O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti


I.2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.06.2020
Hajmi0.83 Mb.
#116696
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgulotlarini tashkil qilish va otkazish uslubiyoti


I.2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-

TARBIYASIGA QO`YILADIGAN DAVLAT TALABLARI 

 

1.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  beriladigan    ta`lim-tarbiyaning  maqsad 



va vazifalari 

O`zbekiston  Respublikasining    "Ta`lim  to`g`risida"gi  Qonuni  va  "Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-

tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom, 

har  tomonlama  rivojlangan  shaxs  sifatida  tarbiyalab  va  maktab  ta`limiga 

tayyorlashdan iboratdir. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ta`lim-tarbiya  berishning  asosiy  asosiy 

vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning 

tug`ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji vа imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy 

va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  muntazam  ta`lim  olishga  (maktabga) 

tayyorlashdan iborat. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  rivojlantirish  va  maktabga  tayyorlash 

jarayoni  oldiga  qo`yilgan  maqsad  va  vazifalarninng  bajarilishi  ushbu  

"Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta`lim-tarbiyasiga  qo`yiladigan  davlat  talablari" 

orqali  nazorat  qilinadi.  Davlat  talablarida  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga 

beriladigan  ta`lim-tarbiya  mazmunining  asosiy  yo`nalishlari  hamda  ularning 



maktabga  tayyorgarlik  darajasiga  qo`yiladigan  minimal  talablar  belgilab  berilgan 

bo`lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi. 

Davlat  talablari  ko`rsatkichlarini  belgilashda  davlat  va  jamiyatning  ijtimoiy 

buyurtmasi,  maktabgachа  yoshdagi  bolalarning  jismonan  sog`lomligi,  qobiliyati, 

ehtiyoji va imkoniyatlari, ya`ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta`lim-tarbiyasiga  qo`yiladigan  talablarni 

bajarish  O`zbekiston  Respublikasi  hududida  faoliyat  ko`rsatayotgan  mulkchilik 

shakli  va  idoraviy  bo`ysunishidan  qat`iy  nazar  barcha  ta`lim  muassasalari  uchun 

majburiydir.  

2. Ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari 

2.1. Bolalarni jismoniy rivojlantirish 

Bolalarning  maktabga  tayyorgarligini  belgilovchi  muhim  ko`rsatkichlaridan 

biri  ularning  jismoniy  jihatdan  rivojlanganlik  darajasidir.  Bolalar  o`z  yoshlariga 

mos  bo`lgan  harakatli,  shu  jumladan  milliy  o`yinlar  nomlarini,  qoidalarini  bilishi 

va  ularda  faol  ishtirok  eta  olishi,  yugurish  va  sakrash,  yoshiga  mos  holda 

belgilangan  normativlarni bajarishi, saflanishi  chaqqon  harakat  qilish, chiniqtirish 

mashqlarini  bajarishi  kabilarni  o`rgatish  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning 

jismoniy  rivojlanishini  ta`minlovchi  ta`lim-tarbiya  mazmunining  asosini  tashkil 

etadi. 

2.3. Ma`naviy-madaniy yetuklik 



Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari, milliy g`urur, mustaqil g`oyasi hamda 

o`z  hududi,  o`lkasi,  xalqiga  mehr  va  sadoqatli  bolani  yoshiga  mos  ravishda 

shakllantirish  maktabgacha  ta`limda  ma`naviy-madaniy  ishlarning  asosini  tashkil 

qiladi. 


Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  odob-axloqli  bo`lishi  va  mehnatga 

muhabbat  qo`yishiga  katta  e`tibor  beriladi.  Bolalar  ilk  yoshdan  boshlab  uyda, 

ko`chada,  bog`chada,  mexmonda  o`zini  tutish  qoidalari,  muomala  madaniyati, 

ovqatlanish,  kiyinish,  yechinish,  saranjom-sarishta  yurish,  odobli,  mehnatsevar 

bo`lish,  boshqalar  mehnatini  qadrlash  kabi  odatlarga  o`rgatiladi.  Ana  shu  odatlar 


bolani  odob-axloqli,  mehnatga  layoqatli  qilib  tarbiyalash  mazmunining  asosini 

tashkil etadi. 

Bolalarning  ma`naviy  jihatdan  barkamol  bo`lishida  nafosat  tarbiyasi  asosiy 

o`rin tutadi. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan 

shodlana  olish  qobiliyatlari  bolalarda  ilk  yoshdan  rivojlantirib  boriladi.  Nafosat 

tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish, 

asosiy  ranglarni  bilish  va  farqlay  olish,  rangli  qalamlardan  foydalan  olish,  ular 

yordamida  sodda  rasmlarni  qog`ozda  tasvirlay  olish,  plastilin  yoki  loydan  sodda 

shakldagi  narsalarni  yasay  olish,  musiqani  tinglab  zavqlana  olish,  ayrim  milliy 

cholg`u  asboblarini  bilish,  musiqa  ohangiga  mos  ravishda  raqsga  tushish  va 

qo`shiq ayta olish kabilarga o`rgatishni tashkil etadi.   

3. Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar 

3.1. Jismoniy rivojlanganlik darajasi 

Maktab  yoshiga  yetgan  bolalarning  jismoniy  jihatdan  rivojlanganlik 

darajasiga qo`yiladigan minimal talablar: 

-mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish; 

-buyruqqa (start) asoslanib yugurish

-xoda ustiga o`tirib oldinga siljish; 

-narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish; 

-5sekund davomida arqonga osilib turish; 

-arg`imchoq uchish; 

-cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish; 

-qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish; 

-bir oyoqda "qaldirg`och" bo`lib turish; 

-oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushirish va bir joydan 

boshqa joyga ko`chirish; 

-joyda turib 15-20 marta sakrash; 

-70sm. uzunlikka sakrash; 

-30sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish; 

-to`xtamasdan 2-3minut davomida yugurish



-100m. masofani to`xtamasdan yugurib o`tish; 

-10m. masofani emaklab o`tish; 

-safda tugri turish va safni buzmasdan yurish; 

-saflanish va qayta saflana olish; 

-musiqa ohangiga mos holda harakat qilish; 

-koptokni irg`itish va ilib olish; 

-ilon izi shaklida yurish; 

-to`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish; 

-chiniqtirish mashqlarini bajarish; 

-xalq  o`yinlari   "Kim  chaqqon?",  "Oq  terakmi  ko`k terak?",  "Avval akam", 

"Quyonim-quyonim  ne  bo`ldi",  "Chittigul",  "Bog`lam-bog`lam",  "Kim  oladi 

shuginani-yo",  "Uchdi,  chopdi,  sakradi",  "Qushim  boshi",  "Qoch  bolam  qush 

keldi", "Tortishmachoq" kabi harakatli o`yinlarda ishtirok eta olishdan iborat 

 

I.3. "UCHINCHI MING YILLIKNING BOLASI"TAYANCH 



DASTURI-"MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA`LIM-

TARBIYASIGA QO`YILADIGAN TALABLARI"NING BAJARILISHIGA 

ERISHILADIGAN DASTUR. 

 

1.Chaqaloqlik davri (1yoshgacha) 



2. Ilk yosh davri (1-3yosh) 

1-2yosh davri 

1.  Bolalarni jismonan rivojlantirish. 

Bir yoshdan ikki yoshgacha bo`lgan davrda bola ikki bosqichni bosib o`tadi: 

1yoshdan-1 yoshu 6 oylikdan - 2yoshgacha. 

Bolaning  sog`ligini  mustahkamlash,  ularning  tana  a`zolarini  chiniqtirish. 

Asosiy  harakat  turlarini  rivojlantirish.  bolalarni  tetik  tutuvchi,  toliqishlarining 

oldini oluvchi harakatlarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish. 

Barmoqlarning  mayda  muskullarini  rivojlantirish.  Yurish  va  harakat 

qilishning  ayrim  ko`nikmalarini  rivojlantirish.  Mustaqil  harakat  qilishga  qiziqish 



uyg`otish.  O`z-o`ziga  xizmat  ko`rsatish,  tartiblilik,  ozodalikka  rioya  qilishning 

oddiy malakalarini shakllantirish. 

Bu  yoshdagi  bolalarni  tez-tez  sayr  qildirish  lozim.  Sayr  davomida 

bolalarning  toliqib  qolishiga  yo`l  qo`ymaslik,  ayni  vaqtda  ularning  kam  harakat 

bo`lib qolishlarining oldini olish ko`zda tutilishi lozim. 

Kuz  va  qishning  uncha  sovuq  bo`lmagan  kunlarida  va  bahorda  bolalar 

bahavo  ayvonchada  uxlaganlari  ma`qul.  Bu  1yoshu  6  oylikkacha  bo`lgan  bolalar 

uchun juda muhimdir. Chunki sovuq kunlarda ularning sayrga chiqishlarini tashkil 

qilish  bir  oz  qiyin.  Agarda  ayvonda  uxlatish  imkoni  yo`q  bo`lsa,  bolalar 

uxlatayotgan xonalarning deraza qanotlari yoki darchalari ochib qo`yilgan bo`lishi 

kerak.  Bolalar  uxlayotgan  xona  temperaturasini  15darajagacha  pasaytirish  tavsiya 

qilinadi. 

Bir  yarim  yashardan  oshgan  bola  sovuq  kunlari  2  marta:  nonushta  va 

ikkinchi  tushlikdan so`ng sayr  qildiriladi. Yozda esa bolaning butun kunini  ochiq 

havoda o`tkazishni rejalashtirish. 

To`pni dumalatish, uning ketidan yurish, to`pni qayta olib kelish. Kichikroq 

to`pni bir qo`lda uzoqroq uloqtirish. 

Qo`l  harakatlari,  qo`llarni  cho`zish,  orqaga  yashirish.  Barmoqlarni  yumish 

va  ochish.  Barmoqlar  bilan  polni  taqillatish.  O`tirgan  holatda  o`ngga  va  chapga 

burilish.  Tik  turgan  va  o`tirgan  holatda  oldinga  egilish.  Tayoqcha  yordamida 

egilish. Tayanib o`tirish. 

Harakatli  o`yinlar:  "O`yinchoqni  olib  kel",  "Menga  yetib  ol",  "Hammang 

tezda  mening  oldimga  kelinglar",  "Kuchukchani  quvib  yet",  "Qushlar  qanot 

qoqishadi",  "Koptokni  quvib  yet",  "O`yinchoqni  yashiramiz",  "Darvozaga  to`p 

tushir",  "Ehtiyot  bo`l",  "Shaqildoqqacha  emaklab  bor",  "Qo`g`irchoqlar  oldiga 

mexmonga borish", "Quyonchalar sakraydi", "Sichqonlar yuradi" kabi. 

2-3yosh davri 

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish 



Ikki  yoshga  qadam  qo`ygan  bolalarni  talab  darajasida  chiniqtirish  uchun 

havo-issiqlik  rejimiga  rioya  qilish  zarur.  Bunda  bola  yashaydigan  xonalarni 

muntazam shamollatib  turish orqali erishiladi. 

To`g`ri  yo`nalishda  muvozanatni  saqlab  teng  qadamlab  yurishni  o`rgatish, 

tirmashib  chiqish  (kichik  narvonchaga  mustaqil  chiqish  va  tushish),  predmetlarni 

uloqtirish va dumalatishda tushirib yubormaslikni o`rgatish. Barmoqlarning mayda 

muskullarini rivojlantirish, chamalashni, ayrim harakatlarni va faoliyatlarni boshqa 

bolalar  bilan  birgalikda  bajarish  malakalarini  shakllantirish.  Bolalarni  harakat 

faolligiga undash. Mustaqil harakat qilishga qiziqishni tarbiyalash. 

Yurish  va  muvozanat  saqlash  mashqlari.  To`g`ri  yo`nalishda  yurish, 

yo`lkadan,  yerga  yotgan  taxtadan  yurish.  Bir  uchi  poldan  15-20sm  ko`tarilgan 

taxtadan yurib ko`tarilish (eni 25sm uzunligi 1,5-2 m) va undan tushish. Balandligi 

15sm  bo`lgan  yashik  ichiga  tushish  va  undan  chiqish.  Erga  tashlangan  hamda 

poldan  15-25sm  ko`tarilgan  chizimcha  yoki  taxtacha  ustidan  kattalar  yordamida 

hatlab o`tish. 

Emaklab  va  tirmashib  chiqish  mashqlari.  2m  masofaga  emaklash.  Xalqa 

(obruch) ichiga emaklab kirish. O`rindiq va suri ostidan emaklab o`tish. Balandligi 

1metr narvonchaga chiqish va tushish. 

Narvonchaga chiqish (balandligi 1-1,5m) va tushishga o`rgatish. 

Uloqtirish.  Dumalatish  mashqlari.  To`pni  o`tirgan,  turgan  holatda 

dumalatish, pastga, yuqoriga tashlash. 

Ikki-uch  davrida  ham  bolaning  sog`ligini  mustahkamlab  borishini  davom 

ettirish. Har bir bolaning jismoniy tomonidan o`sishi, vujudining chiniqishi uchun 

sharoit  yaratish.  Madaniy-gigiena  malakalarini  tarbiyalash.  Asosiy  harakatlarni 

takomillashtirish. Yurish va yugurish paytida o`z harakatlarini boshqa bolalarning 

harakatlariga moslashtirishga o`rgatish. Harakatlarni ko`rsatma yoki tushuntirishga 

muvofiq bajarishga odatlantirish. Belgilangan harakat yo`nalishlariga rioya  qilish, 

bajarilayotgan harakatni bir vaqtda tugatish. 

Harakatli  o`yinlar:  "Ko`prikcha  bo`ylab  ariqchadan  o`tish",  "Ariqchadan 

hatlab  o`tish",  "Meni  quvlab  yet",  "Quyonchani  quvlash",  "Qo`g`irchoqlar  oldiga 



mehmonga borish", "To`pni quvlab yet",  "Quyosh va yomg`ir", "CHumchuqlar va 

avtomobil'",  "  Poezd",  "Samolyotlar",  "Pufak",  "Qushlar  inlarida",  "Qo`ng`izlar", 

"Mushuk  bilan  sichqon",  "Mening  jangdor  koptogim",  "Maymunchalar", 

"Polizda",  "Oq  quyoncha  o`tiribti",  "Quyonim-quyonim-ne  bo`ldi",    "Kim 

chaqqon",  "Yerdan  baland",  "Egri-bugri  yo`ldan",  "Toshdan-toshga  ariqchadan 

o`tish", "Pirpirak bilan yugurish", "Qurbaqalar" kabilar 

3. Kichik yosh (3yoshdan 4yoshgachа) 

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish 

Maktabgacha  yoshdagi  kichik  bolalarning  jismoniy-ruhiy  rivojlanishi 

jarayoni shiddat bilan kechadi. Ularning vujudi tinimsiz o`sayotganligi uchun ham 

bir  joyda  tinch  o`tira  olmaydilar.  Lekin  bu  bosqichda    bola  jismoniy  o`sishi 

tashqaridan  qaraganda  bir  oz  susayganday  bo`ladi.  Ya`ni  3  yoshdan  4yoshgachа  

bo`lgan  davrda  bolalar  faqat  4sm.ga  o`sadilar.  Ota-onalar  bolalarining  jismoniy 

rivojiga  alohida  e`tibor  berishlari,  ularning  erkin,  bemalol  harakatlanishlariga 

sharoit  yaratilishi  lozim.  Chunki  bolaning  fikri  teranligi,  nutqining  boyligi, 

ma`naviy sifatlarini o`zlashtirishi, avvalo uning sog`lomligiga bog`liqdir. 

Bu davrda bolaning butun yashash sharoitida jiddiy o`zgarishlar yuz beradi. 

Birinchidan,  bola  3yoshgа  yetgach,  uning  faoliyat  doirasi  ancha  kengayib 

mustaqilligi  yanada  ortadi.  O`yinlari,  hatti-harakatlari  ham  boshqacha  mazmunga 

ega  bo`la  boshlaydi.  Ikkinchidan,  bolaning  butun  faoliyatida  nutqning  roli  orta 

boradi.  Chunki  u  burro  gapirishni  o`rganadi.  Shuning  uchun  ular  kattalarga 

tinimsiz  savollar  berishadi.  Zero,  dunyo  bilan  chinakamiga  tanishish  pallasiga 

kirgan  bolakaylar  uning  barcha  jihatlarini  o`rganib  olmoqchi    bo`lishadi.  Bu 

yoshdagi  bolaning  yashash  sharoitida  yuzaga  kelgan  mazkur  o`zgarishlar  uning 

jismoniy va ruhiy jihatdan o`sib kamol topishiga ta`sir etmay qolmaydi. 

Bolalarning  jismoniy  mashqlarni  bajarishga  o`rgatish  bolalar  harakatining 

shakllanishiga  yordam  berish.  Gavdani  tik  tutib  yurishiga,  stulda  va  erda    to`g`ri 

o`tirishga  o`rgatish.  Turgan  joyidan  uzoqqa  sakrab  erga  yumshoq  tushishga 

o`rgatish.  Emaklab  tirmashib  chiqish  va  to`p  bilan  harakat  qilish  mashqlarini 

bajarishda gavdani to`g`ri tutishga o`rgatish. 



Yurish  mashqlarini  o`rgatish.  Belgilangan  yo`nalishda  yo`nalishni 

o`zgartirib  yurishga,  buyumlarni  oralab  o`tishga  o`rgatish.  Yurish  mobaynida 

qomatni to`g`ri tutishga odatlantirish. 

3-4 daqiqa davomida to`xtamasdan yugurishga, 20metr masofani tez yugurib 

o`tishga o`rgatish. 

Ko`tarilgan  qo`ldan  yuqoriroqqa  osib  qo`yilgan  buyumga  sakrab  yetishga, 

uzoqlikka sakrashga, 10-20sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tishga o`rgatish. 

Dumalab  borayotgan  koptokka  yetib  borishga, uni  qo`llab  otishga, o`zgalar 

otgan koptokni ilib olishga o`rgatish. 

Doira    shaklida  tashlab  qo`yilgan  arqoncha  bo`ylab  va  bir  tomoni  15-20sm 

ko`tarib qo`yilgan taxtacha ustida yurishga o`rgatish. 

Jismoniy  mashqlarni  bajartirishda  o`g`il  va  qiz  bolalarning  o`ziga  xos 

jihatlarini  hisobga  olish.  Qizlarning  ko`proq  chiroyli  toshchalar,  qomatni  raso 

qiladigan  halqachalar  bilan  o`ynashi,  o`g`il  bolalarning  esa,  keskin  harakatlarni 

talab  etuvchi  o`yinlarni  yoqtirishlarini  e`tiborga  olish,  oila  va  bog`chaning 

imkoniyatlaridan  kelib  chiqib,  tegishli  vositalar  yordamida  jismoniy  mashqlar 

tizimini o`rgatish. 

Qo`llarini yonga harakatlantirishga, ko`krak oldida, orqasida va bosh ustida 

chapak chalishga, qo`llarni oldinga, orqaga, pastga, yuqoriga qimirlatishga, har xil 

harakatlarni  bajartirishga  o`rgatish.  Biр  joyda  turgan  holatda  oldinga,  orqaga, 

yonga  egilishga,  oyoqlarni  bukish  va  yozishga,  stulni  ushlagan  holda  har  xil 

harakatlarni bajarishga o`rgatish. 

Gavdani chap va o`ngga burish, oldinga va orqaga egilish, qo`l va oyoqlarni 

bir  vaqtda  birgalikda  harakatlantirish,  qorinda  yotgan  holda  qo`l  va  oyoqlarni 

ko`tarish mashqlarini bajarashga o`rgatish.   

Harakatli  o`yinlar:  "Koptok  o`yini",  "Bekinmachoq".  "Yerdan  baland", 

"Uchadi,  uchmaydi",  "Mushuk  va  sichqon",  "Kim  chaqqon",  "Arg`imchoq", 

"Menga  etib  ol",  "Poezd",  "Ariqchadan  hatlab  o`tish",  "Ko`z  boylash",  "Cho`pon 

va  echkilar",  "Tortishmachoq",  "Pirpirak  bilan  yugurish",  "Chambarak 

dumalatish",  "Quvlashmachoq",  "Koptokni  quvib  yet",  "Epchil  quyon", 



"O`yinchoqni  olib  kel",  "Turnalar",  "Qoch  bolam  qush  keldi",  "To`pni  irg`itish", 

"Ot o`yini". 

Bolalarni  musiqa  ohangiga  mos  ravishda  jismoniy  harakatlar  qilishga 

o`rgatish.  Qo`l  va  oyoqlarni  musiqa  ohangiga  moslab  harakatlantirish  orqali  raqs 

elementlarini bajarishga o`rgatish. 

Bolalarni musiqa maromiga monand yurish va yugurishga, musiqa ohangiga 

munosabatini  chapak  va  depsinish  orqali  ifodalashga  o`rgatish.  Bir  oyoqda 

depsinish, qo`l bandlarini, barmoqlarini aylantirish singari oddiy raqs harakatlarini 

o`rgatish. 

Musiqa  ohangiga  mos  ravishda  harakat  qilishga  o`rgatish  maqsadida 

quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etiladi: "Qo`llarimiz o`ynaydi", "Arqonni tort", 

"Qo`llarimiz chiroyli".   

4. Kichik yosh (4yoshdan 5yoshgachа) 

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish 

Bola  4  yoshdan  oshgach,  uning  jismoniy  o`sishi  yana  birmuncha 

jadallashadi. Chunonchi bolaning bo`yi 4yoshdan 5yoshgacha 6-7sm.ga o`sadi. Bu 

yoshdagi  bola  g`oyat  serharakat,  tirishqoq  va  tinib-tinchimas  bo`ladi.  U  ko`p 

o`ynaydi, harakatda bo`ladi, har qanday harakatli ishlarda bajonidil ishtirok etadi. 

Bu  yoshdagi  bolalarning  sog`lom  va  erkin  o`sishida  ularni  to`g`ri  ovqatlantirish, 

uxlatish,  quvnoq  kayfiyatda  bo`lishini  ta`minlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bolalarning  o`ta  qo`zg`aluvchanligi  ularni  toliqishga  olib  kelsa,  kamharakatlik 

jismoniy  rivojla-nishini  susaytiradi.  Shuning  uchun  xam  ota-ona  hamda 

mutassaddi  kishilar  bolalarning  harakati  va  hordig`i  me`rida  bo`lishiga  alohida 

e`tibor qilishlari zarur. 

Bolalarning  jismoniy rivojlanishida o`yin alohida ahamiyat kasb etadi.  

Bolalarning  jismoniy  mashqlarni  bajarishga  o`rgatish.  Bolalarni  tovonda 

oyoq  uchida  mayda  va  katta  qadamda  yurish,  yurishdan  yugurishga  o`tish,  oyoq 

tovonida va oyoq uchida yurishga o`rgatish. 

Bolalarni  40-60metr  masofaga  to`xtamasdan  yugurishga,  20-25metr 

masofani tez yugurib o`tishga o`rgatish. 



Bir  joyda  turib  20-25  marta  sakrash,  balandligi  20-25  sm  bo`lgan  buyum 

(to`siq)  lardan  oralig`i  40-50sm  bo`lgan  chiziqlardan  sakrab  o`tish  mashqlarini 

bajarishga o`rgatish. 

To`p  va  chambarakni  dumalatish,  ularni  yuqoriga  irg`itib  ilib  olish,  o`zaro 

bir-biriga irgitishga o`rgatish. 

Qo`l  va  yelkani  rivojlantiruvchi  mashqlarni    o`rgatish.  Jumladan  qo`llarni 

tirsakdan  bukib  aylanma  harakat  qilishga,  kursiga  tayangan  holda  mashqlar 

bajarishga o`rgatish. 

Oyoqlarni  rivojlantiruvchi  mashqlarni  o`rgatish.  Buyumlarni  oyoq  kaftlari 

bilan bir joydan boshqa joyga olish mashqlarini bajarish. 

Gavdani  rivojlantiruvchi  mashqlarni  o`rgatish.  Jumladan  tayanib  o`tirgan 

holda  oyoqlarni  bukib  ko`tarish,  oyoqlarni  chalishtirib  o`tirib  turish,  tizzada  turib 

belni harakatlantirish mashqlarini bajarishga o`rgatish. 

Jismoniy mashqlarni bajarishda bolalarning jinsiga xos xususiyatlar inobatga 

olinishi  lozim.  O`g`il  bolalar  uloqtirish,  dumalatish  kabi  bevosita  jismoniy  kuch 

talab  etiladigan  mashqlarni  bajarsalar,  qiz  bolalar  chaqqonlikni,  epchillikni 

rivojlantiradigan mashqlar bilan shug`ullanishlari zarur. 

Bolalarni  jismoniy  rivojlantirish  maqsadida  quyidagi  harakatli  o`yinlar 

tavsiya  etiladi:    "Do`ppi  tashlar",  "Bog`lam",  "Uchdi,  chopdi,  sakradi",  "Ok 

terakmi-ko`k  terak",  "Qushim  boshi",  "Qopqon",  "Do`ngdan  do`nga",  "Xo`roz", 

"Qo`chqor",  "Tramvay",  "Daladagi  qo`zichoq",  "Quyoncha  hamon  o`tiribti", 

"Tulki tovuqxonada", "G`ozlar-g`ozlar", "Ot o`yini", "Arg`imchoq o`yinlari".   

5. Katta yosh (5yoshdan 6yoshgacha) 

1.Bolalarni jismonan rivojlantirish 

Bolalarni  jismoniy  mashqlarni  muntazam  bajarishga  o`rgatish.  Sport  turlari 

bilan  tanishtirish  hamdа  ularning  u  yoki  bu  sport  turiga  bo`lgan  qiziqishlarini 

aniqlash  va  rivojlantirish.  Sport  o`yinlarini  o`rgatish.  Jismoniy  mashqlar  qilishga 

odatlantirish.  Katta-katta  qadam  tashlab  yurishga  o`rgatish.  Yarim  o`tirgan  holda 

tovonda  va  barmoq  uchlarida  turish,  oyoq  yonlariga  tayanish.  Qo`llarni  turli 

tomonlarga  harakatli  yo`naltirishga,  oyoqlarni  chalishtirib  qadamlar  oralig`idagi 



masofani  o`zgartirib  borishga  tizzalarini  baland  ko`targan  holda  oyoq  uchlarida, 

katta-kichik qadam tashlab yurishga, to`siqlardan sakrab o`tishga o`rgatish. 

Bolalarni  emaklab  va  tirmashib  chiqishga  o`rgatish.  Birin-ketin  bir  necha 

buyumlarning  ustidan  emaklab  o`tish.  Cho`kkalab,  qo`llarni  tizzaga  tiragan  holda 

skameyka, krovat, divan bo`ylab orqa va oldinga emaklashga o`rgatish. 

Bir  joyga  turgan  holatda  ikki  oyoqda  sakrashga  galma-gal  almash-tirib  bir 

oyoqda  sakrashga  o`rgatish.  Oldinga  siljigan  holda  3-4  m.  masofani  shu  zaylda 

sakrab o`tish, 20-25sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tishga o`rgatish. 

Koptokni  otishga,  ilib  olishga  yerga  tashlab  ikki  qo`llab  ilib  olishga 

o`rgatish. Bir-biriga koptokni otib, uni har xil vaziyatda (turgan, o`tirgan holatda, 

pastdan, bosh orqasidan, ko`krakdan, yerdan sakratib) ilib olishga o`rgatish. 

Qo`llarini  ko`krak  oldiga,  yelkaga  va  yon  tomonga  tutishga,  yon  tomonga 

uzatish,  tirsakdan  bukish,  oldinga  uzatish,  yuqoriga  ko`tarish,  kaftlar  yuqoriga 

qaratilgan  holda  yon  tomonga  yozish,  ikkala  qo`lni  galma-galdan  va  bir  vaqtda 

yuqoriga ko`tarish va  orqaga uzatish, barmoqlarni  yozish  va  bukish  (musht  qilish 

va ochish) mashqlarini bajarishga o`rgatish. 

Ketma-ket va bir necha marta o`tirib turish, bunda qo`llarni yon tomonga va 

yuqoriga  zarb  bilan  harakatlantirish  mashqlarini  bajarishga  o`rgatish.  Chalqancha 

yotib,  oyoqlarni  chalishtirib  harakat  qilishga  o`rgatish.  Qo`llarga  tayangan  holda 

qorinda yotib bosh va yelkalarini ko`tarishga o`rgatish. 

Bolalarning  jismoniy  kamolotini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  harakatli 

o`yinlar  tavsiya  etiladi:    "Ko`z  boylog`ich",  "Qoch  bolam  qush  keldi",  "Koptok 

o`yini", "Pat", "Chori chambar", "Bekinma-choq", "Doiraga tort", "Oqsoq qarg`a", 

"Biz  quvnoq  bolalarmiz",  "Oq  terakmi-ko`k  terak",  "Kim  tez  o`raydi",  "Buyumni 

almashtir", "Ovchi va quyoncha", "Kim oladi-shuginani-yo", "Zag`izg`on", "Bo`sh 

joy", "Kim uzoqqa sakraydi", "Do`ppi yashirma", "Xo`rozlar jangi" kabi. 

"Alpomish" va "Barchinoy" testlarini bajarish: 

1.Bilish,  yuvinish,  artinish,  cho`milishni  gigienik  ahamiyati,  jismoniy 

mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash


2.Bajara  olish,  jamoada  o`zini  tuta  bilish,  musiqa  jo`rligida  raqs  tushish, 

nostandart buyum va jihozlardan foydalan olish. 

Sinov va me`yor turlari 

№ 

Sinov turlari 



O`lchov 

birligi 


O`g`il 

bolalar 


Qiz 

bolalar 


 

1. 


Mokisimon yugurish 

3x10sek 


10,8 

11,2 


2. 

Sakragichda yugurish 

 

marta 


18 

20 


3. 

Ko`p sakrashlar 

 

marta 


14 

10 


4. 

Kichik koptokni nishonga uloqtirish 

marta 





5. 

Joydan uzunlikka sakrash 

sm 

105 


95 

6.  Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish 

metr 



1,5 



7. 

Osilish va sakrashlar 

 

bilsh 


bilish 

8. 


Suzish (suvdagi o`yinlar) 

min 


15 

12 


9. 

Yaylovlarda sayr qilish 

km 

15 


12 

10. 


Buyumli-harakatli o`yinlar 

 

bilish 



bilish 

 

6. Maktabgacha tayyorlov guruhi (6yoshdan 7yoshgacha) 



1.Bolalarni jismonan rivojlantirish 

Jismoniy  mashqlarni  mustaqil  bajarishga  o`rgatish.  Jismoniy  mashqlar 

jarayonida  jarohatlanishning  oldini  olish  maqsadida  ularda  ehtiyotkorlikni,  o`z 

harakatini nazorat qila olish ko`nikmalarini tarkib toptirish. 

Bolalarni  jismoniy  tarbiya  musobaqalari  hamda  harakatli  o`yinlarga  jalb 

qilish.  Bolalarda  chaqqonlik,  jasurlik,  topqirlik  xislatlarini  tarkib  toptirish. 

Mustaqil tarzda jismoniy harakatlarni bajarishga odatlantirish. 

Buyruqqa  (start, to`xta)  asoslanib  yugurishga  o`rgatish. Uzluksiz 2-3  minut 

davomida  yugurishga,  40-50m.  masofani  2-3  marta  yugurib  o`tishga,  100m. 

masofani dam olmay tez yugurib o`tishga o`rgatish. 



Xoda  ustida  o`tirib  oldinga  siljishga  o`rgatish.  Narvon  yordamida  tepaga 

chiqishga  va  pastga  tushishgа  o`rgatish.  Arvon  yonida  turib,  uni  mumkin  qadar 

balandroqdan ushlash uchun intilishga o`rgatish. Arqonga osilib turishga o`rgatish, 

arg`imchoq uchishga o`rgatish. 

Og`irligi 1kg. gacha bo`lgan sport toshlarini yumalatishga o`rgatish. 

Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yonma-yon qadam tashlab o`tishga, qiya 

qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tishga o`rgatish. Bir oyoqda  "Qaldirg`och" bo`lib 

turishga o`rgatish. 

Oyoq  uchlari  bilan  buyumlarni  qisib  olib  ko`tarish  va  pastga  tushirish,  bir 

joydan ikkinchi joyga ko`chirishga vrgatish. 

O`g`il bolalar bilan "Oq suyak", "Chillak", "Quloq cho`zma", "Eshak mindi" 

kabi  milliy  o`yinlarni  o`rgatish,  qiz  bolalarni  esa  "Sopalak",  "Happak",  "Besh 

tosh", "Cho`p qo`g`irchoq" singari milliy o`yinlar o`ynashga jalb etish. 

Musiqa  ohangiga  mos  holda  harakat  qilishga  o`rgatish.  Quvnoq  va  hazil 

musiqalarning  ohangiga  mos  holda  harakat  qilishga,  harakatlarni  musiqa  ostida 

boshlash  va  yakunlash,  navbatma-navbat  goh  oyoq  uchi  bilan,    tovoni  bilan 

qo`yish,  oyoqlar  bilan  tapillatish,  qadamma-qadam  yurish,  cho`kkalagan  holdа 

o`tirib  musiqa  ohangini  qarsaklarda  ifodalashga  o`rgatish.  Musiqa  ohangiga  mos 

ravishda qo`llarni harakatlantirishga o`rgatish. 

Bolalarning  jismoniy  rivojlanishini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  kuy  va 

qo`shiqlar tavsiya etiladi: "Do`loncha", "Andijon polkasi", "Yalama-yorim", "Qari 

navo",  "Chertma",  "O`z-o`zingni  tanib  ol",  M.Ikromova-  "Ha  o`yna,  o`yna", 

I.Akbarov-"Ayiqlar raqsi", K.Qodirov-"Marsh", N.Norxo`jaev-"Kim chaqqon". 

Bolalarning  jismoniy  kamolotini  ta`minlash  maqsadida  quyidagi  harakatli 

o`yinlar  tavsiya  etiladi:  "Zag`izg`on",  "Kim  uzoqqa  sakraydi",  "Kalit",  "Do`ppi 

yashirma",  "Chavandozlar",  "Chambarakni  tushirish",  "Qushim  boshi",  "Hamma 

o`z bayrog`iga", "Ovchi va quyoncha" "Chuqurchaga tushirish", "Yakkama-yakka 

tortishmachoq", "Xo`rozlar jangi", "Arg`imchoq-arg`imchoq", "Sopalak", "Kim tez 

tortadi", "Koptokni urish", "Do`ngdan-do`ngga". 

"Alpomish" va "Barchinoy" testlarini bajarish: 



1.  Bilish,  yuvinish,  artinish,  cho`milishni  gigienik  ahamiyati,  jismoniy 

mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash; 

2.  Bajara  olish,  jamoada  o`zini  tuta  bilish,  musiqa  jo`rligida  raqs  tushish, 

nostandart buyum va jihozlardan foydalana olish. 

Sinov va me`yor turlari 

 

 



 

№ 

Sinov turlari 



O`lchov 

birligi 


O`g`il 

bolalar 


Qiz 

bolalar 


 

1. 


Mokisimon yugurish 

3x10sek 


10,8 

11,2 


2. 

Sakragichda yugurish 

 

marta 


18 

20 


3. 

Ko`p sakrashlar 

 

marta 


14 

10 


4. 

Kichik koptokni nishonga uloqtirish 

marta 





5. 

Joydan uzunlikka sakrash 

sm 

105 


95 

6.  Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish 

metr 



1,5 



7. 

Osilish va sakrashlar 

 

bilsh 


bilish 

8. 


Suzish (suvdagi o`yinlar) 

min 


15 

12 


9. 

Yaylovlarda sayr qilish 

km 

15 


12 

10. 


Buyumli-harakatli o`yinlar 

 

bilish 



bilish 

 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling