uchun bolalarni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Bu borada qanday mashg`ulotlar katta ahamiyat kasb etadi? Avvalo qaysi jismoniy sifatlar va ko`nikmalarni rivojlantirish zarur? Qaysi harakatli o`yinlarni qo`llash maqsadga muvofiq? Jadal rivojlanish yoshiga qadam qo`ygan bola uchun eng muhimi qaysinisi-o`z gavdasi, tanasini boshqarib borishmi yoki kuchli, chaqqon, chidamli bo`lishmi, bilimlarni o`zlashtirish, yangi axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishmi yoki o`z fikrini izhor qilishni bilishmi? Bu masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi. Bitiruv malakaviy ishning materiali, tavsiya va xulosalar oliy o`quv yurtlari talabalari, murabbiylarga ish jarayonida manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ish: Kirish,uch bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan. Jismoniy tarbiya fakulteti, "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat" ta`lim yo`nalishi kunduzgi bo`lim 4-kurs talabasi Eldor Islomovning « Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish uslubiyoti » mavzusida bitiruv malakaviy ishi tugallangan deb hisoblayman va himoyaga tavsiya qilaman
Mundarija KIRISH...........................................................................................................1-5 bet I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DAS- TURI...................................................................................................................6 bet I.1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM TO`G`RISIDA NIZOM.................................................................................6-7 bet I.2.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-TARBIYASIGA QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI..............................................7-10 bet I.3."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI"TAYANCH DASTURI - "MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-TARBIYASIGA QO`YILADIGAN TALABLARI"NING BAJARILISHIGA ERISHILADIGAN DASTUR...................................................................10-21 bet BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................21-22 bet II.MAKTABGACHA TA`LIM MUASSALARIDA JISMONIY TARBIYANING TASHKIL ЭTILISHI VA USLUBIYO- TI.......................................................................................................................23 bet II.1.JISMONIY TARBIYA MASHG`ULOTLARINING VAZI- FASI............................................................................................................23-29 bet II.2.JISMONIY YUKLAMA VA MASHG`ULOTLAR ZICHLI- GI.................................................................................................................30-49 bet II.3.JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH..................................49-53 bet BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................53-55 bet III.MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA O`ZBEK XALQ VA HARAKATLI O`YINLARI......................................................................56-58 bet III.1.HARAKATLI O`YINLARNI TANLAB OLISH VA O`TKAZISH QOIDALARI..............................................................................................58-61 bet III.2.BOG`CHA BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLASHDA HARAKATLI O`YINLARDAN SAMARALI FOYDALA- NISH............................................................................................................61-66 bet BOB BO`YICHA XULOSA......................................................................66-67 bet XULOSA.....................................................................................................68-70 bet FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR....................................................71-73 bet KIRISH Mavzuning dolzarbligi va o`rganilish darajasi. Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar ko`p. Biroq ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga etayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan sog`lom, har tomonlama barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan yoshlar qo`lida. "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatmizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir" , deb ta`kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch" kitobida. Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo`lidagi davlat siyosatining eng ustivor yo`nalishlaridan etib belgilandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog`lom turmush tarziga rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o`g`il-qizlarimizni jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o`zbek sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksalitirish asosi bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilib, yoshlar o`rtasida sportni rivojlantirishning noyob tizimiga asoso solindi. Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-oktbrdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi va 2004-yil 29-avgustdagi "O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risida"gi farmonlari bolalar sportini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo`layotir. Islom Karimov Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilganidan buyon o`tgan davrda bu sohada mamlakatimizda katta tajriba to`planganini alohida qayd etdi. Bugun yurtimizda sog`lom va barkamol avlod voyaga yetayotgani, o`z iste`dodi va mahorati bilan jahon arenalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritayotgan ko`plab yosh sportchilar yetishib chiqayotgani sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor samarasidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar singari ta`lim tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Prezidentimizning mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligini tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997yilda "Ta`lim to`g`risida" gi Qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi-maktabgacha ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har tomonlama ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan qaramoqni talab etadi. Negaki, bugunki bolakay yoki qizaloq zimmasida XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom, bilimli, aqlli bo`lib jamiyatimizning faol a`zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibti. Bunda esa ular sizu-bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz. Mamlakatimiz kelajagi uchun sog`lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati juda katta. So`nggi yillarda sport va jismoniy tarbiya yoshlаr hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi Farmonida "bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarda sport ko`nikmalarini singdirishning sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlarida mashg`ulotlarga tanlab
olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga ko`maklashish" lozimligi alohida ta`kidlandi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda biz ham shu mavzuga qo`l urib, ilmiy, ilmiy-uslubiy manbalarni taxlil qildik, ko`pgina ilmiy anjumanlar materiallarini o`rganib chiqdik.Ilmiy amaliy anjumanlar materiallaridan mavzuga oid quyidagi: "Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tayorgarligi dinamikasi va uning yosh bilan bog`liq xususiyatlari" Masharipova M. (2005y), " Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya tizimida jismoniy mashqlarning o`rni" Salixova G.(2005y) "Ota- onalarning oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish uslubi" Atoev A, Ibragimov B.(2008y) , "Maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o`yinlarning o`ziga xos xususiyatlari"Yo`ldosheva G,Davronova D. (2008y), "Maktabgacha ta`lim muassasalarida sayr qilishni tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyati" Sultonov R, Kambarov D.(2009y), "Jismoniy tarbiya va sport ta`limidagi muammolar yechimi yo`lida "Mavlonov A, Mamirova D, Xoliqov A.(2009y)va boshqa ko`pgina maqola va tezislar bilan tanishib chiqdik. Ishning maqsad va vazifalari. Tarbiyachi va ota-onalar uchun bolalarni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Bu borada qanday mashg`ulotlar katta ahamiyat kasb etadi? Avvalo qaysi jismoniy sifatlar va ko`nikmalarni rivojlantirish zarur? Qaysi harakatli o`yinlarni qo`llash maqsadga muvofiq? Jadal rivojlanish yoshiga qadam qo`ygan bola uchun eng muhimi qaysinisi-o`z gavdasi, tanasini boshqarib borishmi yoki kuchli, chaqqon, chidamli bo`lishmi, bilimlarni o`zlashtirish, yangi axborot va ma`lumotlardan xabardor bo`lishmi yoki o`z fikrini izhor qilishni bilishmi? Bu masalada ikkala yo`nalish ham juda katta ahamiyatga ega. Zero shu yo`nalishdagi biron-bir yetishmovchilik, kamchilik albatta tez orada bilinadi. Bolalar tarbiyasi bilan band bo`lgan insonlar shuni anglamog`i kerakki, jismoniy va aqliy rivojlanish, baqamti, yonma-yon boradi. Bu jarayonni olib borishni, ta`lim-tarbiyani, ayniqsa 3-6 yoshli bolalardа davom ettirish kerak, chunki ayni shu yoshlarda jismoniy salomatlik, qiziquvchanlik, o`rab olgan olamni o`rganish iroda, qiyinchiliklarni yengib o`tish ko`nikmalari yaratiladi. Harakatli o`yinlar orqali bolaning jismoniy va ruhiy sog`lomlik, axloqiy tarbiyasi xamda shaxslik xususiyatini rivojlantirishda mohirona foydalanishni o`rganish maqsadida o`z oldimizga quyidagi vazifalarni qo`ydik: -Mavzuga doir ilmiy, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni to`plash va o`rganib chiqish; -Harakatli o`yinlar orqali bolalarni sog`lom turmush tarziga jalb qilish, ular faolligini rag`batlantirish, eng avvalo bilimdonligi, o`yinga qiziquvchanligi, hissiy (emotsional') xotirjamligini ta`minlash, o`zi va boshqalar to`g`risidagi, yon-atrof, olam haqidagi bilimlarini shakllantirish, turli shakldagi hamkorliklarga (kattalar va turli yoshdagi bolalar bilan) qo`shimcha imkon yaratish; -Maktabgacha ta`lim muassalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga harakatli o`yinlarni tashkil qilib o`tkazishda amaliy yordam berish; - Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bolalarni harakat faoliyatiga o`rgatishdagi asosiy shakl hisoblanadi. Bolalarda shunday sifatlarni tarbiyalash kerakki, ular keyinchalik maktabda o`qishga yordam berishi lozim, intizomli bo`lish, tarbiyachi-pedagogni tinglay bilish, jismoniy mashqlarni nafaqat ko`rsatganda, balki so`z orqali bajarishni o`rgatish; -Ishning umumiy saviya va mazmunidan kelib chiqib umumiy xulosalarni tayyorlash va tavsiya etish. Ishning ilmiy nazariy yangiligi. Bitiruv malakaviy ish uchun olingan mavzu bizning fikrimizcha yetarli darajada o`rganilib chiqilmoqda, chunki maqola va tezislarni o`rganib tahlil qilib chiqqanimizda shunday fikrga keldik, bu borada muayyan maqolalar va tezislar ilmiy anjumanlarda yoritilgan. Anketa so`rovnomalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar ochib berildi va ilmiy asoslarga asoslangan xulosalar olg`a surildi. Ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning materiali tavsiya, ko`rsatma va xulosalar umumta`lim maktablari o`qituvchilariga hamda talabalarga ish jarayonida manba` sifatida xizmat qilishi mumkin.
adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.
I."UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI" TAYANCH DASTURI.
Bitiruv malakaviy ishni to`la ochib berish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat ko`rsatuvchi mutaxassislarning qaysi Qonun va qarorlar hamda dasturlar asosida ish olib borishlarini o`rganishni oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Bu savolimizga javobni anketa yordamida olishga qaroр qildik shu bilan
birgalikda O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi vazirligi tomonidan chiqarilgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch dasturi me`riy hujjatini o`rganib chiqishga qaror qildik va tanlangan mavzuga tegishli bo`lgan bandlarni ishga kiritishni lozim deb topdik
1.Umumiy qoidalar 1.1.Maktabgacha ta`lim uzluksiz tizimining boshlang`ich turi hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida" qonunlari talablari asosida tashkil etiladi. 1.2.Maktabgacha ta`lim sog`lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. 1.3.Maktabgacha ta`lim, bola 6-7yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo`lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi. 2. Maktabgacha ta`limning maqsad va vazifalari 2.1. Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talabalariga muvofiq sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlaydigan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998yil 5yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ta`lim standartlari to`g`risida Nizom"ga muvofiq belgilanadi. Davlat talablari asosida barcha turdagi maktabgacha ta`lim muassasalari va oilada qo`llash uchun tavsiya etiladigan tayanch dastur ishlab chiqiladi. 2.2. Maktabgacha ta`limning vazifalari:
-bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; -bolalarda milliy g`urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; -maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o`qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta`lim jarayoniga tayyorlash; -bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o`zini fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish; -bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta`minlash.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling