O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
O`rin va paytga oidsifatlar o`rin va payt bilan bog`liq belgini bildiruvchi
so`zlar hisoblanadi. Bu qatorga tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi, qishki, yozgi, ertagi, bugungi, dastlabki, ilk, sobiq, yuqorigi (qavat), quyi (palata), tuban (joy), tungi, to`ng`ich, o`rtancha, kenja, chetki, bulturgi, burungi, sirtqi, ichki, tashqi, oldingi, bahorgi va boshqalar mansubdir. O`rin va payt bildiruvchi sifatlarning asosiy grammatik xususiyati yasovchi qo`shimchalarni olishidir. Masalan: -gi, -ki, -qi affikslari o`rin-joy yoki payt bildiruvchi so`zlardan sifat yasaydi va bu turdagi sifatlar predmetning asosdan anglashilgan joy yoki vaqtga oidlik belgisini bildiradi: oxirgi, hozirgi, chetki, ostki, tushki, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi, qishki, yozgi, ertagi, bugungi, dastlabki, yuqorigi (qavat), tungi, bulturgi, burungi, sirtqi, ichki, tashqi, oldingi, bahorgi va boshqalar mansubdir.Kechki payt hujrada Boburning yolg`iz o`zi o`tirar edi. -gi affikisi payt sifatlari kontekstda bosh ma’nodan bo`lak ma’nolarni bildirishi mumkin. Masalan, so`nggi so`zi muayyan hodisa, holatning yakunlovchi bosqichi, bo`g`ini semasi bilan reallashadi: Ashtarxoniylarning so`nggi xoni Abulfayzxonning o`g`li Abdulmo`min nomida hukmdorlik qilgan. (O.Yoqubov) Dastlabki kunlar yo`l unchalik mashaqqatli bo`lmadi. (Mirkarim 42 Olim)Jarangli va unli bilan tugagan asoslarga -gi affiksi qo`shilsa, jarangsiz tovush bilan tugagan asoslarga -ki va -qi affikslari qo`shiladi. Xullas, sifatning morfologik xususiyati boshqa so`z turkumlari qatori muhim o`rinni egallaydi. Biz II bobda sifatning ma’noviy guruhlarining morfologik xususiyati, ya’ni ularning tuzilishi jihatidan turlari xususida fikr yurutdik va shunga amin bo`ldikki, sifat yasashda ot, sifat, fe’l turkumidagi so`zlar asos bo`la oladi. Shuningdek boshqa turkumdagi so`zlarni yasashda sifatlardan ham foydalaniladi. Ishimizda sifatlar voqea- hodisaning turli xil belgiusini bildirishi, gap tarkibida ot va otlashgan so`zlardan oldin kelib aniqlovchi vazifasini bajarishi, asliy va nisbiy, tub va yasama, sodda va qo`shma turlarga bo`linishi, substantivatsiya hodisasining sifatlardagi ko`rinishlari, sifat yasovchi qo`shimchalarning o`ziga xos tabiati, ularning ma’nodoshlik va antonimlik xususiyati masalalarini yoritdik. Sifatning ma’no jihatidan turlari nisbatan nisbiy tushuncha hisoblanadi. Chunki bir ma’no guruhiga mansub sifat matn tarkibida boshqa ma’no guruhiga tegishli bo`lishi mumkin. Biz keyingi bobda bunga alohida to`xtalib, yoritishga harakat qilamiz. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling