O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi
Download 168.7 Kb.
|
Hoshimova Ozoda
Sinonim ovi.Sinonimlarni kommunikativ yondashuv orqali o’rgatishda ko’plab mashqlar tuzilgan. Ulardan yana biri bu – sinonim ovidir. O’yinning nomi biroz noodatiy tuyulishi mumkin. Lekin shunday bo’lsada, bu nom ostida o’quvchilarning diqqatlarini o’ziga jalb qila oladi. Ha to’g’ri, aytish mumkin, o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun noodatiy nom ostidagi mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqmi? Albatta, ha. Chunki har doimgi mashqlardan foydalanilsa, darslar mavzusi bowqa bo’lsa ham, bajariladigan mashq turlari bir xil bo’lsa, bu o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini, intilishlarini biroz pasaytirishi mumkin. Shuning uchun darsni barcha o’quvchilarning diqqatlarini, e’tiborlarini jalb qilish maqsadida, bunday mashqlardan foydalanish afzal ko’riladi. Darsning maqsadiga to’liq erishishda qiziqarli o’yinlarning samarasi katta hisoblanadi. Xo’sh, bu mashqqa keladigan bo’lsak, quyida izohlar bilan ifoda etiladi.
Sinf doskasi go’yoki suv havzasi tasvirida shakllantiriladi. Uning yuza qismida kichkina baliq tasvirlari tushurilgan rasmchalar bo’ladi. Bularning ustida turli xil sinonimlar yozilgan bo’ladi. Mashqni boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga bo’ladi va so’zlar ro’yxati har bir guruhga beriladi. Ro’yxatdagi so’zlarning sinonimlari doskada mavjud bo’lgan baliq shakllarining yuza qismida aks ettirilgan bo’ladi. O’quvchilarning vazifasi so’zlarning sinonimini doskadan topadilar va ro’yxatdagi so’zlar bilan birlashtiriladi. Shundan so’ng, o’quvchilar sinonimlardan foydalanib hikoya tuzishlari kerak bo’ladi. Bundan maqsad o’quvchilarning fikrlash qobilayatlarini shakllantirish va uni nutqda aks ettirish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Yuqorida aytib o’tilgan mashqlar, albatta, o’quvchilarning yoshi, sinfi, bilim darajasi, til bilish qobiliyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Asosiy maqsad, o’quvchilarning muloqotini shakllantirishdan iborat ekanligi yaqqol aks ettirilgan. Ko’proq gapirish ko’nikmalariga e’tibor qaratilganligi buning misolidir. Chunki, til o’rganish – muloqot qilish orqali mustahkamlanadi, o’rganilayotgan tildan qanchalik ko’p kundalik hayotda, do’stlar bilan muloqot qilishda, ko’cha-kuyda foydalanilsa, chet tilida bo’lgan nutqi asta-sekinlik bilan rivoylanib boradi. Kommunikativ yondashuv shuni ta’kidlaydiki, muloqotni amalga oshirmay tilni o’rganib bo’lmaydi. Muloqot tilni tezroq o’zlashtirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Kommunikativ tilni o’rgatish muloqotni birinchi o’rinda hisoblaydi. Yuqorida ko’rsatilgan mashqlar esa sinonimlarni faqatgina yozib yoki faqat yodlab esda saqlashdan farqli o’laroq, muloqot orqali oson o’rgatishdan iboratdir. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, ham eshitish, ham ko’rish, ham gapirish orqali amalga oshiriladigan mashqlar o’quvchilarning yaxshi yodda saqlashlari uchun asosiy tamoyil hisoblanadi. Download 168.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling