O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
yomg`irdan keyin havo musaffo. (S.Anorboev)
Kir so`zi ko`chma ma’noda “yaramas, jirkanch, iflos” ma’nosiga ega bo`lishi aytiladi. Masalan: Yoshlik o`tdi. Bo`yi yetdi. Kir odat uni zindondek hovliga soldi.(Mirtemir) Kir holat sifati orqali bir necha iboralar shakllanganligiga guvoh bo`lamiz. Bularga ko`nglida kiri yo`q, tirnoq ostidan kir qidirmoq, ko`nglini (dilini) kir qilmoq, tishining kirini so`rmoq kabilan misol bo`ladi. Misollar: 1. Darrov tirnoq ostidan kir qidirasiz-a, Samadov. (P.Qodirov) 2. Ular (boylar) palov yeb, tishini kovlaganlarida, biz tishimizning kirini so`rib, o`choq oldida chorig`imizni quritar edik. (P.Tursun) 3. Yuragida bori yuziga tepib turadigan bunday kishilarni, ko`nglida kiri yo`q, deb maqtaydilar. (P.Qodirov) Narsa-hodisaning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi yangi, eski, churuk, uvada, juldur va b. holat sifatlari ishlatilish doirasi keng. Uvada so`zi kam qo`llanadi. Uvada so`zi quyidagi ma’no ifodalariga ega: 1. Kiyim, to`shak va sh.k. ning to`zgan, uzilgan parchasi. 2. Eskirib, sitilib, yirtilib dabdala bo`lgan kiyim-kechak, latta-putta, eski- tuski. 3. Yirtilgan, to`zgan, uvada holga kelgan: Uvada kamzulda billur tugmaday, bulutlar ortidan boqadi yulduz. (A.Oripov) 4. Ko`chma. Uvadaga o`xshash narsa haqida: Oppoq uvada bulutlarni shamol haydaydi. (S.Zunnunova) Holat sifatlari o`zining ekspressiv ko`chma ma’noda ishlatilishi bilan ajralib turadi. Bunday leksemalar narsa yoki hodisa xususiyatining bir tomoni, belgisini alohida ta’kidlab, kuchaytirib ifodalash uchun qo`llaniladi. Salbiy stilistik ottenkani ifodalash imkoniga ega qattiq so`zi odatdagi sharoitda o`z shaklini va hajmini saqlaydigan holat ma’nosini ifodalaydi: qattiq jism. Qattiq so`zi qattiq jismlar, uy ashyolari, ovqat, inson tana a`zolari, qurilish 59 materiali, qog`oz mahsulotlari, o`rin bildiruvchi so`zlar, o`simlik, mevalar belgisini ifodalaydi: qattiq tosh, qattiq o`rindiq, qattiq non, qattiq qo`l, qattiq sement, qattiq po`lat, qattiq qog`oz, qattiq lavlagi, qattiq joy. Inson ruhiyati juda serqirra bo`lib, u shodlik, g`azab, xafalik, loqaydlik kabi turli holatlar majmui sanaladi. Shundan kelib chiqib, tilimizdagi ruhiy holat ifodalovchi sifatlarni bir qator turlarga ajratish mumkin [34]. 1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar. Kishi ruhiyatidagi davriy yoki oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan mamnunlikni turli shakllarda aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik jihatdan bir nuqtaga, bir lug`aviy sifat guruhiga birlashadi: mamnun, xursand, xushnud, xurram, quvnoq, shod, shodmon, xushchaqchaq, masrur kabi. Bularning bir qismi poetik nutqda keng qo`llansa, ya’nimamnun, xushhol, xurram va h.k., bir qismi so`zlashuv uslubida keng qo`llanadi. (xursand, shod, quvnoq va b.). Masalan: G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish. (A.Navoiy) 2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham tilimizda keng tarqalgan: g`amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang va b. Bularning qo`llanishi ham turlichadir. Dilgir, giryon, xunibiyron, diltang kabilar juda kam qo`llanadi. Xafa, g`amgin, xomush, dilgir kabi sifat leksemalarida belgini ifodalash deyarli bir xil. Bular kishining yuz-ko`zidan ifodalanib turadigan g`amginlik holatini bildirishga xizmat qiladi. G`ash sifati insonning ichki kechinmalari, ruhiy iztirobi bilan bog`liq holatni aks ettiradi. Nimadan ko`ngling g`ash, nimada darding, hoy, kichik qishloqning jajji bolasi? (M.Ali) 3. G`azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar. Bular qatoriga g`azabnok, kinli, darg`azab, g`azabli kabilardir. Ular orqali insonning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, predmetlar, odamlar hatti-harakatidan noroziligi tufayli yuzaga kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi: Ba’zanyog`ayotgan o`qlar bamisol Dudoqlaridan kinli so`zlar uchgan on. (A.Suyun) 60 Keltirilgan misoldan kin (kinli) so`zi norozilik, gina ma’nolaridan tashqari, matnga bog`liq holda g`azab ma’nosini ham ifoda etmoqda. 4. Ijobiylik yoki salbiylik semasini ifodalovchi sifat leksemalar sog`, sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd va h.k. lar ikki xil ruhiy holatni ifoda etish uchun qo`llanadi. 5. Kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchikambag`al, faqir, qashshoq, bechora, gado, bechorahol, yo`qsil, miskin, yetim, mushfiq, musofir, boy, badavlat, davlatmand kabilar kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalashga xizmat qiladi: Mushfiq ona ko`z oldida O`sib borar farzandi. (E.Vohidov) 6. Predmetning harorat belgisini bildiruvchi sifat leksemalar predmetga nisbatan qo`llanganda haroratning uch xil darajasini, ya’nisovuqlik, iliqliq yoki issiqlikni ifodalashga xizmat qiladi: Sovuq marmar toshni siypalab, silab... (M.Ali). Issiq nafas purkar har bir deraza. (Shukrullo) Yuqoridagilardan tashqari tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi predmetning yangilik-eskilik holatlarini ifodalovchi, tinch va notinchlik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar va ularning semantik – uslubiy xususiyatlari haqida manbalarda bayon etilgan [35]. Xullas, holat ifodalovchi sifatlar sifatning ma’no jihatdan salmoqli turini tashkil etadi. Holat sifatlarining uslubiy vazifalari ham juda keng, qo`llanish doirasi keng, holat sifatlarining tarkibida ham o`z, ham o`zlashma qatlamga oid so`zlarni kuzatish mumkin. Ular nasr bilan birga nazmda ham ko`p qo`llanadi. Nazmda qo`llanganda nasrdan ko`ra ko`proq ko`chim ifodalab keladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling