O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051681
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

Zafaron so`zi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da quyidagicha ifodalanadi. 
Zafaron – ziravor o`simlik, za`far. 1.Ingichka uzun bargli, to`q sariq gulli, 
piyozsimon ildizli o`simlik va uning gulidan tayyorlanadigan, ovqatni xushta’m 
va rangdor qiladigan ziravor. 2.Sap-sariq, somonrang. Yigitning olijanob 
qimmatidan mamnun bo`lib, za’faron yuzlarimga andak tabassum chiqdi. 
(G`ayratiy) 
Ko`rinadiki,rang ma’nosi birinchi ma’nodan (to`q sariq gulli o`simlik) 
o`sib chiqqan. Somon, oltin, oltinrang, tillorang kabilar ham rang semasi asosida 
yangicha ma’no ifoda etishga ixtisoslashgan.
Moviy so`zi rang bildiruvchi so`z sifatida o`zbek tiliga arab tilidan o`tgan. 
Faqat rang ma’nosida qo`llanuvchi bu so`z zangor tus, havorang tushunchasini 
anglatadi va tilda zangor so`zining sinonimi vazifasida ishlatiladi. Ko`pincha 
ko`z, suv, havoning tusi ma’nosini beradi: 
1. O`yna, chayqal, moviy dengizim, 
Qirg`oqlaring nurga burkangan. (X. Saloh)
2. Endi Darmonoyning ham uyqusi uchdi, maviy ko`zlari chiroqday ochildi, 
Saodatga qarab yotdi. (N. Safarov) 
Shuningdek, nutqimizda pistoqi, pushti, qirmizi, qo`ng`ir kabi rang 
ifodalovchi so`zlar ham borki, ular ham o`ziga xos belgi ifodalaydi.
Xalq qahramonlarini kuzatar ekanmiz, ularda etti xil asosiy rangning ask 
etganligi ayonlashadi. Ular oq, sariq, qizil, ko`k, yashil, jigar, qora. Bu ranglar 
his-tuyg`uni ifodlovchi, holatni bildiruvchi, joyni anglatuvchi xususiyatlarga 
ega. Xalqning qadimgi totemistik va animistik qarashlari asosida har bir rang 
o`ziga xos ma’no kasb etgan. Masalan: oq – ezgulik, qizil – quvonch, yashil – 
tiriklik, sariq – ayriliq va boshqalar. 


69 
Ranglar u yoki bu xalqning ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odati, marosimi, 
qadimiy qarashlari bilan chambarchas bog`liq. Xalqlarning mifologik va diniy 
qarashlari ham ranglarda turlicha aks etadi. Bundan tashqari xalqlarning ijtimoiy 
hayoti, geografik muhiti ham ranglarga nisbatan munosabatning xilma-xilligiga 
olib keladi. Jumdadan, dunyoning qutbi to`rt xil rangda tasavvur qilingan: sharq 
– yashil, janub – qizil, shimol – qora, g`arb – oq rangda. Shu asoda 
mintaqalarning har birida yashovchilar uchun o`sha rang muqaddas sanalgan. 
Umuman, rang bildiruvchi sifatlar tilda, ayniqsa, badiiy adabiyotda aktiv 
qo`llanuvchi, o`zining semantik va leksik xususiyatlari bilan alohida o`rinni 
egallovchi so`zlar hisoblanadi. 
Badiiy tasvirni bo`yoqdor va o`ynoqi qilishda, metafora, metonimiyalarni 
vujudga keltirishda rang-tus bildiruvchi sifatlarning o`rni beqiyosdir. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling