O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi
Sinonim va ularning o’rgatish usullari
Download 168.7 Kb.
|
Hoshimova Ozoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval tuzish usuli.
- 2.2. Rasmli jumboq.
2.Sinonim va ularning o’rgatish usullari
Bizga ma’lumki “sinonimlar”- shakli har xil, ammo ma’nosi bir xil bo’lgan so’zlardir. Ularni ma’nodosh so’zlar deb ham ataymiz. O'quvchilarga sinonimlarni tanishtirish - bu ularning lug'atlarini kengaytirish va o'z navbatida ularning yozuvlarini yaxshilash va takomillashtirishning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi. O'quvchilarni yozma ravishda ishlatiladigan oddiy so'zlar o’niga turli xil sinonimlardan foydalanishni o’rgatish ularning yozuv ko’nikmalarida ko'proq joziba yaratish uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. Sinonimlarni o’quvchilarga o’rgatish usullari turli-tuman mashqlarni o’z ichiga oladi. Ular o’quvchilarning qiziqishlari, bilim darajalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Shuni inobatga olgan holda, sinonimlarni o’rgatish o’quvchilarning til bilish darajalarini oshirishga, lug’at boyliklarini kengaytirishga, fikrlarini aniq va mukammal ifodalashga yordam beradi. O’rgatish usullari quyidagilardan iborat. Jadval tuzish usuli. Bunda o’quvchilar, misol qilib aytadigan bo’lsak, biror bir so’z turkumiga oid sinonimlarni o’rgatishda katta formatdagi qog’ozdan foydalanib jadval tuzishadi. Bu usul o’quvchilarni lug’at boyliklarini oshirishga, yozish malakalarini shakllantirishga qaratilgan usul hisoblanadi. O’quvchilarning yaxshi yodda tutishlari uchun asosan visual, ya’ni ko’rgazmali metodlar ko’proq samarasini ko’rsatadi. Ushbu tartibda sinonimlarni o’rgatish o’quvchilarning diqqatini jalb qilishga va mavzuga qiziqish uyg’otishga zamin yaratadi, chunki ular ko’proq rangli bo’yoqlardan foydalanishga, rasmlar chizishga intiladilar. Sinonimlar o’rgatilgandan sóng o’quvchilar bu mashqni kichik guruhlarga bo’lingan holda amalga oshirishadi. Bunday interaktiv metodlardan foydalanish dars jarayonining sifatliligini ta’minlaydi va darsning ko’zlangan natijasiga erishish uchun yordam beradi. Mashq bajarib bo’lingandan so’ng tayyorlangan sinonimlar jadvallarini sinf devorlariga, o’quvchilarning diqqatlarini ko’proq jalb qilinadigan joylarga eslatma sifatida osib qo’ysa maqsadga muvofiq bo’ladi. 2.2. Rasmli jumboq. Rasmli jumboq usuli o’quvchilar orasida sinonimlarni o’rganishda juda qiziqarli mashq sifatida mashhurdir.3 Ushbu mashqda, biror bir rasm olinib bir necha to’rtburchak bo’laklarga bo’linadi. Rasmning ikkinchi bo’lagi, ya’ni orqa qismida oq qog’ozga ham bir necha to’rtburchak bo’lakchalar chiziladi, ammo qirqilmaydi. Bir qancha bo’lakchalarga bo’lingan rasmlar qirqimlari va to’liq oq qog’ozga chizilgan to’rtburchak kataklar soni bir xil bo’lishi kerak. Bunda har bir katak ichiga bittadan so’z yoziladi. Qirqilgan rasm bo’lakchalariga esa ularning sinonimlari yoziladi. O’quvchilarning vazifasi oq qog’ozga yozilgan so’zlarning sinonimlarini rasm bo’lakchalaridan topib yopishtiriahdan iborat bo’ladi. Shu tariqa rasm ham to’liq holatda shakllanadi. Ushbu rasmli o’yin o’quvchilarning darsga diqqatlarini jalb qilishda, mavzuni yaxshi mustahkamlashda hamda ularning qiziqishlarini oshirishda muhim tamoyillardan biri sanaladi. Shuni aytish joizki, ko’rgazmali, ya’ni ramli usullardan foydalanish o’quvchilarning mavzuni yaxshi yodda saqlashlariga turtki bo’lib xizmat qiladi. Bunday mashqlardagi so’zlar, albatta, ularning yoshiga, sinfiga, bilim darajasiga mos ravishda tanlanadi. Download 168.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling