O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi


CHET TILI DARSLARIDA BADIIY ADABIYOTLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO’RA O’RGANISH


Download 201.5 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi201.5 Kb.
#1018980
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xayrullayeva Sevara

CHET TILI DARSLARIDA BADIIY ADABIYOTLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO’RA O’RGANISH
Boshlang’ich sinflarning chet tili darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. Chet tili darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilishi kerak.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Ertakni o’qish metodikasi. Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlar bo’ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o’quvchilar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi.
“If you want your children to be intelligent, read them fairy tales. If you want them to be more intelligent, read them more fairy tales” - deydi Albert Einstein.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «An honest boy» (1-sinf) ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) Ertak bilan tanishtirish:
a) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
b) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va hok.
2) Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
3) Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so’zlarni topish, lug’at ishi (ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);
4) Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);
Masalan “Little Red Riding Hood” ertagida qizil qalpoqcha o'rmon yo'lidan hech qachon qadam tashlamaslik ko'rsatmasi bilan buvisini kutib olish uchun yolg'iz yo'lga chiqadi. Ammo u ko'rsatmalarga bo'ysunmaydi va yomon bo'rining e'tiborini tortadi.
Endi nima sodir bo'lishi siz o'qiyotgan versiyaga bog'liq. Charlz Perrault versiyasida Qizil bo'ri tomonidan yutib yuboriladi. Biroq, Evropada, Shimoliy Amerikada va boshqa ko'plab hikoyalarda uni kaputi yoki boltali yigit qutqardi. Ertakning axloqiy jihati shundan iboratki, bu ertak bolalarni ko'rsatmalarga rioya qilishga va kerak bo'lganda jasoratni namoyon etishga o'rgatish uchun mo'ljallangan.
Hikoyani o’qish metodikasi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
«Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli chet tili darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani chet tili darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o’ziga tortadi. Lekin, hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O’quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo’lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo’la boshlaydilar. Ularda go’zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.
Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:

  1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish.

  2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.

  3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi.

  4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.

  5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish.

  6. Har bir qismga sarlavha topish.

  7. Hikoyaga reja tuzish.

  8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).

  9. Reja asosida bayon yozish.

Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.
Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi.

  1. Download 201.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling