O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi


BOSHLANG’ICH SINFLARDA ERTAK VA HIKOYALAR ORQALI CHET TILINI O’RGATISH


Download 201.5 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi201.5 Kb.
#1018980
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xayrullayeva Sevara

BOSHLANGICH SINFLARDA ERTAK VA HIKOYALAR ORQALI CHET TILINI O’RGATISH
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy olamini boyitish maqsadida xalq og‘zaki ijodining namunalari bilan tanishtirib boriladi. Bunda, o‘quvchilar yoshiga mos holda ertak va hikoyalar tanlanadi.
Ertak qahramonlarining obrazlarini bolalarga tanishtirilayotganda ularning kiyimlarini kiydirish va rol ijro etish ingliz tilida olib boriladi va bu faoliyat yordamida bolaning ingliz tili so'z boyligi ortadi va bola tasavvuri, dunyoqarashi kengayadi. Ushbu ta'limiy faoliyat orqali bolalar, inson tana a'zolariga hamda kiyim kechakka oid bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va amaliyotda qo'llash imkoniga ega bo'ladilar. Inson tana a'zolari: head (bosh), arms (qo'llar), hands (qo'llar), foot (feet) (oyoqlar), legs (oyoqlar), eyes (ko'zlar) … Kiyimlar: dress (qizlar ko'ylagi), shirt (og'il bolalar ko'ylagi), t-shirt (futbolka), shoes (poyafzal), slippers (shippaklar), cap (kepka), belt (kamar), gloves (qo'lqoplar) … Buyruq ham tana a'zolariga urg'u bergan xolda beriladi: put your arms through here (qo'lingizni shu yerga kiriting), tie this around your waist/wrist (belingizga taqing), put these on your feet (bularni oyog'ingizga kiying) — first your right foot (avval o'ng oyog'ingizdan boshlang), then your left foot (so'ng chap oyog'ingizga), put this over your head (boshingizga kiying).12
Shuningdek, bolalar ertak qahramonlarini o'z tassavurida jonlantiradilar, obrazga kirishadilar hamda asosiy so'z va so'z iboralarni qo'llashni o'rganadilar. Bu albatta ingliz tilida so'zlarni tinglab tushunish va yod olingan so'zlardan jumlalar tuzish orqali gapirish mahoratini ham rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mavjud qahramon kiyimlari tasvirlanadi (fairy (pari), princess (malika), pirate (qaroqchi), king (qirol), clown (masharaboz)) hamda kiyim kiyishga doir so'z iboralarini qo'llaniladi: put on (kiyining!), zip up (zamokni qadang!), do the buttons up (tugmalarni qadang!), unbutton (tugmalarni yeching), unzip (zamokni tushiring). «Animals and their sounds» ta'limiy faoliyat turi vositasida ingliz tilida hayvonot va hasharot olami tanishtiriladi.13
Bolalar hayvonlar ishtirok etgan turli qissa va hikoyalarni ham jon qulog'i bilan tinglaydilar. Hayvonlarning rangli surati tasvirlangan rasmlar orqali ingliz tilida hayvonlar va ularning harakatlari, tovushlari haqida o'rganish ham bolalar uchun zavqli bir masg'ulot hisoblanadi. Uy hayvonlari domestic animals: dog, cat, duck, cock, hen, chicken, cow … Yovvoyi hayvonlar wild animals: lion, tiger, wolf, rabbit, fox, snake, deer …14 Bolalarning ingliz tilida hayvon va hasharot nomlarini o'rganish va murabbiy bilan birga ularning haratlariga taqlid qilish bolaga olam-olam zavq bag'ishlaydi.
Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilning ta’sirchanligi, ifodali vositalarning jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir.
Ertak xalq og‘zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo‘lib, ular kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo‘shilib ketadi.
O‘quvchilarni bunday ertaklarni o‘qishga tayyorlash ilmiy-ommabop tekstlarni o‘qishga tayyorlash kabi bo‘ladi (kuzatish, ekskursiya, fan darslari), ertakni o‘qish va tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi.
Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertak qismlarini obrazlar (rollar)ga bo‘lib o‘qiydilar.
Ertakda fantastika bo‘lganligi uchun o‘quvchilarni ertakni o‘qishga taxminiy tayyorlashni talab qiladi. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliq dunyoni qanday tasavvur qilishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarekterlarini to‘gri tushunishga yordam beradi.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertak o‘qitishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi. 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertaklar bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bo‘lmasa) o‘qituvchi aytib berishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o‘qitish darsining qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

    • o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

    • o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi;

    • ertakni o‘quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazish;

    • ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qilish;

    • ertakni atib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);

    • ertakni aytish;

    • umumlashtiruvchi suhbat;

    • ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o‘qish;15

Shuning uchun boshlang‘ich ta’limda bolaga bilim berishda va badiiy olamini boyitishda ertak va hikoyalardan foydalanish samarali natija beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun hikoya janri ham ertak kabi muhim ahamiyatga ega janrdir.
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So‘z ma’nosini tushuntirishga ko‘p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo‘lgan so‘zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi.
Hikoyani o‘qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qilgach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan- yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi chet tili darslarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf chet tili darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi chet tili darslarining maqsadi o’quvchilarda ongli, ravon, ifodali, tez o’qish malakalarini hosil qilishdir.
O‘quvchilar so‘z va lug‘at boyligini oshirish, ona tili va chet tili darslarining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri ekanligi, ularni turli janrlar bilan tanishtirish va bundan olgan xulosalaridan foydalanish malakasini shakllantirish bilan bir qatorda ularning badiiy olamini yuksaltirish muhim masala hisoblanadi. Shu bois ham ertak va ustida muntazam ishlash o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish, so‘z boyligini kengaytirish va badiiy olamini yuksaltirishning muhim omilidir. Hikoya va ertaklar qaysi tilda yozilgan bo‘lsa, o‘sha tilga oid so‘zni to‘g‘ri yozishda, uning kelib chiqish tarixiga oid tarkib jihatidan tahlil qilganimizda ham o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hikoya va ertak o‘quvchining bilimini kengaytirishda, so‘zlarni to‘g‘ri yozishda xato qilmaslikka, nutq madaniyatini puxta egallashda, ularda teran fikrlash qobilyatini oshirish bilan bir qatorda badiiy olamini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq malakasini mustahkamlashda sozlab berish mashg‘ulotlarini dars jarayonida ko‘proq foydalanishga e’tiborni kuchaytirishimiz kerak. Og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda bolaning badiiy olamini yuksaltirishda ertak va hikoyalardan foydalanish alohida o‘ringa ega.
Ertaklar olamiga sayohat boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlanti radi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonpar varlik ruhida tarbiyalangan bolalar o‘z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o‘zlarining adolatpar varligini namoyon qiladilar. Va albatta bolalar estetik, ayniqsa axloqiy tasavvurlarni kattalarning (ota-onalar, pedagoglar) o‘qib chiqilgan asarlar bo‘yicha nasihatnamo mulohaza laridan, tayyorlangan savollarga javob berishdan emas, balki aynan badiiy asarlardan olishlari lozim. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilariga har bir sinfda bolaning nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo‘yadi.
Shuni aytish joizki, badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta’sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va o‘zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o‘z tas’ir kuchiga ko‘ra turlicha bo‘ladi: hikoyalarda bolalar so‘zlarning lo‘ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o‘zbekcha nutqning musiqiy ligini, ohangdorligini ilg‘aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko‘rsatadi.16
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari o‘rgangan badiiy adabiyot namunalaridan badiiy asarlar qahramonlariga qayg‘urishni o‘rganganlaridan so‘ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his-tuyg‘ulari - birovning dardiga sherik bo‘lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko‘rsatish qobiliyati uyg‘ona boshlaydi.

XULOSA


Ushbu kurs ishi chet tilini o’qitishda funksional uslubning o’rni hamda badiiy adabiyotning chet tilini o’qitishdagi ahamiyati haqida bo’lib, ingliz tilida funktsional uslublar 5 turga bo’linadi. Ushbu funksional uslublarni o’rganish chet tilini o’qitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tilning funktsional uslubi - bu muloqotda ma'lum bir maqsadga xizmat qiluvchi o'zaro bog'liq til vositalari tizimi.
Ingliz adabiy standartida Galperin quyidagi asosiy funksional uslublarni ajratadi: belles-lettres; publitsistik adabiyot; gazeta; ilmiy nasr; rasmiy hujjatlar.
Belles-lettres funksional uslublar quyidagi kichik uslublarga ega: she'r uslubi; hissiy nasr; dramadan. Publisistik funksional uslublar quyidagi kichik uslublarni o'z ichiga oladi: insholar uslubi; notiqlik; gazeta va jurnallardagi badiiy maqolalar.
Funksional uslublar gazetasi quyidagilarga to'g'ri keladi: qisqacha xabarlar va kommunikslar uslubi; gazeta sarlavhalari; e'lonlar va e'lonlar.
Funksional uslublar ilmiy nasri ham uchta bo'limga ega: gumanitar fanlar uslubi; "aniq" fanlar; harbiy hujjatlar.
Rasmiy hujjatlar funksional uslublarni to'rt turga bo'lish mumkin: diplomatik hujjatlar uslubi; biznes hujjatlari; huquqiy hujjatlar; harbiy hujjatlar.
Chet tilining funktsional uslubini, muayyan aloqa funktsiyasini bajarishga mo'ljallangan va ma'lum bir ta'sirga qaratilgan muvofiqlashtirilgan, o'zaro bog'liq va o'zaro shartli til vositalari tizimi sifatida ta'riflash mumkin. Har bir uslub bir yoki bir nechta etakchi xususiyatlar bilan tan olinishi mumkin, ular ayniqsa ko'zga tashlanadi. Masalan, maxsus atamalardan foydalanish ilmiy nasr uslubining leksik xususiyati bo'lib, uni osongina tanib olish mumkin.
Chet tilining har bir funktsional uslubi til vositalarining o'ziga xos qo'llanilishi bilan ajralib turadi, shuning uchun o'z me'yorlarini o'rnatadi, ammo ular me'yor-invariantga bo'ysunadi va adabiy me'yorning umumiy tushunchasini buzmaydi.
Funktsional uslub - bu muloqotda ma'lum bir maqsadga xizmat qiluvchi o'zaro bog'liq til vositalari tizimi. Bu har bir uslubning o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiradigan til vositalari va stilistik vositalarning muvofiqlashtirilishi, til vositalari yoki stilistik vositalarining o'zi emas.
Biroq, har bir uslub, ayniqsa, ko'zga tashlanadigan bir yoki bir nechta etakchi xususiyatlar bilan tan olinishi mumkin. Masalan, maxsus atamalardan foydalanish ilmiy nasr uslubining leksik xususiyati bo'lib, uni osongina tanib olish mumkin bo'lgan xususiyatdir.
Zamonaviy maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar umumiy rivojlanishining o’sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o’qish mazmuni va o’qitish metodlariga o’zgartirish kiritishni talab etmoqda. SHularga bog’liq holda badiiy asarnn tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o’qilgan matn yuzasidan o’z fikrini bayon qilish ko’nikmasini o’stiradigan mashqlar ko’paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo’ldi, asar g’oyasi va obrazlarini tushuntirishda o’quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan ko’proq foydalanila boshlandi va h. k.


Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling