O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
orombaxsh.
2. Gap-so`z, xatti-harakatlari nihoyatda yoqimli va yumshoq. Alixon tabiatan og`ir, muloyim, kamgap yigit edi.( H.Nazir) 45 Muloyimlashmoq, muloyimlik kabi yasama so`zlar ham yuqoridagi xarakter sifati orqali hosil bo`lgan. Muloyim so`zi o`z ma’nosida holat sifati bo`lib, ko`chma ma’nosi bilangina xarakter-xususiyat sifati bo`lib keladi. Abjir, chapdast, chaqqon,epchil sifatlari bir umumiy ma’no ostida birlashadi. Biroq xususiy tomonlari, alohida ma’no nozikliklari bilan farqlanadi. Abjir sifati “oyoq-qo`li tez, tez harakat qila oladigan” ma’no ifodasiga ega: Yo`lchiboy barvastaligiga qaramasdan abjirgina yigit. (Oybek) Chapdast sifati asl ma’nosiga ko`ra “chapaqay, ya’nichap qo`li bilan asosiy yumushlarni qiluvchi kimsa” kabi ma’no anglatadi. Biroq bu so`z hozirgi o`zbek adabiy tilida, odatda, chaqqon, epchil, uddaburon, usta, mohir tarzidagi ma’no ifodalariga ega. Misollarni kuzatamiz: 1. G`ayrat Hakimdan ko`z uzmas, uning epchil chapdast harakatlarini havas bilan kuzatardi. (M.Hazratqulov) 2. Uning ota-bobosi novvoy o`tgani uchun o`zi non yopishga chapdast edi. (Sh.Xolmirzaev) Birinchi gapda qo`llangan chapdast so`zi “chaqqon, epchil” ma’no ifodasiga ega bo`lsa, ikkinchi gapda kelgan bu so`z “o`z ishining ustasi, mohir” kabi ma’no ifodalanishi bilan xarakterlanadi. Ziyrak so`zi asl ma’noda, ya’nifors-tojik tilida chaqqon, epchil, oqil, dono kabi ma’nolarda qo`llanishi aytiladi [40, 139]. O`zbek adabiy tilida “tez fahmlaydigan, fahmi tez, sezgir” ma’nosi birlamchi mavqega ega. Ziyrak so`zi sezgir, tuyg`un sifatlari bilan sinonimlik hosil qiladi. Bular orasida sezgir so`zi bosh so`z sanaladi. Ular ishlatilish doirasi, uslubiga ko`ra farqlanadi. Tuyg`un so`zi “tez sezib, fahmlab, payqab oladigan” tarzidagi izohga ega [41,18]. Shu bilan birga, mazkur so`z omonimlikka ham ega. Tuyg`un so`zining omonimligi sinonimlar lug`atida [41] keltirilmagan bo`lsa-da, “O`zbek tilining izohli lug`ati” da bu so`zning rim raqamidagi ikkinchi shakli borligi kuzatildi, 46 ya’niot so`z turkumiga oid ushbu so`z qirg`iy yoki qarchig`ayning erkagiga nisbatan ham qo`llanilar ekan [40, 185]. Sipo so`zi asl forsiy tilda qo`shin, askar kabi ma’noga ega bo`lib, bizning lug`at qatlamimizga o`tgach, boshqa xil ma’no ifoda etishga ixtisoslashganligi kuzatiladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida bu so`z “kamgap, kamsuqum, oddiy” kabi ma’no ifodalariga ega [40, 518]. Komila beqasam kiyib, so`rida sipogina o`tirgan Azimjonga ko`z qirini tashlab qo`ydi. (A.Muxtor) Bu so`zning sipoh shakligina “podshoh, xon, amir saroyida uzoq xizmat qilgan lavozimli kishi, amaldor” ma’nosiga ega. Sipo so`zining birinchi ma’nosi “kamtar, oddiy” bo`lsa, ikkinchi ma’nosi “og`ir, vazmin, bosiq” bo`lib hisoblanadi. Misol: Endi sho`xlik qayoqda deysiz, Yurishlarim sipo va o`ychan.(A.Oripov) Asil sifati “a`lo sifatli, eng yaxshi, toza, sof” ma’nolariga ega: asl mol, asil shoyi. Bu so`z ko`chma ma’noda “yaxshi xislatlarga, fazilatlarga ega bo`lgan, olijanob, bebaho, sof, pok” kabi ma’no ifodalariga egaligi e’tirof etiladi [40,105]. Yuqorida eslatib o`tganimizdek, kishilarga xos salbiy xususiyatlarni bildiruvchi sifatlar ko`pincha ijobiy ma’nodagi sifatlarga antonim sifatida qo`llanadi. Shulardan ayrim birlarini tahlilga tortamiz. Mantdagi imkoniyatlarni kuzatamiz. Zolim xarakter-xususiyat sifati “zulm qiluvchi, zulmkor, jabr qiluvchi” ma’no ifodaga ega. Bu so`z, asosan, badiiy uslubda qo`llanishi bilan xarakterlanadi: Akram savolida davom etdi: - Hokimimiz juda zolim emish, bu to`g`ri so`zmi? (A.Qodiriy) Bu so`z “jabr-zulm bilan to`lib-toshgan” ma’nosida zolim falak, zolim dunyo tarzida ham qo`llanadi. U (Yo`lchi) o`z singlisini Gulnordan ayirib, uni Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling